❓Контрактни 100% тўламадинг, деб якуний назоратга киритмаслик мумкинми?

Бугунги кунда талабалардан тўлов-контракт масаласида кўплаб саволлар келиб тушмоқда. Жумладан, айрим ОТМлар талабалардан контракт пулини 1 июнга қадар 100% тўлашни талаб қилаётгани, агар тўламаса якуний назоратларга киритилмаслигини айтишаётгани, бу қанчалик тўғри эканлигини сўрашмоқда.

❗️Бу - нотўғри!

2020/2021 ўқув йилидан бошлаб олий таълим муассасаларида тўлов-контракт асосида таҳсил олаётган талабалар ўқиш учун тўловларни тенг улушларда тўрт бўлиб тўлашга рухсат берилди.

Бунда контракт миқдорининг 100 фоизини 1 июлгача ёки ОТМ ректорлари томонидан узайтирилган муддатларгача тўлаш ҳуқуқи белгиланди.

Шундан келиб чиқилса, 1 апрелга қадар контрактининг камида 75%ини тўлаган талабалар қолган 25%ини 1 июлгача тўлаши мумкин. ОТМлар ўз талабаларидан контракт миқдорини вақтлироқ амалга оширишларини сўраши, тарғиб қилиши мумкин, аммо буни талаб қилиб, тўламагани учун турли кўринишдаги жазо чоралари (масалан, имтиҳонга киритмаслик) белгилаш мумкин эмас.

💬 Агар қайсидир ОТМда ана шундай талаб қўйилаётган бўлса, изоҳларда ёзиб қолдиришингизни сўрайман. Биз албатта нотўғри талаб қўяётган ОТМ ҳақида вазирликка етказамиз ҳамда муаммони бартараф этишга ҳаракат қиламиз.


👉 @xushnudbek 👈

839 comments

Show 100 more comments
Rabbimqul_Ergashev
Gulistom davlat universitetu iqtisod sirtqi fakultetda manashunday holat har kuni noxush holatlarga olib kelmoqda
Пандемия даврида аҳолидан пул қочган деб руҳсат этилган, курсдан курсга ўтказилмаслик шарти билан - иккинчи ярим йиллик тўловни қилмаган, курсдан курсга ўтказилмаган ва пандемия давом этаётганни ҳисобга олиб ТСЧ ҳам бўлмай декабр оцигаса борган талабалар ҳам бор - ўқиш учун тўловга келсак виждонли инсонлар камбағал бўлсада биринчи навбатда шуни тулашим керак дейди, пкл бор бой инсонлар эса мутахамлик қилиб дубай туркиялардан ошиниб қолса кейин тўлаб қўйишади шунда ҳам кутиб нободо имтиёз бўлиб қолсачи деб
Sunnatillo
Kam bo'lmanglar
Juda kerakli mavzuni yoritibsizlar raxmat kattakon
Men student emasman lekin meni ham kantarktimni to'lamaganim uchun darsdan chiqarib yuborganlari esimga tushdi
JDPI ANA shunaqa
Asadbek
Assalomu alaykum!!!
Bizda kontrakt pulidan emas, boshqa narsadan muammo bor. Oliy ta'lim vaziri online o'qiyotgan talaba boshqa universitetga chaqirilmaydi degan edilar. Bizni chaqirishyapti. Yotoqxona topish muammo bo'lyati. "Ipak yo'li" turizm xalqaro universitetida o'qiyman.
SHAHZODBEK
Sizga uqish masalasida bittta savolim bor edi mumkin bulsa lechkangizni qoldiring
Nafosat Shomurodova
Barno Sattiyeva
Òzbekiston Respublikasi Davlat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Miromonovichga xorijda ta'lim olayotgan yoshlar nomidan murojaatnoma. Biz xorijda ta'lim olayotgan yoshlar kuni-kecha Oliy va òrta-maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulovning yoshlar bilan bòlgan uchrashuvida xorijdan òqishni kòchirish bòyicha aytgan yangiliklariga ya'ni xorijdan òqishini kòchirmoqchi bòlgan talabalar abiturent tòplagan òtish balini tòplashi,tòplay olmagan taqdirda super kontrakt tòlash tartibi bilan kòchirish haqidagi fikrlariga mutlaqo qarshimiz.Biz perevod imtihonlariga oz muddat qolganida bu yangilikni amaliyotga joriy etilishiga norozimiz.Nima uchun bu haqida òquv yilining boshida ogohlantirilmadi?Agar shunaqa bòlganida biz òz imkoniyatlarimizga qaragan bòlar edik.Endi qolgan qisqa vaqt ichida universitet imtihonlarini yopamizmi yoki universitet fanlarini òqib yurgan vaqtimizda bir yil tayyorgarlik kòrgan abiturent tòplay oladigan balni tòplash uchun tayyorgarlik kòramizmi?! Agar tòplay olmasak super kontrakt tòlab òqishimiz mumkin emish.Agar bizda shu super kontraktni tòlash imkoni bòlganida edi òzga yurtda emas,òz yurtimizda òqiyotgan bòlar edik.Ilojsizlikdan,super kontarkt tòlashga imkoniyatimiz yetmaganidan undan kòra chetda òqish arzonroq bòlgani uchun va qolaversa yana bir yilni yòqotmaslik uchun òzga musofir yurtga òqishga topshirishga majbur bòldik.Bizlarga nisbatan bu talablar-Nohaqlik.Xorijda ta'lim olayotgan yoshlar haqida bilimsiz,nima qilib yurganini òzlari ham bilishmaydi degan fikrlar ham bor.Ammo bizlarni oramizda hamma ham bilimsiz emas.Aksincha òzimizdagi talabalardan-da kuchliroq bilimli yoshlar juda kòp.Òzimizda òqiyotgan talabalardan yuqori ball tòplagan,ammo shunga qaramay hatto kontraktga ham ilasha olmagan,ilojsizlikdan super kontrakt tòlay olmaganidan va yana bir yilga kuymaslik uchun chetda òqiyotgan yoshlar juda ham kòp.Tògri guruch kurmaksiz bòlmaydi deganlaridek bunaqa bilimsiz, nima qilib yurganini bilmaydigan yoshlar òzimizda ham yòq emas yetarlicha lekin buni hech kim tekshirmaydi gapirmaydi.70-80 ball tòplab,160-170-300 mlngacha super kontrakt tòlagani uchun ularning bilimsizligi kòrinmay ketadi vaxolanki ular ham testdan òta olmagan nimaga ular 2 kursda òtayotganda abiturientlar singari test topshirmidi pulning kuchi albatta.Bu kabi adolatsizliklarga qanday chidash mumkin axir?!Òzimizni xòrlangandek his qilyapmiz bitta talaba haqida gap ketmayapti minglab yoshlar haqidaku, òyinchoq emas axir shuncha odam,hohlagan vaqtda ular ustidan qaror òzgartirgani.Biz ham Òzbekiston yoshlarimiz-ku.Biz ham òzimizda òqishni,kelajakda yurtimizga foydamiz tegadigan yetuk kadrlar bòlish yetishishni xohlaymiz, Yuqoridagi fikr va e'tirozlarimizni kòrib chiqib,bu yilgi xorijdan òqishni kòchirish tartibiga òzgartirish kiritilmasligini( yani abiturientlar tòplashi mumkin bòlgan ballning 30% tòplagan talaba òqishini Òzbekistonda davvom ettirishi mumkin) sòrab qolamiz.Hech kim test dtm tomonidan olinishiga qarshi emas òtish balining òzgargani noroziliklarga sabab bòldi. imtixonga 1.2 oy vaqt qolganda òyinchoqday qonunni òzgartirish bu adolatsizlik . Bunday qaror yil boshida chiqish keragidi. Bu qaror bu yildan amalga oshsa Oliy ta'lim vazirligining minglab yoshlarni taxqirlash, òyin qilish, ustidan kulish, inson òrnida kòrmaganligidan dalolat beradi. Yoshlarga keng imkoniyatlar ochib berishingizni,Yoshlar yilida bizlarni qullab-quvvatlashingizni va òqishimizni òz vatanimizda davom ettirishimiz uchun amaliy yordam berishingizni xohlaymiz va iltimos qilamiz.
Chet elga imtihonsiz o'qishga kirib osongina 2-kursdan O'zbekistondagi universitetlarga o'qishni ko'chirib o'qish, bu yerda qiynalib 3-4-yillab tayyorgarlik ko'rib o'qishga kirgan talabalar uchun adolatsizlik bo'lmasmikan?
Nizomiydaham shu holat, porohurlikku avjida
Navoiy davlat pedagogika institutida ham shunday oilamizda kantrak kopligi un sharoitimiz togri kemayobdi 75 foizini tolaganmiz ln har kuni kratorimiz tel qilib tolash kkligini aytib qoymayabdi?
Sharqshunoslik Universitetida ham shu ahvolllll
Assalomu alaykum,
Bu 4-kurslar(bitiruvchi) lar uchun ham ta'luqlimi? Ya'ni ular 1-iyulgacha to'lasa bo'ladimi?(Davlat imtixonlari 1-10-iyun)
Yana, bir savol 4-kurslar uchun kontrakt pulj kamaytirlmaydimi ular 10 oy o'qishadiku?
Muhammadnurim
QDUda ham shu ahvol kontraktni tulamaganlar yakuniyga kiritilmaydi
Hamma oqishlarda shunaqaku Hushnud aka
Shunaqa muamo bolaybdi
Shunaqa muamo bolaybdi
Bilaszmi gap qoʻrqishda emas shunchaki ishonchda haqiqat qidirib yillab umrini zoe ketkazgandan kora mana oddiy shu savolgayam 200 ziyod komentariya nima buni oldinnam bilmasmidik bilar edik ammo jurat yoq bizga bosh boʻlsa yozamiz boʻlmasa qoʻzgʻalmimiz.
Show next 100 comments