🏢 KHISO olimpiada maktabi tomonidan
"muvaffaqiyat yakshanbani ham oʻz ichiga oladi" shiori ostida oʻtkazilgan oflayn olimpiada haqida tayyorlangan
video-
rolikni tomosha qiling.
🏆 Olimpiadada 400 dan ziyod qatnashchilar
mantiqiy matematika fanidan oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi. Olimpiada doirasida
"MARD OʻGʻLON" davlat mukofoti sohiblari
Sardor Bozorboyev va Nodirbek Yoqubboyev,
"Zulfiya" nomidagi davlat mukofoti sohibasi
Shahnoza Samatova kabi maxsus mehmonlarimiz tomonidan
motivatsion suhbatlar tashkil qilindi.
🥇 Yakuniy natijalarga koʻra gʻoliblar
medal,
diplom va
esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
🚀 KHISO maktabi sizga yangi olimpiadalarni taqdim etishda davom etadi. Siz esa yangi qirralaringizni ochishga shay turing!