❓Контрактни 100% тўламадинг, деб якуний назоратга киритмаслик мумкинми?

Бугунги кунда талабалардан тўлов-контракт масаласида кўплаб саволлар келиб тушмоқда. Жумладан, айрим ОТМлар талабалардан контракт пулини 1 июнга қадар 100% тўлашни талаб қилаётгани, агар тўламаса якуний назоратларга киритилмаслигини айтишаётгани, бу қанчалик тўғри эканлигини сўрашмоқда.

❗️Бу - нотўғри!

2020/2021 ўқув йилидан бошлаб олий таълим муассасаларида тўлов-контракт асосида таҳсил олаётган талабалар ўқиш учун тўловларни тенг улушларда тўрт бўлиб тўлашга рухсат берилди.

Бунда контракт миқдорининг 100 фоизини 1 июлгача ёки ОТМ ректорлари томонидан узайтирилган муддатларгача тўлаш ҳуқуқи белгиланди.

Шундан келиб чиқилса, 1 апрелга қадар контрактининг камида 75%ини тўлаган талабалар қолган 25%ини 1 июлгача тўлаши мумкин. ОТМлар ўз талабаларидан контракт миқдорини вақтлироқ амалга оширишларини сўраши, тарғиб қилиши мумкин, аммо буни талаб қилиб, тўламагани учун турли кўринишдаги жазо чоралари (масалан, имтиҳонга киритмаслик) белгилаш мумкин эмас.

💬 Агар қайсидир ОТМда ана шундай талаб қўйилаётган бўлса, изоҳларда ёзиб қолдиришингизни сўрайман. Биз албатта нотўғри талаб қўяётган ОТМ ҳақида вазирликка етказамиз ҳамда муаммони бартараф этишга ҳаракат қиламиз.


👉 @xushnudbek 👈

839 comments

Show 80 more comments
Yakuniydan muammo boʻlmadi TDYU
UYDA✅ QOLING✅
Aka mana shu fikrlarga munosabatingiz. Xorijda ta'lim olayotgan yoshlar nomidan murojatnoma. Biz xorijda ta'lim olayotgan yoshlar kuni-kecha Oliy va òrta-maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulovning yoshlar bilan bòlgan uchrashuvida xorijdan òqishni kòchirish bòyicha aytgan yangiliklariga ya'ni xorijdan òqishini kòchirmoqchi bòlgan talabalar abiturent tòplagan òtish balini tòplashi,tòplay olmagan taqdirda super kontrakt tòlash tartibi bilan kòchirish haqidagi fikrlariga mutlaqo qarshimiz.Biz perevod imtihonlariga oz muddat qolganida bu yangilikni amaliyotga joriy etilishiga norozimiz.Nima uchun bu haqida òquv yilining boshida ogohlantirilmadi?Agar shunaqa bòlganida biz òz imkoniyatlarimizga qaragan bòlar edik.Endi qolgan qisqa vaqt ichida universititut imtihonlarini yopamizmi yoki universititut fanlarini òqib yurgan vaqtimizda bir yil tayyorgarlik kòrgan abiturent tòplay oladigan balni tòplash uchun tayyorgarlik kòramizmi?! Agar tòplay olmasak super kontrakt tòlab òqishimiz mumkin emish.Agar bizda shu super kontraktni tòlash imkoni bòlganida edi òzga yurtda emas,òz yurtimizda òqiyotgan bòlar edik.Ilojsizlikdan,super kontarkt tòlashga imkoniyatimiz yetmaganidan undan kòra chetda òqish arzonroq bòlgani uchun va qolaversa yana bir yilni yòqotmaslik uchun òzga musofir yurtga òqish topshirishga majbur bòldik.Bizlarga nisbatan bu talablar-Nohaqlik.Xorijda ta'lim olayotgan yoshlar haqida bilimsiz,nima qilib yurganini òzlari ham bilishmaydi degan fikrlar ham bor.Ammo bizlarni oramizda hamma ham bilimsiz emas.Aksincha òzimizdagi talabalardan-da kuchliroq bilimli yoshlar juda kòp.Òzimizda òqiyotgan talabalardan yuqori ball tòplagan,ammo shunga qaramay hatto kontraktga ham ilasha olmagan,ilojsizlikdan super kontrakt tòlay olmaganidan va yana bir yilga kuymaslik uchun chetda òqiyotgan yoshlar juda ham kòp.Tògri guruch kurmaksiz bòlmaydi deganlaridek bunaqa bilimsi, nima qilib yurganini bilmaydigan yoshlar òzimizda ham yòq emas.70-80 ball tòplab,160-170-300 mlngacha super kontrakt tòlagani uchun ularning bilimsizligi kòrinmay ketadi.Bu kabi adolatsizliklarga qanday chidash mumkin axir?!Òzimizni xòrlangandek his qilyapmiz.Biz ham Òzbekiston yoshlarimiz-ku.Biz ham òzimizda òqishni,kelajakda yurtimizga foydamiz tegadigan yetuk kadrlar bòlish yetishishni xohlaymiz. Yuqoridagi fikr va e'tirozlarimizni kòrib chiqib,bu yilgi xorijdan òqishni kòchirish imtihonlariga tòģri korrupsiyani yòqotgan holda,ammo amaldagi tizim ya'ni viloyatlar uchun(òz yashash joyi)56,7 ball ya'ni maksimal ballning 30%ni tòplash tartibi bòyicha amalga oshirilishini talab qilamiz. Biz kabi yoshlarga keng imkoniyatlar ochib berishingizni,Yoshlar yilida bizlarni qullab-quvvatlashingizni va òqishimizni òz vatanimizda davom ettirishimiz uchun amaliy yordam berishingizni xohlaymiz va iltimos qilamiz.
каниди укиб жавоб беришса канча одам караб турипти шу масалага жавоб ололми барибир укимиди
Alhamdulillah🍃
Assalomu alaykum super kontraktni oxirgi muddati qachongacha belgilangan
Хамма институт шунака хамма хаммаси.
Samarqand Davlat Tibbiyot Institutisa o'qiyman. 25% konrtaktni to'lamaganman. 31may oxirgi kun to'lamaganlarni institutdan ochisleniya qilamiz deyishyabdi. Ertaga o'qishga qanday boraman bilamdim
Buxoro Muxandislik Tex instituda ham shunaqa holat
Ахроржон Туйчиев
Привет
4 kurs talabalarigachi. Ularda o‘quv jaroyoni vahliroq tugaydiku.
Хакикатдан TDIU да бундай масала йук. Лекин имкони борича тулик тулаб куйишга харакат килиш керак. Имкони йуклар эса качон аник тулов килиши хакида ариза шаклида мурожаат килиб куйса яхши буларди. Сабаби узини узи молиялаштиришга утган ОТМ га бу жуда мухим.
. oddiy askar
Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligi mehanizatsyalash muhandislari institutida achislenya oqishdan chetlatamiz deb aytilgan bugun ohrgi muhlat kuni qoʻyilgan.
Muhammadali
Toshkent Tibbiyot Akademiyasida
O'zbekiston Davlat San'at Va madaniyat instituti
Hamma institutda shu ahvol ekanku. Bizdayam shu TDSI
Bzadayam bor bogandi TKTI. Fanladan koplab talabalarni shu kontrakt tolamaganligi uchun qoldrshgan
Assalomu alaykum Hushundek aka yaxshimisiz? Hushnudbek aka masalaning boshqa tomoni haqida o'ylashi kerak. Masalan, 4 ta kurs yakunlanmoqda. U ularga pul to'lashni xayoliga ham keltirmaydi. Siz ulardan so'rashingiz kerak. Ularga vaqt berish kerak.
Фуркатжон
Exxx Korrupsiya botg'og'iga botgan Qarshidu.Men senga o'qiwga kirganimdan afsuslanaman
Muhammad
Sharqshunoslik ham bundan chetda emas.
Menimcha hamma universitetda shu gap bòlsa kerak
Ахроржон Туйчиев
Хушнудбек ака ассалому алайкум узиз дан колар гап йук
Shavkat 🇺🇿 Rasulov
Navoiy konchilik institutida 31-may oxirgi tulov kuni yuqsa achisleniya qilinasan deyapti
Dalji 10 iyungachaga ham ruxsat berishmadi
Show next 100 comments