❓Контрактни 100% тўламадинг, деб якуний назоратга киритмаслик мумкинми?

Бугунги кунда талабалардан тўлов-контракт масаласида кўплаб саволлар келиб тушмоқда. Жумладан, айрим ОТМлар талабалардан контракт пулини 1 июнга қадар 100% тўлашни талаб қилаётгани, агар тўламаса якуний назоратларга киритилмаслигини айтишаётгани, бу қанчалик тўғри эканлигини сўрашмоқда.

❗️Бу - нотўғри!

2020/2021 ўқув йилидан бошлаб олий таълим муассасаларида тўлов-контракт асосида таҳсил олаётган талабалар ўқиш учун тўловларни тенг улушларда тўрт бўлиб тўлашга рухсат берилди.

Бунда контракт миқдорининг 100 фоизини 1 июлгача ёки ОТМ ректорлари томонидан узайтирилган муддатларгача тўлаш ҳуқуқи белгиланди.

Шундан келиб чиқилса, 1 апрелга қадар контрактининг камида 75%ини тўлаган талабалар қолган 25%ини 1 июлгача тўлаши мумкин. ОТМлар ўз талабаларидан контракт миқдорини вақтлироқ амалга оширишларини сўраши, тарғиб қилиши мумкин, аммо буни талаб қилиб, тўламагани учун турли кўринишдаги жазо чоралари (масалан, имтиҳонга киритмаслик) белгилаш мумкин эмас.

💬 Агар қайсидир ОТМда ана шундай талаб қўйилаётган бўлса, изоҳларда ёзиб қолдиришингизни сўрайман. Биз албатта нотўғри талаб қўяётган ОТМ ҳақида вазирликка етказамиз ҳамда муаммони бартараф этишга ҳаракат қиламиз.


👉 @xushnudbek 👈

839 comments

Show 100 more comments
ASSALOMU ALAYKUM! Iltimos Xushnudbek aka o'qishlar online bo'lib nega sessiyalarga chaqirishyapdi? 2oygina offline o'qidik endi sessiyaga chaqirishyapdi. Bu nohaqlik emasmi? (SamDU)
ADU da ham huddi shu xolat
Bitiruvchi kurslarga amal qiladimi.1 iyungacha tulmasalaring kursdan kursga qolasilar deyishyapti.aniq javob beringlar 400 ta studentni nomidan yozyapman
Assalom aleykum, Toshkent Tibbiyot Akademiyasida shunaqa holat uchramoqda, yani 25% ni tulashga ruhsat berishmadi tuliq qilib 50% tulash kerak deyishdi, agar 1-iyungacha tulanmasa yakuniy nazoratlarga kiritilmasligini ham aytishdi.
Assalomu aleykum Qirgistondan perevod haqida ham malumot berilar iltimos
Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutidagi talabalarga ham shu axvol.100% to‘lamaganlar yakuniyga kiritilmaydi deyapti.O‘qishni orzu qilibman orzular hammasi sarob bo‘lib chiqyapti.Domlalarni saviyasi past.Dars o‘tishni bilmaydi.O‘zlaricha talab qiladi.Savol bersang haqoratli so‘zlar eshitasan javob o‘rniga.O‘zbekistonda qonun ustuvor emas.Oddiy xalqni nolasi qayerga ham boradi.Chiqab o‘qib yuribmiz
H.S.H
Хамма жойда бунака холат бор
хамма университетда шу ахвол шекили
Komilova Halima
Xushnudbek Xudoyberdiyev kanalingizda pervot haqidagi qarorlarni ham yozing iltimos.
Abdulaziz Shamsiddinov
Yaqin do'stim shu masalada qiynaldi. Oilasida 3 ta kontrakt ekan. May ni boshidan beri 100 foiz to'lash kerak deb jar solishadi. Yakuniylarga kiritilmaydi deyishdi. 3-4 tasini yakuniy vaqti olib chiqib ketishdi ham. Qarorda bor ekanu 1-iyulgacha ekanligi. Bular bankka tezroq deposit qo'yish uchun qilyapti
Andijon Davlat yuridik texnikumi, imtixon tugul darslarga ham kirgizishmadi
To'lamaslik xechnarsa emas men kontraktni to'lab imtixonga kirolmadimku. Yanvarda qishki smestrgacha kontraktni yarmini to'lashimiz shart ekan(kerak emas) men noyabr va dekabr oyida 2 ga bo'lib Payme orqali to'laganman. Lekin to'lov TTA ko'ringan lekin kimdikiligi bilan ishlari bo'lmagan. Yanvardagi imtixonda shu sababli imtixonga qo'yilmadim. Ovoragarchilikni eng zo'ri TTA ni ichida bo'ldi. Marketingga bor, bogaltrgakir(xa pul tushgan ismi familiyang bor lekin cheki kerak dedi) uni topib printerdan chiqarib unga qo'l qoydirib marketing bulimidagi delambi ichiga qo'shdim. Navbat kutishni ayting. Nima keragi bor paymedan to'lashni xayronman. TTA klinik ordinatura 2 kursida o'qiyman.
Xaa perivodni yozing iltimos
Ассалому алайкум кизил диплом ун имтийоз бериладими йукми ва яна саволим клиник ординатурадаям диплом бахо хисобга олинадими
Andijon mashinasozlik institutida ham shu qonundan tashqari nagliy kirgizmaydi chiqarib tashladi yakuniylarda fan o‘qituvchisi imtihonga kiritsa ham qaydnomaga shartnoma deb baho qo‘ydirmayapti. Rektordan tortib dekanatigacha miyyasiga qurtlab ketgan. Muddati 1-iyulgacha desak internetda gapiraveradi. O‘quv yiligacha deyilgan senlarga o‘quv yiliga tugadi deb xaspo‘shlashadi. Oxirgacha huquqimizni talab qilsak o‘zimizga dushman ortirib olamiz deb talaba bo‘shanglik qilishadi. Indamasdan imtihondan chiqib ketishadi.
Мехрожбек
Ko'p joylarda shunaqa holat
Andijon iqtisodiyot va qurilish institutida
Assalomu alaykum Xushnudbek aka avvalam bor sizga kattakon raxmat kanaldagi foydali malumotlariz uchun.
Izohga kelsak ózim Guliston Davlat universiteti 1bosqich talabasiman kontrakt muammosi bizning universitetda ham bóldi men oʻzim kontraktni 100foiz tólaganman. Ammo ushbu tólovni ancha oldin may oyini boshida tulashga majbursan bulmasa draslarga qoyilmaysan va h.k shunga óxshash gaplar bilan majbur qilishdi tóladim ammo moddiy oilaviy sharoitim tufayli bu ósha paytda muammo kelib chiqardi. Menga óxshagan moliyaviy muammolari borlar haliyam topilyapti buni ijobiy hal bulishiga yordamizni ayamays8z degan umiddamiz. Yana bir iltimos oqishni kochirish perevod masalasi buyicha ham ozgina malumotlar bersangiz qachondan qay tartibda bulishini
TAQI da shunday bo'ldi.
Show next 100 comments