❓Контрактни 100% тўламадинг, деб якуний назоратга киритмаслик мумкинми?

Бугунги кунда талабалардан тўлов-контракт масаласида кўплаб саволлар келиб тушмоқда. Жумладан, айрим ОТМлар талабалардан контракт пулини 1 июнга қадар 100% тўлашни талаб қилаётгани, агар тўламаса якуний назоратларга киритилмаслигини айтишаётгани, бу қанчалик тўғри эканлигини сўрашмоқда.

❗️Бу - нотўғри!

2020/2021 ўқув йилидан бошлаб олий таълим муассасаларида тўлов-контракт асосида таҳсил олаётган талабалар ўқиш учун тўловларни тенг улушларда тўрт бўлиб тўлашга рухсат берилди.

Бунда контракт миқдорининг 100 фоизини 1 июлгача ёки ОТМ ректорлари томонидан узайтирилган муддатларгача тўлаш ҳуқуқи белгиланди.

Шундан келиб чиқилса, 1 апрелга қадар контрактининг камида 75%ини тўлаган талабалар қолган 25%ини 1 июлгача тўлаши мумкин. ОТМлар ўз талабаларидан контракт миқдорини вақтлироқ амалга оширишларини сўраши, тарғиб қилиши мумкин, аммо буни талаб қилиб, тўламагани учун турли кўринишдаги жазо чоралари (масалан, имтиҳонга киритмаслик) белгилаш мумкин эмас.

💬 Агар қайсидир ОТМда ана шундай талаб қўйилаётган бўлса, изоҳларда ёзиб қолдиришингизни сўрайман. Биз албатта нотўғри талаб қўяётган ОТМ ҳақида вазирликка етказамиз ҳамда муаммони бартараф этишга ҳаракат қиламиз.


👉 @xushnudbek 👈

839 comments

Show 64 more comments
Islom_Bek
Nimaga unda Sharqshunoslikda bugun kontrakt tolashning oxirgi kuni deb e'lon berishdi.
Васточкада окиш тугавоттикуу шунгаа боса керее воктида бериб кутулган яхшиде чозмасдан
Aka mana shu fikrlarga munosabatingiz.
Xorijda ta'lim olayotgan yoshlar nomidan murojatnoma.
Biz xorijda ta'lim olayotgan yoshlar kuni-kecha Oliy va òrta-maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulovning yoshlar bilan bòlgan uchrashuvida xorijdan òqishni kòchirish bòyicha aytgan yangiliklariga ya'ni xorijdan òqishini kòchirmoqchi bòlgan talabalar abiturent tòplagan òtish balini tòplashi,tòplay olmagan taqdirda super kontrakt tòlash tartibi bilan kòchirish haqidagi fikrlariga mutlaqo qarshimiz.Biz perevod imtihonlariga oz muddat qolganida bu yangilikni amaliyotga joriy etilishiga norozimiz.Nima uchun bu haqida òquv yilining boshida ogohlantirilmadi?Agar shunaqa bòlganida biz òz imkoniyatlarimizga qaragan bòlar edik.Endi qolgan qisqa vaqt ichida universititut imtihonlarini yopamizmi yoki universititut fanlarini òqib yurgan vaqtimizda bir yil tayyorgarlik kòrgan abiturent tòplay oladigan balni tòplash uchun tayyorgarlik kòramizmi?!
Agar tòplay olmasak super kontrakt tòlab òqishimiz mumkin emish.Agar bizda shu super kontraktni tòlash imkoni bòlganida edi òzga yurtda emas,òz yurtimizda òqiyotgan bòlar edik.Ilojsizlikdan,super kontarkt tòlashga imkoniyatimiz yetmaganidan undan kòra chetda òqish arzonroq bòlgani uchun va qolaversa yana bir yilni yòqotmaslik uchun òzga musofir yurtga òqish topshirishga majbur bòldik.Bizlarga nisbatan bu talablar-Nohaqlik.Xorijda ta'lim olayotgan yoshlar haqida bilimsiz,nima qilib yurganini òzlari ham bilishmaydi degan fikrlar ham bor.Ammo bizlarni oramizda hamma ham bilimsiz emas.Aksincha òzimizdagi talabalardan-da kuchliroq bilimli yoshlar juda kòp.Òzimizda òqiyotgan talabalardan yuqori ball tòplagan,ammo shunga qaramay hatto kontraktga ham ilasha olmagan,ilojsizlikdan super kontrakt tòlay olmaganidan va yana bir yilga kuymaslik uchun chetda òqiyotgan yoshlar juda ham kòp.Tògri guruch kurmaksiz bòlmaydi deganlaridek bunaqa bilimsi, nima qilib yurganini bilmaydigan yoshlar òzimizda ham yòq emas.70-80 ball tòplab,160-170-300 mlngacha super kontrakt tòlagani uchun ularning bilimsizligi kòrinmay ketadi.Bu kabi adolatsizliklarga qanday chidash mumkin axir?!Òzimizni xòrlangandek his qilyapmiz.Biz ham Òzbekiston yoshlarimiz-ku.Biz ham òzimizda òqishni,kelajakda yurtimizga foydamiz tegadigan yetuk kadrlar bòlish yetishishni xohlaymiz.
Yuqoridagi fikr va e'tirozlarimizni kòrib chiqib,bu yilgi xorijdan òqishni kòchirish imtihonlariga tòģri korrupsiyani yòqotgan holda,ammo amaldagi tizim ya'ni viloyatlar uchun(òz yashash joyi)56,7 ball ya'ni maksimal ballning 30%ni tòplash tartibi bòyicha amalga oshirilishini talab qilamiz.
Biz kabi yoshlarga keng imkoniyatlar ochib berishingizni,Yoshlar yilida bizlarni qullab-quvvatlashingizni va òqishimizni òz vatanimizda davom ettirishimiz uchun amaliy yordam berishingizni xohlaymiz va iltimos qilamiz.
Julliyev Mengliboу
Bu hol manimcha 80% OTMda bor
Assalomu aleykum QarMII da ham shunday agar kantraktni 100% tòlamasa yakuniy nazorat ishiga kiritilmasligini aytishdi
KAKHRAMON KODIRJONOVICH
Assalomu alaykum Xushnud aka kontrakt to'lashda bank xizmatini olib tashlash masalasini kotarsangiz talabalarning ota onalari zotga pul topsa yana bank foizni qoshib to'lash qiyinchiliklarga olib kelmoqda
Nizomiyda xam shunaqa qivoti
Мани окамга шунака дийшипти😂
Toshkent Moliya Instituti albatta shunaqa iddoalar qilmoqcha bosim bo'lmoqda talabalarga
Meyliyev_U
Туртинчи курсларга хам щунаками
Andijon mashinasozlik instituti da shunday holat boʻlyapti
Abdivali Baratov
Hurmatli tòlov kontrakr asosida tahsil olayotgan talabalar! Kontrakt tòlovini òz vaqtida tòlashingizni sòraymiz. Muddat 2021 yil 1 iyun. Kontrak tòlovini òz muddatida tòlamaslik VM 393 sonli qarorga asosan talabalar safidan chetlashtirishga sabab bòladi.
Фармацевт
контракт бўйича охирги муддат 5.06.2021 этиб белгиланди. кафолат хати ёзганлар эътиборли бўлила. бошқалагаям шу муддат белгиланган. шартнома пулини амалга оширмаган ҳолилада курсда қомисила, ўқишдан четлаштириласила
Mana farmasevtika instituti ahvoli. Qaror bor amalda yoq
Farg'ona davlat universitetida bunday gaplar avval ham bo'lmagan, hozir ham bo'lgani yo'q bundan keyin ham bo'lmaydi
Abdivali Baratov
Bizdayam shu ahvol
Feruza Karimovna
Kontrakt tolaganmiz lekin 33ming kam bolib qolibdi. Tolab kel deb qizimni yakuniy imtihondan chiqarib yuborishdi. Shu kuni toladi. Imtihonni endi topshiradi.
Yakuniydan muammo boʻlmadi TDYU
UYDA✅ QOLING✅
Aka mana shu fikrlarga munosabatingiz. Xorijda ta'lim olayotgan yoshlar nomidan murojatnoma. Biz xorijda ta'lim olayotgan yoshlar kuni-kecha Oliy va òrta-maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulovning yoshlar bilan bòlgan uchrashuvida xorijdan òqishni kòchirish bòyicha aytgan yangiliklariga ya'ni xorijdan òqishini kòchirmoqchi bòlgan talabalar abiturent tòplagan òtish balini tòplashi,tòplay olmagan taqdirda super kontrakt tòlash tartibi bilan kòchirish haqidagi fikrlariga mutlaqo qarshimiz.Biz perevod imtihonlariga oz muddat qolganida bu yangilikni amaliyotga joriy etilishiga norozimiz.Nima uchun bu haqida òquv yilining boshida ogohlantirilmadi?Agar shunaqa bòlganida biz òz imkoniyatlarimizga qaragan bòlar edik.Endi qolgan qisqa vaqt ichida universititut imtihonlarini yopamizmi yoki universititut fanlarini òqib yurgan vaqtimizda bir yil tayyorgarlik kòrgan abiturent tòplay oladigan balni tòplash uchun tayyorgarlik kòramizmi?! Agar tòplay olmasak super kontrakt tòlab òqishimiz mumkin emish.Agar bizda shu super kontraktni tòlash imkoni bòlganida edi òzga yurtda emas,òz yurtimizda òqiyotgan bòlar edik.Ilojsizlikdan,super kontarkt tòlashga imkoniyatimiz yetmaganidan undan kòra chetda òqish arzonroq bòlgani uchun va qolaversa yana bir yilni yòqotmaslik uchun òzga musofir yurtga òqish topshirishga majbur bòldik.Bizlarga nisbatan bu talablar-Nohaqlik.Xorijda ta'lim olayotgan yoshlar haqida bilimsiz,nima qilib yurganini òzlari ham bilishmaydi degan fikrlar ham bor.Ammo bizlarni oramizda hamma ham bilimsiz emas.Aksincha òzimizdagi talabalardan-da kuchliroq bilimli yoshlar juda kòp.Òzimizda òqiyotgan talabalardan yuqori ball tòplagan,ammo shunga qaramay hatto kontraktga ham ilasha olmagan,ilojsizlikdan super kontrakt tòlay olmaganidan va yana bir yilga kuymaslik uchun chetda òqiyotgan yoshlar juda ham kòp.Tògri guruch kurmaksiz bòlmaydi deganlaridek bunaqa bilimsi, nima qilib yurganini bilmaydigan yoshlar òzimizda ham yòq emas.70-80 ball tòplab,160-170-300 mlngacha super kontrakt tòlagani uchun ularning bilimsizligi kòrinmay ketadi.Bu kabi adolatsizliklarga qanday chidash mumkin axir?!Òzimizni xòrlangandek his qilyapmiz.Biz ham Òzbekiston yoshlarimiz-ku.Biz ham òzimizda òqishni,kelajakda yurtimizga foydamiz tegadigan yetuk kadrlar bòlish yetishishni xohlaymiz. Yuqoridagi fikr va e'tirozlarimizni kòrib chiqib,bu yilgi xorijdan òqishni kòchirish imtihonlariga tòģri korrupsiyani yòqotgan holda,ammo amaldagi tizim ya'ni viloyatlar uchun(òz yashash joyi)56,7 ball ya'ni maksimal ballning 30%ni tòplash tartibi bòyicha amalga oshirilishini talab qilamiz. Biz kabi yoshlarga keng imkoniyatlar ochib berishingizni,Yoshlar yilida bizlarni qullab-quvvatlashingizni va òqishimizni òz vatanimizda davom ettirishimiz uchun amaliy yordam berishingizni xohlaymiz va iltimos qilamiz.
каниди укиб жавоб беришса канча одам караб турипти шу масалага жавоб ололми барибир укимиди
Alhamdulillah🍃
Assalomu alaykum super kontraktni oxirgi muddati qachongacha belgilangan
Хамма институт шунака хамма хаммаси.
Samarqand Davlat Tibbiyot Institutisa o'qiyman. 25% konrtaktni to'lamaganman. 31may oxirgi kun to'lamaganlarni institutdan ochisleniya qilamiz deyishyabdi. Ertaga o'qishga qanday boraman bilamdim
Show next 100 comments