❓Контрактни 100% тўламадинг, деб якуний назоратга киритмаслик мумкинми?

Бугунги кунда талабалардан тўлов-контракт масаласида кўплаб саволлар келиб тушмоқда. Жумладан, айрим ОТМлар талабалардан контракт пулини 1 июнга қадар 100% тўлашни талаб қилаётгани, агар тўламаса якуний назоратларга киритилмаслигини айтишаётгани, бу қанчалик тўғри эканлигини сўрашмоқда.

❗️Бу - нотўғри!

2020/2021 ўқув йилидан бошлаб олий таълим муассасаларида тўлов-контракт асосида таҳсил олаётган талабалар ўқиш учун тўловларни тенг улушларда тўрт бўлиб тўлашга рухсат берилди.

Бунда контракт миқдорининг 100 фоизини 1 июлгача ёки ОТМ ректорлари томонидан узайтирилган муддатларгача тўлаш ҳуқуқи белгиланди.

Шундан келиб чиқилса, 1 апрелга қадар контрактининг камида 75%ини тўлаган талабалар қолган 25%ини 1 июлгача тўлаши мумкин. ОТМлар ўз талабаларидан контракт миқдорини вақтлироқ амалга оширишларини сўраши, тарғиб қилиши мумкин, аммо буни талаб қилиб, тўламагани учун турли кўринишдаги жазо чоралари (масалан, имтиҳонга киритмаслик) белгилаш мумкин эмас.

💬 Агар қайсидир ОТМда ана шундай талаб қўйилаётган бўлса, изоҳларда ёзиб қолдиришингизни сўрайман. Биз албатта нотўғри талаб қўяётган ОТМ ҳақида вазирликка етказамиз ҳамда муаммони бартараф этишга ҳаракат қиламиз.


👉 @xushnudbek 👈

839 comments

Show 100 more comments
Сейид Машарипов
Ассалом алейкум хушнудбек уйда студентларимиз кантрактларини хали 💯 фойиз толаганимиз йук лекин хали муаммо булгани йук.
Boybo'riyev Abduvohid
Tuppa tugri adolatsizlik bu
илтимос тор доирада фикирламелар жахон буйича куриб билиб гапирилар шу узбеларга нима буган билмиан ичи кораликдан бошка нарсамас кура олмаслик! укиган узига фойда нима
Barno Sattiyeva
Òzbekiston Respublikasi Davlat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Miromonovichga xorijda ta'lim olayotgan yoshlar nomidan murojaatnoma. Biz xorijda ta'lim olayotgan yoshlar kuni-kecha Oliy va òrta-maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulovning yoshlar bilan bòlgan uchrashuvida xorijdan òqishni kòchirish bòyicha aytgan yangiliklariga ya'ni xorijdan òqishini kòchirmoqchi bòlgan talabalar abiturent tòplagan òtish balini tòplashi,tòplay olmagan taqdirda super kontrakt tòlash tartibi bilan kòchirish haqidagi fikrlariga mutlaqo qarshimiz.Biz perevod imtihonlariga oz muddat qolganida bu yangilikni amaliyotga joriy etilishiga norozimiz.Nima uchun bu haqida òquv yilining boshida ogohlantirilmadi?Agar shunaqa bòlganida biz òz imkoniyatlarimizga qaragan bòlar edik.Endi qolgan qisqa vaqt ichida universitet imtihonlarini yopamizmi yoki universitet fanlarini òqib yurgan vaqtimizda bir yil tayyorgarlik kòrgan abiturent tòplay oladigan balni tòplash uchun tayyorgarlik kòramizmi?! Agar tòplay olmasak super kontrakt tòlab òqishimiz mumkin emish.Agar bizda shu super kontraktni tòlash imkoni bòlganida edi òzga yurtda emas,òz yurtimizda òqiyotgan bòlar edik.Ilojsizlikdan,super kontarkt tòlashga imkoniyatimiz yetmaganidan undan kòra chetda òqish arzonroq bòlgani uchun va qolaversa yana bir yilni yòqotmaslik uchun òzga musofir yurtga òqishga topshirishga majbur bòldik.Bizlarga nisbatan bu talablar-Nohaqlik.Xorijda ta'lim olayotgan yoshlar haqida bilimsiz,nima qilib yurganini òzlari ham bilishmaydi degan fikrlar ham bor.Ammo bizlarni oramizda hamma ham bilimsiz emas.Aksincha òzimizdagi talabalardan-da kuchliroq bilimli yoshlar juda kòp.Òzimizda òqiyotgan talabalardan yuqori ball tòplagan,ammo shunga qaramay hatto kontraktga ham ilasha olmagan,ilojsizlikdan super kontrakt tòlay olmaganidan va yana bir yilga kuymaslik uchun chetda òqiyotgan yoshlar juda ham kòp.Tògri guruch kurmaksiz bòlmaydi deganlaridek bunaqa bilimsiz, nima qilib yurganini bilmaydigan yoshlar òzimizda ham yòq emas yetarlicha lekin buni hech kim tekshirmaydi gapirmaydi.70-80 ball tòplab,160-170-300 mlngacha super kontrakt tòlagani uchun ularning bilimsizligi kòrinmay ketadi vaxolanki ular ham testdan òta olmagan nimaga ular 2 kursda òtayotganda abiturientlar singari test topshirmidi pulning kuchi albatta.Bu kabi adolatsizliklarga qanday chidash mumkin axir?!Òzimizni xòrlangandek his qilyapmiz bitta talaba haqida gap ketmayapti minglab yoshlar haqidaku, òyinchoq emas axir shuncha odam,hohlagan vaqtda ular ustidan qaror òzgartirgani.Biz ham Òzbekiston yoshlarimiz-ku.Biz ham òzimizda òqishni,kelajakda yurtimizga foydamiz tegadigan yetuk kadrlar bòlish yetishishni xohlaymiz, Yuqoridagi fikr va e'tirozlarimizni kòrib chiqib,bu yilgi xorijdan òqishni kòchirish tartibiga òzgartirish kiritilmasligini( yani abiturientlar tòplashi mumkin bòlgan ballning 30% tòplagan talaba òqishini Òzbekistonda davvom ettirishi mumkin) sòrab qolamiz.Hech kim test dtm tomonidan olinishiga qarshi emas òtish balining òzgargani noroziliklarga sabab bòldi. imtixonga 1.2 oy vaqt qolganda òyinchoqday qonunni òzgartirish bu adolatsizlik . Bunday qaror yil boshida chiqish keragidi. Bu qaror bu yildan amalga oshsa Oliy ta'lim vazirligining minglab yoshlarni taxqirlash, òyin qilish, ustidan kulish, inson òrnida kòrmaganligidan dalolat beradi. Yoshlarga keng imkoniyatlar ochib berishingizni,Yoshlar yilida bizlarni qullab-quvvatlashingizni va òqishimizni òz vatanimizda davom ettirishimiz uchun amaliy yordam berishingizni xohlaymiz va iltimos qilamiz.
Xo'p bilimiz kuchli ekan nimaga o'zbga kira olamadingiz,Misol uchun O'zbekistonda 160 170ball to'plab Toshkent davlat Moliya institutiga kira olmasdan boshqa ta'lim muassasida o'qiyotganlar yetarlicha,endi o'ylab ko'ring sizga o'xshab chetda 1kurs o'qib,56.7dan yuqori to'plab O'zbda moliyaga kirsa alam qilmaydimi buyodagilarga,o'zi oson o'qishga kirish uchun chetda o'qiyapsizku yana sal qiyinlashtirs"murojaat" deysiz
Andijon davlat unverstitetida ham shu muammo bolyaptii ilojsizmiz!!!
Сейид Машарипов
Малодес Яна халк муаммоларини кутариб аввалоидай фаоллашишинггизни сураб коламиз
Агар 1-июлгача тўламасачи? Қандай чора кўриш мумкин? Бунга хам ечим топиб берингда
Szga maslahatim Gʻafur Gʻulomning Shum bola asarini oʻqib chiqishizni maslahat berardm snm
Assalom alaykum. Bu kredit modul tizimida o'qiyotganlargayam taaluqlimi. Chunki bizni TDIU da sizlar kredit moduldasizlar shu uchun sizlarga taaluqli emas deyishayapti
Дилнорахон Касимова
Пандемия пайтида чет тилини яхши биладиган тиббиет институти талаба ва магистрларга кушимча пул берилади дейилган эди.Бир йил утди.Пул берилмадику.
Malikaxon 108 T/P
Juda tuģri qaror qabul qilindi rahmat sizlarga
Shoxro‘zjon
Menimcha hamma narsa ochiqcha bo‘lib qoldi pul tulasang o‘qisan bo‘lmasa yuq shunga hayronman haqiqatdan chitga o‘qishga kiradi musofir bechora o‘qiydi shu super kantrakt to‘lolmay chetga kirgan unga yana bu yerda o‘qish uchun imtihon bo‘lsa bu qanday ahvol o‘zi oyliklar 2 500 000 bo‘lsa uning uchun yana korupsiya qilsa super qilaoladi 2,5 pulga ota ona bolasini tayorlovga bersinmi soliq tulasinmi kamunal to‘lov to‘lasinmi yeb ichsinmi moshin olsinmi qaysini qilsa bo‘ladi 5 l moydi narxi 110 000 bo‘lsa bu nima digan gap yana atroflicha uylab ko‘rish kk
Nilufar ХТА 3.09 group(evening)
Tõĝri hozirgi sharoitda hammani ahvolini tushunsa bõladi moliyaviy jihatdan lekin masalaning ikkinchi tomoni ham bor bir õylab kõraylik baribir tõlashimiz kerak bõlgan summa bu demak bir oy oldin bir oy keyin deyarli hech narsani hal qilmaydi. Shu bir oydan keyin tõlamoqchi bõlgan pulingizni qarz olib keyingi oyda tõlamoqchi bõlgan pulingizdan qaytarish evaziga tõlab yuborish kerak tamom. Axir domlalar shu kontrakt hisobidan oylik oladi ularni ham tushunish kerak. Har yilgi tõlanadigan summa tõlashbkerak.
Navfal Dustmurodov
Samarqandagi oliygohlarda ham shunaqa shartlar quyilayapti Afsus
Sardor
Xo'p bilimiz kuchli ekan nimaga o'zbga kira olamadingiz,Misol uchun O'zbekistonda 160 170ball to'plab Toshkent davlat Moliya institutiga kira olmasdan boshqa ta'lim muassasida o'qiyotganlar yetarlicha,endi o'ylab ko'ring sizga o'xshab chetda 1kurs o'qib,56.7dan yuqori to'plab O'zbda moliyaga kirsa alam qilmaydimi buyodagilarga,o'zi oson o'qishga kirish uchun chetda o'qiyapsizku yana sal qiyinlashtirs"murojaat" deysiz
хеч ким акиллиман дегани йук шу даражада ичилар корами укиселар узиларга фойдаю бахиллик килиб нима фойда топаслар фикрлашиларди кенгайтирилар сал шунака акилли бусез. сизи бошизда укимиди сизи университетизда укимиди. факат узб.да булса керак шунака ичи коралик
Nizomiy universiteti Tarix fakultetida kantrakt masalasini deb talabalargayam,o’qituvchigayam kun yo’q!
Show next 100 comments