Шавкат Мирзиёев: олийгоҳларда плагиатликка чек қўйиш зарур

ЎзА мухбирининг хабар беришича, янги ўқув йилидан бошлаб барча олийгоҳларда плагиат ва илмий ғояларни ўзлаштиришни аниқлайдиган илғор ахборот дастурлари жорий қилинади.

Президент бу борада Олий ва ўрта махсус таълим ҳамда Ахборот-коммуникация технологиялари вазирликлари мутасаддиларига топшириқлар берди.

Яна бир муҳим масала – бирорта олийгоҳ нуфузли халқаро адабиётлар базасига уланмаган, улардаги адабиётларнинг электрон кўринишга келтириш даражаси эса 35 фоизга етмайди. Масалан, Андижон иқтисодиёт ва қурилиш институти, Наманган муҳандислик-қурилиш институтида – 17 фоиз, нуфузли ҳисобланган Тошкент кимё-технология институти ва Тошкент молия институтида – 18 фоиз адабиётлар электрон шаклда.

Шунинг учун, 1 августдан бошлаб олийгоҳларга ўзларининг кенгашлари тавсиясига кўра, хорижий давлатлардан ўқув ва илмий адабиётларни тўғридан-тўғри харид қилиш ваколати берилади.

Йиғилишда хориждан олиб келинадиган ўқув ва илмий адабиётларни божхона тўловларидан озод қилиш бўйича таклиф киритиш, йил якунигача 102 та олий таълим муассасалари кутубхона фондидаги 4 миллионга яқин адабиётларни тўлиқ электрон шаклга ўтказиш ва мутахассислик ўқув дарсликларини 2 бараварга кўпайтириш бўйича топшириқлар берилди.

Шунингдек, 1 сентябрга қадар барча олийгоҳлар кутубхоналари ягона тизимга уланиб, талабалар ва тадқиқотчилар учун туну кун фойдаланиш имконияти яратилади.


👉 @xushnudbek 👈

158 comments

Show 100 more comments
zor bulardi ilmiy adabiyotlar juda kam o'zbek tilidagisi umuman yoq desa ham buladi borlari ham aniq yozilmagan
Yaxshi g‘oya,lekin haqiqatdan ham amalga oshadimi yo‘qmi ishonish qiyin. Uning ustiga o‘zbek tilida yozilganlari deyarli yo‘q. Kamiga hamma bir-biridan oz-moz qo‘shib ko‘paytirib olayabdi.
<<< A Z I K >>>
Буладиган темани опчикинг Хушнуд ака бир тинга киммат бу карорлар
<<< A Z I K >>>
Ундан кура битирувчи бакалаврларга иш урин яратиб беришсин
@@ E'zoza @@
Hali tilda aytilmoqda amalda tadbiq etiladimi yuqmi kuramiz biz kòrib kuzatib turaylikchi agar haqiyqatdan amalga oshsa bu biz uchun foydadan holi emas
Biologiya maktablar qachon ochiladi.
PO'LAT
Chet eldagi talabalar perevodi qanaqa bo'ladi shu bo'yicha ham biron bir aniq qaror qabul qilindimi
Yangi biron narsa haqidku habarim yo'r lekn, chetdan perevod bosayam huddi ichki perevodga oxwab arizani transfer.edu.uz sayti orqali topwirasz, hujjatlarni elektron tarzda yuklasyiz saytga kirib korsez hammasi tuwuntrlgan
꧁࿌Dr.Shavkatovich࿌꧂
zor bulardi ilmiy adabiyotlar juda kam o'zbek tilidagisi umuman yoq desa ham buladi borlari ham aniq yozilmagan
O'zbek tiliga tarjima qilinsa foyda bo'ladigan ilmiy materiallar juda ko'p, lekn tarjimonlaram unaqa kop va malakali emasda, kadr kam deb oylayman. Tarjimonlik sohasini oziga ham adabiyotlar yetishmaydi agar bilsez. Chet tilida yozilgan adabiyotlardan foydalanamiz togri bu yaxwiyam lekn aynan ozbek tilini xsusiyatlaridan kelib chiqib tizimlashtirilgan metodlar kam(bilmadm balki yoqdr, boisi hali men kormadm). Etibor kuchayib imkoniyatlar oshaversa bu sohadayam ancha qilinadigan ishlarimiz bor. Yana bilaszmi nima tarjimonlikda oqiydiganlari hammasiniyam etibori tarjimon bolishga qaratilmagan, chunki bowqa kasb va bowqa faoliyat bilan koproq daromad topishimiz mumkin, afsuski.
Mohina
УКИШНИ КУЧИРИШ (ПЕРЕВОТ) ХАКИДА МАЬЛУМОТ ВА ХАБАРЛАР ТАШЛАНГ ИЛТИМОС
Doniyor
<<< A Z I K >>>
Ундан кура битирувчи бакалаврларга иш урин яратиб беришсин
Бунданда мухим нарса бор. Кўплаб универститетларда қабул квотаси кўпаймоқда лекин уқувчилари ўқиши учун жой етмаяпти
Mushtariy Burxonova
Assalomu alaykum iltimos islom akademiyasi haqida ham maʼlumot bering.
BITTA NARSADE, HAMMAMIZ KORIB BILIB TURIBMIZ, O'ZBEKISTONDAGI OLIY TALIM SIFATI OXIRGI YILLARDA JUDA PASAYIB KETGAN. MANI FIKRIMCHA, BU QILINVOTKAN ISHLA BEKOR. YO BILIB TURIB YO AQLIMIZ YETMASDAN BOLAR BOLMAS ISLOHOTLAR QILINVOTTI.
MANI FIKRIM, OLIY TALIMDAGI ORTIQCHA FANLARNI OP TASHAB, FORMA DEGAN TALABLARNIYAM OP TASHAB, AUDITORIYADA TALABALARNI QAMAB QOYISHSHI BAS QILISHIMIZ KERAK VA DARS VAQTINI KAMIDA 70 %INI AMALIYOTGA OTKAZISH KERAK.
BU FIKRNI OSMONDAN OLMIYAPMAN, OZIMAM OLIY TALIMDA DARS BERGANIM, KORIB, BILGANIM UCHUN ETVOMMAN.
Assalomu alaykum. Magistraturaga qabul haqida xech nima demadilarmi?
Assalomu alaykum perevod masalasi haqida ham ma'lumot bering. Bu yil turdosh yo'nalishga perevod qilsa buladimi
Bonu
O'zbek tiliga tarjima qilinsa foyda bo'ladigan ilmiy materiallar juda ko'p, lekn tarjimonlaram unaqa kop va malakali emasda, kadr kam deb oylayman. Tarjimonlik sohasini oziga ham adabiyotlar yetishmaydi agar bilsez. Chet tilida yozilgan adabiyotlardan foydalanamiz togri bu yaxwiyam lekn aynan ozbek tilini xsusiyatlaridan kelib chiqib tizimlashtirilgan metodlar kam(bilmadm balki yoqdr, boisi hali men kormadm). Etibor kuchayib imkoniyatlar oshaversa bu sohadayam ancha qilinadigan ishlarimiz bor. Yana bilaszmi nima tarjimonlikda oqiydiganlari hammasiniyam etibori tarjimon bolishga qaratilmagan, chunki bowqa kasb va bowqa faoliyat bilan koproq daromad topishimiz mumkin, afsuski.
to'g'ri. texnologiya juda oldinlab ketdi lekin O'zbekistondagi tizim ancha orqada menimcha 5-10 yil bizga dasturchilar va it sohasida ishlaydigan kadrlar yetishmaydi shuningdek tarjimon va filologlar iqtidorli yoshlar ko'p lekin hammasini bu sohani chuqur egallamagan sabab yana o'sha ta'lim yana o'sha moliyaviy tomonlarga kelib taqaladi. Bir misol oddiy o'qituvchining yuklamasi qog'oz bozligi o;qituvchini boshi shulardan chiqmay qoldi undan tashqari o'lganni ustiga tepgan qilib onlayn jurnal yana bir nimalar xo'sh o'qituvchi o'z ustida ishlasinmi yo bir tiyinga arzimiydigan ertaga makalaturga aylanadigan qogozlarni tuldirsinmi hozirgi o'quvchilarning fikrlash doirasi tan olish kerak ancha keng
biz poydevorni maktabdan qo'yamiz demak asosiy materiallarni boshlang'ich va o'rta ta'limga yo'naltirish kerak
2 va undan ortiq farzandi kontrakt asosida òqiyotganlar un kredit beriladi deyishgandi. Shu masala ochiq qolib ketdi, qachon tòliq va aniq shartlari ma'lum bòladi? Xushnudbek agarda kommentimga kòziz tushsa shu haqida ham yozsangiz. Balkim kimlarnidir esidan chiqib ketgandir uje bu masala, zora eslab qolishsa!!!
Plagiat masalasi ko‘tarilganligi meni quvontirdi. Bizda oliy ta'limda antiplagiat tizimi deyarli yo‘q desa ham bo‘ladi. Shu tizimni barcha universitetlarda va barcha ta'lim yo‘nalishlarida joriy qilish kerak. Bakalavr va magistratura bitiruvchilarining diplom ishlari va dissertatsiyalarining ko‘pchiligi plagiat chiqadi agar tekshirib ko‘rilsa.
Agar haqiqatqanda shu ishni bõladigan bõlsa chet el darsliklarini kõpaytirish kerak(iloji bõlsa tarjima holida..)...õzimizni darsliklar eskirgan xato va kamchiligi Juda yetarli....
Н.Очилов
РАМАТ КОЙИЛ
Show next 32 comments