❓Контрактни 100% тўламадинг, деб якуний назоратга киритмаслик мумкинми?

Бугунги кунда талабалардан тўлов-контракт масаласида кўплаб саволлар келиб тушмоқда. Жумладан, айрим ОТМлар талабалардан контракт пулини 1 июнга қадар 100% тўлашни талаб қилаётгани, агар тўламаса якуний назоратларга киритилмаслигини айтишаётгани, бу қанчалик тўғри эканлигини сўрашмоқда.

❗️Бу - нотўғри!

2020/2021 ўқув йилидан бошлаб олий таълим муассасаларида тўлов-контракт асосида таҳсил олаётган талабалар ўқиш учун тўловларни тенг улушларда тўрт бўлиб тўлашга рухсат берилди.

Бунда контракт миқдорининг 100 фоизини 1 июлгача ёки ОТМ ректорлари томонидан узайтирилган муддатларгача тўлаш ҳуқуқи белгиланди.

Шундан келиб чиқилса, 1 апрелга қадар контрактининг камида 75%ини тўлаган талабалар қолган 25%ини 1 июлгача тўлаши мумкин. ОТМлар ўз талабаларидан контракт миқдорини вақтлироқ амалга оширишларини сўраши, тарғиб қилиши мумкин, аммо буни талаб қилиб, тўламагани учун турли кўринишдаги жазо чоралари (масалан, имтиҳонга киритмаслик) белгилаш мумкин эмас.

💬 Агар қайсидир ОТМда ана шундай талаб қўйилаётган бўлса, изоҳларда ёзиб қолдиришингизни сўрайман. Биз албатта нотўғри талаб қўяётган ОТМ ҳақида вазирликка етказамиз ҳамда муаммони бартараф этишга ҳаракат қиламиз.


👉 @xushnudbek 👈

839 comments

Show 100 more comments
Andijon iqtisodiyot va qurilish institutida
Assalomu alaykum Xushnudbek aka avvalam bor sizga kattakon raxmat kanaldagi foydali malumotlariz uchun.
Izohga kelsak ózim Guliston Davlat universiteti 1bosqich talabasiman kontrakt muammosi bizning universitetda ham bóldi men oʻzim kontraktni 100foiz tólaganman. Ammo ushbu tólovni ancha oldin may oyini boshida tulashga majbursan bulmasa draslarga qoyilmaysan va h.k shunga óxshash gaplar bilan majbur qilishdi tóladim ammo moddiy oilaviy sharoitim tufayli bu ósha paytda muammo kelib chiqardi. Menga óxshagan moliyaviy muammolari borlar haliyam topilyapti buni ijobiy hal bulishiga yordamizni ayamays8z degan umiddamiz. Yana bir iltimos oqishni kochirish perevod masalasi buyicha ham ozgina malumotlar bersangiz qachondan qay tartibda bulishini
TAQI da shunday bo'ldi.
Man tolamagandm. Tuwntrw hati yozdrb oldi.
Фуркатжон
Bekzod Nuftillayev
Qaysi fakultetida òqiysiz
Bekzodfilolog komsomoldagi Rawid Jumayev jamoasida korrupsiya yoq demoqchimisz,qqchongaca yawirasz,kulgim kelopti
Iltimos shu maslani hal qilib bering
TATU FF 1 Iiyungacha tolanmasa talaba imtxonlarda qatnashtirilmasligi xaqida ogoxlantirilishdi.
Assalomu aleykum Xushnudbek aka. Manda huddi shunday vaziyat bo'ldi bir hafta oldin. O'zMU Iqtisodiyot fakultetida o'qiyman. Kontraktni to'lamasang imtihonga kirmaysan deb, majburlab qo'yishmadi. Keyin qarz qilib amallab to'ladim.
Shunga bir chora ko'raylik. Zero boshqalar javr ko'rmasin keyinchalik.
Assalomu aleykum Xushnudbek aka. Manda huddi shunday vaziyat bo'ldi bir hafta oldin. O'zMU Iqtisodiyot fakultetida o'qiyman. Kontraktni to'lamasang imtihonga kirmaysan deb, majburlab qo'yishmadi. Keyin qarz qilib amallab to'ladim.
Shunga bir chora ko'raylik. Zero boshqalar javr ko'rmasin keyinchalik.
Abulqosim Parmanov
Talabalarning ixtiyoriga qo'ysangiz iloji bo'lsa kontraktni to'lamasa
хеч ким ундай дегани йугку конун буйича белгиланган муддатдан олдинга суриб айтиб имтихонга киргизмаслик талабалар хукукини бузиш эмасми
Bu yangilik bo'lmay qoldi, balki OTM lar ning ichki ishlari bilan bog'liq masaladir lekin bu masala yuqoridagi qonun bo'yicha ko'rib chiqilgan, tasdiqlangan bunga esa bo'ysunish kerak edi. O'zim TDPU da tahsil olaman bizda ham shu masala 10 kun mobaynida barchadan kontraktni to'lab qo'yish kerakligi uqtirilmoqda...
Навоий кончилик институтида
TATU da sirtqi talimda oqiyotgan talabalarga shunaqa murojaat qilishgan
Студент ТДТрУ
Тошкент Давлат транспорт университети.
2 семестр, яни ташкил бўлганидан бери шундай.
Янунийда ўтирган болани келиб чиқариб юборишган🤬
Texnikumlarga ham shunday qilinishi mumkinmi
FERUZA RAXMATULLAYEVNA
SamDTI da ham shunaqa tulamaganlarni haydaymiz deydi yana ozlaricha haydaymiz degan buyruq ham chiqarib tashlashadi
Murodjon Barotov
Assalomu aleykum xushnud aka kunduzgi talimdan bowqa hududdagi otm ga óqishni kóchirsa bóladimi bólsa qachon va qanday javob uchun oldindan rahmat
Xushnudbek aka telegramda nega post tagida emas cherez web sayt orqali komment qoyasz
TATU urganch filialida 1-iyungacha 100% to'lov qilinmasa darslarga ham kirgizilmaydi dedi dekanimiz, may oyini boshlarida aytgan.
Xushnudaka Sizga Bitta savolim bor men 4 kursmam Kontrakt tolay olmaganman meni haydab yuborishga Buyruq chiqartirish mumkinmi
Guliston Davlat Universiteti
Show next 100 comments