❗️Албатта, ўқинг

#муштарийдан_мактуб

Бугун менга 19 ёшли бир укамиздан мактуб келиб тушди. Ўша мактубни ўзгартирмасдан (фақат лотиндан кирилга ўгирдим), тўлиқ эълон қилмоқчиман:

“Aссалом алайкум, Хушнудбек ака. Каналингизга ташланган аудио хабарни эшиттим. Катта раҳмат сизга. Кимдур барибир шундай масалаларни гапириши керак. Мен сизнинг айтган гапларингиздан ўзимга мотивация оляпман.

Aйниқса ота-онасининг молиявий аҳволи туфайли ўқишга кира олмаганларни ҳам гапирдингиз. Мана шу жиҳат ҳозирги замонда ўқишга кира олмаган кўпчилик талабаларнинг баҳонаси бўлиб қолмоқда. Ҳақиқатдан ҳам бундай баҳоналар ярашмайди. Ҳаракат қилса Худо ҳам бераркан. Ўзимдан мисол.

Мен 2002 йилда Гулистонда туғилганман. Ёшим 19 да. 4 ёшимда дадам вафот этганлар. Оддий оила эдик. Онам ошхонада ишларди, уялмайман — идиш ювувчи эди. Бизни қўлдан келганча ҳалол меҳнат билан боқди. Aкам ва укам бор. Aкам дадам вафот этганда эндигина 6-синф эди. Ҳатто оилага ёрдам деб мактабдан келиши билан кунлик ишларда, бировларни уйида ишларди. Коллежни битириши билан ўқишга ҳам топширмай, дарров текстил соҳасида ишларга кирди. Мен ва укам учун келажагидан воз кечди. Бўлмаса билими бор эди. Математикадан олимпиадаларда шаҳар босқичларида қатнашарди. Шунчаки “ўқишга агар контрактга кирсам шароит йўқ” деб ўқимади. Укам эса дадам вафот этганда эндигина 7 ойлик гўдак эди. Мактабга бориб ақлим кира бошлаган пайт тушундим. Ўқиш керак экан, фақат ўқиш. Мактабда фақат аъло баҳоларга ўқирдим. 11-синфгача ўзим синф сардори эдим. Чоракларим камдан-кам ҳолатларда 4 бўлар эди. Фақат 5 баҳолар билан ўқирдим. Фахрий ёрлиқлар уйда қалашиб ётибди. Физика ва Математикадан олимпиадаларда доимий шаҳар ва вилоят босқичларида қатнашиб фахрли ўринлар олганман.

10-синфга борганимда акам бир гапни айтди: "Укам сен ўқигин. Ҳамма умидим сендан. Ўқишга кирсанг бўлди. Мен бу ёғига қўлдан кеганча амаллайман" деди. Шундан кейин фақат тайёргарлик бўлди. Ўзимизни уйимиз йўқ эди. Тоғамни уйида турардик. Ва ниҳоят ҳаракатлар ва қариндош-уруғлар ёрдами билан уй солдик. Шукр ҳозир уйимиз бор. Оилавий шароитимиз туфайли репетиторга бормадим. Ўзим уйда мустақил тайёрландим. Ишонасизми, математикадан тайёрланиш учун бор-йўғи 50 минг сўмга китоб ва тест тўплам олдим. Ва бу ёғига фақат тайёрландим. Уйдан умуман чиқмасдим. Ҳатто синфдошлар йиғилиб бошқа вилоятларга айланишга боришса, пулдан қизғониб, у пулга бошқа нарса оларман, деб бормасдим.

Карантин пайти тўғрисини айтсам менга қўл келди. Мактабда дарслар йўқ. Фақат уйдаман. Чалғитувчи жиҳатлар йўқ эди. Энди тайёргарлик яна кучайди. Эрталабдан тушликкача математика, тушликдан сўнг инглиз тили. Кечки пайт эса online тестларда қатнашардим. Вақт қандай ўтганини билмай қолдим. 2020 йилда Худо омадимни бериб 176,4 балл билан Тошкент давлат иқтисодиёт университети Иқтисодиёт (тармоқлар ва соҳалар бўйича) факультетига тўлов-контракт асосида қабул қилиндим. Қолган 4 та танлаган ОТМга гранд эди, лекин 1-танловим ТДИУ эди. Ўзимни орзум ҳам айнан ТДИУда ўқиш эди. Уйдагилар, айниқса акам жуда хурсанд бўлди. Контракт тўлашда аввал сал қийинчилик бўлди. Таълим кредитини ҳам ололмадим. Банкда қийин бўп кетди олиш. Омадим келиб таълим грантида ғалаба қозониб, “Нажот таълим” томонидан контрактимни 30%и тўланди. Бу ҳам бизга катта ёрдам бўлди. Ҳозирда мустақил равишда Python дастурлаш тилини ўрганяпман. Насиб бўса, янги йилгача ноутбук олиб бу борада жиддий шуғулланмоқчиман. Инглиз тилидан ҳам мустақил IELTS имтиҳонига тайёрланмоқчиман.

Келажакда насиб бўлса Иқтисодиёт вазирлигида ишлаб, албатта Ўзбекистондаги энг катта иқтисодчилардан бўламан. Президент бўлиш ҳам ниятим бор. Буларни сизга ёзишдан мақсадим нима? Сизнинг айтган гапларингизга, яъни оддий муҳтож оилаларнинг фарзандлари ҳам репетиторсиз ўқишга киришига мен 100% қўшиламан. Бу учун албатта сиз айтганингиздек, фақат ва фақат ҳаракат керак.

Оддий оиладан бўлиш айб эмас. Чунки буни биз ҳал қилмаймиз. Яратган ҳаммамизни турли шароитдаги оилаларда дунёга келиб бизга синов беради. Бундай синовлардан ўта билиш эса ўзимизга боғлиқ. Ҳаракат қилиш керак”.

Мактуб тугади. Хулоса ўзингиздан.


👉 @xushnudbek 👈

1354 comments

Show 100 more comments
™™™™™
Омадингди борсин шу боланинг онаси акаси бахтини куриб юртимизга хизмат киладиган фарзанд булсин илохим отаси курмаган кунларга Ака укалар курсин юзлари еруг мартабаси улуг булсин
Ассалому алайкум,Хушнуд ака укамизнинг гапини у'кидим, Аллохим укамизга сабр ва ирода берибди,хаммаси Аллохдан, салгана харакат хам керак албатта,Инсонга сабр, куч, ва ирода керак, шу уч нарсани хаммага тилайман🤲
Салом хаммага, супер кантракга билимсизлар укийди дейишади, менинг кизим утган йили 154,4 балл билан инязга киролмади, супер кантракт тулаб укиб кетди билими яхши.
Nima deyish mumkin.gapirishga til ojiz xozir xamma repititor topishga harakat qiladi ayniqsa nomi ulug'idan.
Хушнудбек каналингиздаги хабарларни узлуксиз кузатиб бораман, бугунги овозли хабарда нимага асосланиб 100 балл йиккан 70 % абутуриент узбекистонда укишга киради дедингиз, бу йил балл паст булиши кутиляпдими?
R
Ахир абитурентлар бир йил репититорга пул хашлаб бориб нима учун таерланиш керак мактаб дарсликларидан тузилса яхшимасми тестлар
Testlar maktab darsliklaridan tuziladi hammasini asosida maktab darsliklari bor faqat savollar qiyinchilik darajasiga ko'ra murakkablashtiriladi fanni yaxshi o'qigan bola savolni ko'rib nimani so'rayotgani va yechimni qayerdan topishi mumkinligini biladi kn oxirgi 5 yillikda savollar yildan yilga osonlashtirilgan o'z fanimdan kelib chiqib aytamanki savollar oddiylashgan sari bolalar ham o'qimaydigan bo'lib ketyabdi bizni davrimizdagi savollarni ishlashsa nima qilishardi savollar oddiyku hozir
Bakirxo'jayev S
Assalomu aleykum.Hammaga
Man bu bolani hikoyasini o'qidim.
Ko'rib turimizzki agar bu rost bosa ukamizzi qigan harakatlariga yarasha Alloh siylagan ekan.
Lekin manam O'zbekistonda o'qishga kirish haqida fikrimmi bildirmoqchiman O'zbekistonda o'qishga kirish oson faqat qaysidur yo'nalishla uchun misol uchun O'zbekistonda Ingliz tili bilan Tarixxi o'qigan odam yoki tankasi bolishi kere egzamenda poddershka qiladigan yoki Superkontrakt agar IELTSi bosayam imkoniyati yuqori boladi.
Agar Grammatikani o'qiydigan bosa uyam albatta repetitorga pulga borib taqaladi.Ieltsdan pulli ekonom qilib Grammatikaga osha pulli sarflidi.Misol uchun Yuridik Universtietiga yoki Sharqshunosli Turizm fakultetlariga hech qachon yaqinlashib bo'midi.
Bu yuqoridigi yigitti hikoyasiga ishonaman albatta bunaqa yoshla ming shukrki oramizda bor lekin Xushnud akaga nimadur yozish va unga javob olishga ishonaman chunki ulayam DTMmi va hamma OTMlani telefoni ochuligiga o'xshab jamiyatta yo'q va bog'lanish imkonsiz.Bundan 1 yil avval o'z TDYUga imtixon topshirib yeqilib Vazirlar mahkamasini qarori asosida o'z bilimim bilan Yuridik texnikumga o'qishga kirganimda.Toshkent shaxridanmas Toshkent viloyatidan boganim uchun o'qishdan haydalganman eng qizig'i Bosh Vazirimizani ishlamidigan qarorlari yoshlani ongini zaharlashdan Boshqa nodavlat Otmga topshirib oqshga kirib texnikum bosayam ozm sevgan soha Yurisprudensiyada o'qiman dgan yoshlani hujjat qaytarib olishiga sabab bogan 6 7 imtiyozli shu qaror asosida kegan yoshla Propiska sabab texnikumdan haydalgan.Adliyada bohona qilib qarorri sharxlashdan uyogiga otmagan Yurisprudensiyani o'qimagan odammi(xalqqi) aqli yetmidigan qonun degan hulosaga keganman.
Qonun hadismi yoki boshqa diniy materialmidikiuni mutahhasis sharxlasayu hamma har xil tushunsa.Hullas osha payt Xushnudakani niki db oylab yozganmda jovob omaganman Xushnudakadaka odamla bilan oddiy xalqqi ortasida muloqotti tasavvur qilomiman.
Assalomu alaykum Xushnudbek aka. Fikrlaringizga qoʻshilaman. Axir biz boʻlmasakda, farzandlarimiz dunyo statistikasida yurtimizni kuchli 10 likda koʻrishi kerakku!!!
Men ham oʻzimni qisqacha hikoyamni ulashmoqchiman:
Men 22 yoshman Fargʻonadanman. ToshMI da 3 kursman. Meniyam oʻqishga kirishim oson boʻlmagan. Dadam otasiz oʻsgan , oʻzi harakat qilib uylangan oddiy qovunchi dehqon, Jizzaxda dehqonchilik qiladi. Chekka mahallamda ziyoli kamligi uchunmi, maktabda yaxshi oʻqigan boʻlsam ham, men doktor boʻlish uchun qanday tayyorgarlik koʻrish kerakligini bilmaganman. 1 yil chala pula repititorga borib 136.3 ball toʻplab yiqildim. Keyin oʻzimga soʻz berdim , albatta kelasi yil oʻsha ToshMI ga grant asosida kiraman deb. Dehqonchiliklarni yigʻishtirib boʻlib, dekabrda yotoq repititorga ketdim. Dehqonchiligimiz oʻxshamadi. Har hafta uyga kelib , qovunni qopga solib velosipedda qoʻshni davlat Tojikistongaa sotgani oborardim, ozgina pul orttirib oʻqishimga joʻnardim. Shunaqa qiyinchiliklar, bojxona qarshiliklari meni yanada oʻqishim kerakligini uqtirardi. Dekabrda eng oddiy oʻquvchi martga borib eng oldiga aylandi. Imtihonda 169.8 ball bilan Grant asosida qabul qilindim. Shuni sezdimki, qiyinchilik sizga madad beradi.
Shu oʻrinda abituriyentlar haqida fikrim: ular 2 xil boʻladi:
1. "Haqiqiy abituriyentlar" ular bu kasbdan zerikishmagan. Hr yili abituriyent. Potensialidan foydalanishmaydi

2. " Vaqtinchalik abt.lar" bular bor boʻyicha harakt qilib albatta oʻqishga kirishadi.
Barcha oʻzim tengi yoshlarga qattiqroq oʻqib , oʻz maqsadlariga yetishlarini tilab qolaman!
P.s.oʻsha yili Fargʻonaga grant berilmagan. Men propiskmni Sirdaryoga koʻchirganman. Agar kontrakt boʻlsam, singillarim oʻqishi qiyin boʻp qolardi.
Bakirxo'jayev S
O'ylashimcha agar Xushnudaka kanallaridaka Xalqqa korindagande qahramon bosala motivatsiyani Qonuniy hal qilish orqali berishari mumkin shunaqa ahmoqona qarorlani tanqid qilish orqali.Otgan yili uladan bu qahramonlini kordik.189.0 olib kontraktga kirganla masalasida.
Ha etgancha bu yil Yuridik texnikumga hujjat topshirishshi imkoni bomadi.Xosh Xushnudaka nega DTMdan buni javobini talab qimidi.
Prezident bòlolmidi baribir
Asadbek Karimov
😂😂😂😂 tush koʻrishda davom eting olgʻa
NEGA KIRILDA LOTINGA O'TDIKKU XUSHNUDBEK. OTMLAR BARCHASI LOTINGA O'TDI SENTYABRDAN
Assalomu aleykum Xushnudbek aka Boyagi maktubni o‘qidim tengdoshimizga kelgusi ishlarida omad tilayman.Iltimos mandatni ham tezroq chiqarishsin
NEGA KIRILDA LOTINGA O'TDIKKU XUSHNUDBEK. OTMLAR BARCHASI LOTINGA O'TDI SENTYABRDAN
Assalomu alaykum Xushnudbek aka bu bolani taqdiri rosa qiziq ekan.Menda ham shunday voqealar bor dadam oddiy odamlar hech qayerda ishlatmaydilar onam ham shunday bizlar olis qishloq joyda turamiz oʻqishga imkon kamdan kam.Men ham oʻtgan yili noiloj topshirdim toʻgʻri ballim ancha past 98.5 boʻlgan tayyorlanmaganmn shunchaki oʻzim uyda tayyorgarlik koʻrganmn atiga 4oy ammo bunday ball yiqqanimdan xursandman chunki men uchun mativatsiya boʻla oldi.shu sababli institutga kirishga jiddiy kirishdim Inshaalloh tayyorgarlik koʻrmasa ham nasib qilsa kira oldim faqat sirtqi taʼlimga shunday qilmasa ilojim yoʻq edi katta opam kontrakt oʻqiydilar,kichik singlim esa bu yili tayyorgarlik koʻrishi kk shu sababli sirtqi topshirdim men bundan xafa emasman faqat xursandman chunki oʻzim ustimda koʻproq ishlash uchun juda foydali hisoblanadi men ham ILTS olmoqchiman oʻzimga oʻxshagan juda koʻplab yoshlarni oʻqishi uchun inshalloh tekin oʻquv markazlar ochaman yoshlarimiz bilimi bor ammo koʻpchiligi sharoiti yoʻq shularga qoʻldan kelguncha yordam beraman.
Kamentlarni erinmay òqib chiqdim albatta kòpchilik havas bilan òz fikrlarini ijobiy tomonlama bildirgan. Lekin shu postgayam negativ fikrlarni kòrib hayron qoldim. Bu bola olqishga arziydigan bollalardan ekan ilohim farzandlarim akangizdek jigarini òylaydigan sizga òxshagan intiluvchan bòlsin.
Assalomu aleykum bundan keyingi ishlariga ham omad
Aka yoshlarni qo‘llab quvvatlashni bechora ota onalarimizni ohu zorini qishloq bolalarini kitob o‘qish tugul uhlashga ham vahti kamligini bir kun qarasang molga bir kun qarasang o‘tti ichida bir kun qarasang yerri ichida og‘ir mehnatda realni olib qarasayiz o‘qish uchun vaqt tugul hohishgayam vahti yo‘q ularni to‘g‘ri chiqishi mumkin nechtadan bitta his qilishni o‘rganing besh qo‘l baravar men sizi gaplariyz hato deyotganim yo‘q kimdir achchiq haqiqatniyam aytish kk
Show next 100 comments