Шавкат Мирзиёев: олийгоҳларда плагиатликка чек қўйиш зарур

ЎзА мухбирининг хабар беришича, янги ўқув йилидан бошлаб барча олийгоҳларда плагиат ва илмий ғояларни ўзлаштиришни аниқлайдиган илғор ахборот дастурлари жорий қилинади.

Президент бу борада Олий ва ўрта махсус таълим ҳамда Ахборот-коммуникация технологиялари вазирликлари мутасаддиларига топшириқлар берди.

Яна бир муҳим масала – бирорта олийгоҳ нуфузли халқаро адабиётлар базасига уланмаган, улардаги адабиётларнинг электрон кўринишга келтириш даражаси эса 35 фоизга етмайди. Масалан, Андижон иқтисодиёт ва қурилиш институти, Наманган муҳандислик-қурилиш институтида – 17 фоиз, нуфузли ҳисобланган Тошкент кимё-технология институти ва Тошкент молия институтида – 18 фоиз адабиётлар электрон шаклда.

Шунинг учун, 1 августдан бошлаб олийгоҳларга ўзларининг кенгашлари тавсиясига кўра, хорижий давлатлардан ўқув ва илмий адабиётларни тўғридан-тўғри харид қилиш ваколати берилади.

Йиғилишда хориждан олиб келинадиган ўқув ва илмий адабиётларни божхона тўловларидан озод қилиш бўйича таклиф киритиш, йил якунигача 102 та олий таълим муассасалари кутубхона фондидаги 4 миллионга яқин адабиётларни тўлиқ электрон шаклга ўтказиш ва мутахассислик ўқув дарсликларини 2 бараварга кўпайтириш бўйича топшириқлар берилди.

Шунингдек, 1 сентябрга қадар барча олийгоҳлар кутубхоналари ягона тизимга уланиб, талабалар ва тадқиқотчилар учун туну кун фойдаланиш имконияти яратилади.


👉 @xushnudbek 👈

158 comments

Show 100 more comments
Plagiat masalasi ko‘tarilganligi meni quvontirdi. Bizda oliy ta'limda antiplagiat tizimi deyarli yo‘q desa ham bo‘ladi. Shu tizimni barcha universitetlarda va barcha ta'lim yo‘nalishlarida joriy qilish kerak. Bakalavr va magistratura bitiruvchilarining diplom ishlari va dissertatsiyalarining ko‘pchiligi plagiat chiqadi agar tekshirib ko‘rilsa.
Agar haqiqatqanda shu ishni bõladigan bõlsa chet el darsliklarini kõpaytirish kerak(iloji bõlsa tarjima holida..)...õzimizni darsliklar eskirgan xato va kamchiligi Juda yetarli....
Н.Очилов
РАМАТ КОЙИЛ
Gulchehra Azimova
Assalomu alaykum.Òrta maxsus ma"lumotli pedagoglarimiz respublika bòyicha 12 foiz qolibdi.Mana shu pedagoglar hozirda eng tajribali òqituvchilar bòlgan.Shularga maqsadli qabul bòlishi ayni muddaodir.agar amalga oahsa.
Aziza
Juda yaxshi qaror lekin biz o'qigan universitetda kompyuter masalasi juda yomon .Kompyuterlar bor kopi lekin ishlamaydi😂. Foydalanamiz desak uzun qator navbat. Navbat yetib kelganda esa ishlamay qoladi.
Said
BITTA NARSADE, HAMMAMIZ KORIB BILIB TURIBMIZ, O'ZBEKISTONDAGI OLIY TALIM SIFATI OXIRGI YILLARDA JUDA PASAYIB KETGAN. MANI FIKRIMCHA, BU QILINVOTKAN ISHLA BEKOR. YO BILIB TURIB YO AQLIMIZ YETMASDAN BOLAR BOLMAS ISLOHOTLAR QILINVOTTI. MANI FIKRIM, OLIY TALIMDAGI ORTIQCHA FANLARNI OP TASHAB, FORMA DEGAN TALABLARNIYAM OP TASHAB, AUDITORIYADA TALABALARNI QAMAB QOYISHSHI BAS QILISHIMIZ KERAK VA DARS VAQTINI KAMIDA 70 %INI AMALIYOTGA OTKAZISH KERAK. BU FIKRNI OSMONDAN OLMIYAPMAN, OZIMAM OLIY TALIMDA DARS BERGANIM, KORIB, BILGANIM UCHUN ETVOMMAN.
Хамма формага карши. Ман хайрон коламандее. Агар форма олиб ташланса студент кийинишчун котта пул ва ортикча вакт сарфлиди. Тем более институтни циркдан фарки комиди. Чет ел ОТМ лари бла солиштирмела улада минталитет бошкача. Колган фикрларизга кушиламан
Usmonjon Axmadaliyev
Ееее
Strong girl
Assalomu alaykum Xushnudbek aka.iltimos chet oliygohlaridan perevod qilish tartibi va qaysi fanlardan imtihon bólishi haqida ham maʼlumot bersangiz.nega wu masalani hech kim bir yechimini aytmaydi
Oliy talim tizimida Yana bir narsaga katta e'tibor qaratilsa yaxshi bòlardi, kopchilik mutaxassislik fanlar deyarli barcha oliygohda 2-kursdan boshlanadi, 1-kursda esa maktabda òtilgan nomutaxassis fanlar otiladi, talabani boshidan ushlash kerak, 1-kursdan mutaxassislik òtilsa òzining soxasiga tegishli bòlmagan fanlar bn bolani chalģitmasak menimcha yaxshi mutaxassislik chiqadi, bundan tashqari takrorlash xotiiraning onasi 4 yil mutaxassisligini qayta qayta òtilishi esdan chiqmaydigan darajada fanni organishga olib keladi menimcha
Nazarov Tohir
Chetdan pervotni ham mavzu qilib koʻrsating kanalda .Hamma bilimi pastlar oʻqivotgan yoʻq chetda.oʻzimizda 3_4bal etme qilganlar koʻp .superga qurbi etmi chetga topshirvorgan.
Nazarov Tohir
Perivodda qaysi fanlardan imtihon boʻladi.qay tarzda DTMoladimi shular haqda batafsil tushintiring iltimos.
Assalomu alaykum, 2021-2022-yil qabul kvotalari chiqqanmi?
Умарова Фотима
Assalom alaykum menimcha bu qarorlar ham xuddi ijara pulini tulashga uxwab nomiga buladi amalda emas
Assalomu alaykum, milliy sertifikat ishi yopildimi??? Yoki natijalar chiqishi kutib turilibdimi, bu ishni shunday qoldirmaslik kerak!
Assalomu aleykum perevod qilishda ham bir nechta yo‘nalishni tanlasa bo‘ladimi qachon bo‘ladi shu haqida malumot bersangiz.
Oldindan raxmat
Komola
20-iyunda
Qabul kvotasi qachon chiqadi
Saidakhror
Хушнуд ака Нидерландия байрогини нотугри куйабсиз
Show next 14 comments