❓Контрактни 100% тўламадинг, деб якуний назоратга киритмаслик мумкинми?

Бугунги кунда талабалардан тўлов-контракт масаласида кўплаб саволлар келиб тушмоқда. Жумладан, айрим ОТМлар талабалардан контракт пулини 1 июнга қадар 100% тўлашни талаб қилаётгани, агар тўламаса якуний назоратларга киритилмаслигини айтишаётгани, бу қанчалик тўғри эканлигини сўрашмоқда.

❗️Бу - нотўғри!

2020/2021 ўқув йилидан бошлаб олий таълим муассасаларида тўлов-контракт асосида таҳсил олаётган талабалар ўқиш учун тўловларни тенг улушларда тўрт бўлиб тўлашга рухсат берилди.

Бунда контракт миқдорининг 100 фоизини 1 июлгача ёки ОТМ ректорлари томонидан узайтирилган муддатларгача тўлаш ҳуқуқи белгиланди.

Шундан келиб чиқилса, 1 апрелга қадар контрактининг камида 75%ини тўлаган талабалар қолган 25%ини 1 июлгача тўлаши мумкин. ОТМлар ўз талабаларидан контракт миқдорини вақтлироқ амалга оширишларини сўраши, тарғиб қилиши мумкин, аммо буни талаб қилиб, тўламагани учун турли кўринишдаги жазо чоралари (масалан, имтиҳонга киритмаслик) белгилаш мумкин эмас.

💬 Агар қайсидир ОТМда ана шундай талаб қўйилаётган бўлса, изоҳларда ёзиб қолдиришингизни сўрайман. Биз албатта нотўғри талаб қўяётган ОТМ ҳақида вазирликка етказамиз ҳамда муаммони бартараф этишга ҳаракат қиламиз.


👉 @xushnudbek 👈

839 comments

Show 100 more comments
GRM
Faqat o'zbda bo'sa kere dganiz ortiqchamasmikin o'ylab yozsez bolardi
чунки чет эл олийгохларида бир бирини ковламасдан узини устида шугулланади ёрдам беади тенгкурларига ичи коралик килиб куролме юрмиди
Фаргона Давлат Университетига хам айтин, шунака деб мажьурлашяптикан
Toshkent davlat Sharqshunoslik Universitetida xuddi shunday holat kuzatilyapti. Shaxsan bo'lim boshliqlari tomonidan kantrakt summasi to'lanmasa yakuniy nazoratga kiritilmasligi ma'lum qilindi.
Toshkent Farmatsevtika institutida ham shu ahvol 1- iyungacha toʻlmasang imtihonga kirmaysan. Oʻqiyman yaxshi miaxassis boʻlaman deysanu imkon yaratilmaydi. Hozirgi talabalar, magistrlar ham oʻqiydi ham ishley
Rahmonova Maftuna
Ped ins O'zbek tili va adabiyoti
Zor soha iloji bolsa qizil hududlarga borib dars berin
TDYU da ham shunaqa qilamiz deyayabdi.
Towkent Davlat Stomatologiya insititu
Superkontrak ham shular jumlasidanmi
Toshkent Farmatsevtika Instituti, Magistratura
Barno Sattiyeva
хеч ким акиллиман дегани йук шу даражада ичилар корами укиселар узиларга фойдаю бахиллик килиб нима фойда топаслар фикрлашиларди кенгайтирилар сал шунака акилли бусез. сизи бошизда укимиди сизи университетизда укимиди. факат узб.да булса керак шунака ичи коралик
Ichiqoralik deb o'zi ovitishiz mumkin,kengroq fiklashni bilarkansiz,o'zbga kiring edi aqilli,men O'zbekistonda o'qiyman,qanchalik qiyin bo'lmasin shu yurtda ta'lim muassasiga kirganman.Ichiqoralik deysizmi,😂,biron bir fanni a'lo darajaga yetkazmasdan kengroq fikrlash haqida gapirarkansizda-a,yurtga foyda keltiradigan salohiyat bo'lgandan O'zbda qunt bilan o'qir edingiz
Samarqand davlat chet tillari instituti
Hamma instdayam wunaqaku hamma hammasida
Andijon davlat universiteti chet tillari fakultetida ham shu ahvol
Rahmonova Maftuna
Yuq nasib bulsa IT ni o'rganmoqchiman
Chunki koʻzim bn koʻrayapman ularga ustozlar kk sifat kk ular ulugliydi kelajakni yaratishni ulardan boshlash kkda
Barno Sattiyeva
Òzbekiston Respublikasi Davlat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Miromonovichga xorijda ta'lim olayotgan yoshlar nomidan murojaatnoma. Biz xorijda ta'lim olayotgan yoshlar kuni-kecha Oliy va òrta-maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulovning yoshlar bilan bòlgan uchrashuvida xorijdan òqishni kòchirish bòyicha aytgan yangiliklariga ya'ni xorijdan òqishini kòchirmoqchi bòlgan talabalar abiturent tòplagan òtish balini tòplashi,tòplay olmagan taqdirda super kontrakt tòlash tartibi bilan kòchirish haqidagi fikrlariga mutlaqo qarshimiz.Biz perevod imtihonlariga oz muddat qolganida bu yangilikni amaliyotga joriy etilishiga norozimiz.Nima uchun bu haqida òquv yilining boshida ogohlantirilmadi?Agar shunaqa bòlganida biz òz imkoniyatlarimizga qaragan bòlar edik.Endi qolgan qisqa vaqt ichida universitet imtihonlarini yopamizmi yoki universitet fanlarini òqib yurgan vaqtimizda bir yil tayyorgarlik kòrgan abiturent tòplay oladigan balni tòplash uchun tayyorgarlik kòramizmi?! Agar tòplay olmasak super kontrakt tòlab òqishimiz mumkin emish.Agar bizda shu super kontraktni tòlash imkoni bòlganida edi òzga yurtda emas,òz yurtimizda òqiyotgan bòlar edik.Ilojsizlikdan,super kontarkt tòlashga imkoniyatimiz yetmaganidan undan kòra chetda òqish arzonroq bòlgani uchun va qolaversa yana bir yilni yòqotmaslik uchun òzga musofir yurtga òqishga topshirishga majbur bòldik.Bizlarga nisbatan bu talablar-Nohaqlik.Xorijda ta'lim olayotgan yoshlar haqida bilimsiz,nima qilib yurganini òzlari ham bilishmaydi degan fikrlar ham bor.Ammo bizlarni oramizda hamma ham bilimsiz emas.Aksincha òzimizdagi talabalardan-da kuchliroq bilimli yoshlar juda kòp.Òzimizda òqiyotgan talabalardan yuqori ball tòplagan,ammo shunga qaramay hatto kontraktga ham ilasha olmagan,ilojsizlikdan super kontrakt tòlay olmaganidan va yana bir yilga kuymaslik uchun chetda òqiyotgan yoshlar juda ham kòp.Tògri guruch kurmaksiz bòlmaydi deganlaridek bunaqa bilimsiz, nima qilib yurganini bilmaydigan yoshlar òzimizda ham yòq emas yetarlicha lekin buni hech kim tekshirmaydi gapirmaydi.70-80 ball tòplab,160-170-300 mlngacha super kontrakt tòlagani uchun ularning bilimsizligi kòrinmay ketadi vaxolanki ular ham testdan òta olmagan nimaga ular 2 kursda òtayotganda abiturientlar singari test topshirmidi pulning kuchi albatta.Bu kabi adolatsizliklarga qanday chidash mumkin axir?!Òzimizni xòrlangandek his qilyapmiz bitta talaba haqida gap ketmayapti minglab yoshlar haqidaku, òyinchoq emas axir shuncha odam,hohlagan vaqtda ular ustidan qaror òzgartirgani.Biz ham Òzbekiston yoshlarimiz-ku.Biz ham òzimizda òqishni,kelajakda yurtimizga foydamiz tegadigan yetuk kadrlar bòlish yetishishni xohlaymiz, Yuqoridagi fikr va e'tirozlarimizni kòrib chiqib,bu yilgi xorijdan òqishni kòchirish tartibiga òzgartirish kiritilmasligini( yani abiturientlar tòplashi mumkin bòlgan ballning 30% tòplagan talaba òqishini Òzbekistonda davvom ettirishi mumkin) sòrab qolamiz.Hech kim test dtm tomonidan olinishiga qarshi emas òtish balining òzgargani noroziliklarga sabab bòldi. imtixonga 1.2 oy vaqt qolganda òyinchoqday qonunni òzgartirish bu adolatsizlik . Bunday qaror yil boshida chiqish keragidi. Bu qaror bu yildan amalga oshsa Oliy ta'lim vazirligining minglab yoshlarni taxqirlash, òyin qilish, ustidan kulish, inson òrnida kòrmaganligidan dalolat beradi. Yoshlarga keng imkoniyatlar ochib berishingizni,Yoshlar yilida bizlarni qullab-quvvatlashingizni va òqishimizni òz vatanimizda davom ettirishimiz uchun amaliy yordam berishingizni xohlaymiz va iltimos qilamiz.
👍👍👍👍uzbda oqisam ham fikrizga qowilaman ayniqsa bilimsiz yoshlar super kontrak asosida med instlarga kirishi bu shunchaki fojea
Zulfiya
Denov tadbirkorlik va pedagogika instda ham shu ahvol
091924 𝑴𝒊𝒓𝒗𝒂𝒍𝒊
Samarqand davlat universitetining sirtqi fakultetida, shartnoma pulini tulamagan talaba yakuniy nazoratga quyilmaydi deb e'lon yozilgan ekan.
Manmca 90 % instituarda wu ahvol
Show next 100 comments