❓Контрактни 100% тўламадинг, деб якуний назоратга киритмаслик мумкинми?

Бугунги кунда талабалардан тўлов-контракт масаласида кўплаб саволлар келиб тушмоқда. Жумладан, айрим ОТМлар талабалардан контракт пулини 1 июнга қадар 100% тўлашни талаб қилаётгани, агар тўламаса якуний назоратларга киритилмаслигини айтишаётгани, бу қанчалик тўғри эканлигини сўрашмоқда.

❗️Бу - нотўғри!

2020/2021 ўқув йилидан бошлаб олий таълим муассасаларида тўлов-контракт асосида таҳсил олаётган талабалар ўқиш учун тўловларни тенг улушларда тўрт бўлиб тўлашга рухсат берилди.

Бунда контракт миқдорининг 100 фоизини 1 июлгача ёки ОТМ ректорлари томонидан узайтирилган муддатларгача тўлаш ҳуқуқи белгиланди.

Шундан келиб чиқилса, 1 апрелга қадар контрактининг камида 75%ини тўлаган талабалар қолган 25%ини 1 июлгача тўлаши мумкин. ОТМлар ўз талабаларидан контракт миқдорини вақтлироқ амалга оширишларини сўраши, тарғиб қилиши мумкин, аммо буни талаб қилиб, тўламагани учун турли кўринишдаги жазо чоралари (масалан, имтиҳонга киритмаслик) белгилаш мумкин эмас.

💬 Агар қайсидир ОТМда ана шундай талаб қўйилаётган бўлса, изоҳларда ёзиб қолдиришингизни сўрайман. Биз албатта нотўғри талаб қўяётган ОТМ ҳақида вазирликка етказамиз ҳамда муаммони бартараф этишга ҳаракат қиламиз.


👉 @xushnudbek 👈

839 comments

Show 100 more comments
Jizzax Pednus instuti 1 iyungacha 100% talab qilebdi qimaganlarni yuqorida kursatilgandek imtihon yoki oroliq nazorat ishlariga kiritmaslik aytilebdi.
Assalomu alaykum Xushnud aka bu qaror super kontraktga ham talluqlimi iltimos shunga ham javob bervoring. Javobingiz uchun oldindan rahmat.
ASSALOMU ALAYKUM AZIZ VATANDOSHLAR!! XUSHNUDBEK AKAJON RAHMAT SIZGA KOTTAKON!!
OTA-ONANGIZ ,YAQINLARINGIZ BAXT-U KAMOLINGIZNI KO‘RIB YURSINLAR ILOHIM 🤲🤲 YOZGANLARNI VAZIRLIKKA YETKAZAMIZ DEBSIZ.RAHMAT AKAJON.BIZ TALABALARGA YORDAM BERING O‘ZINGIZ🙏🙏🙏🙏
Buxoro viloyati Yuridik texnikumi
Namangan muhandislik-texnologiya institutida xuddi shunday xodisa ro'y beryapti. Dekan kirib kontraktini to'lamaganlar yakuniy imtihonga qo'yilmaydi deyapti. Shunga bir chora ko'rilar
1-iyungacha emasmi? Xushnudbek aka!
Farg'ona politexnika institutida magistratura bo'limida dastlabki dissertatsiya himoyaga qo'ymimiz deyishyapti 1 uyngacha to'lanmasa
Barno Sattiyeva
зур лекин коил укишга кирвопсиз маладес
Rahmat mulozamatingiz kerakmas.Ichiqoralik degan gapiz o'zizga buyursin
Xushnud aka puli borlar ( tankalilar) med institutga kirib bemalol oqib yuripti .bu bir tomondan ochiq korrupsiyaku .tupoy talabalar ham hozirda oqib bitiribgina qolmasdan ,bitirgandan kn tankasi borligi uchun owalar yana ishga kiryapti .bu tizim umuman notogri .yevropadan andoza olamiz deb faqat rasvogarchilik qilishyapti .andoza olishsin lekin orqasiga qaraydigan odam yoq .hammasi koz boyamachilik
Qoraqalpoq Davlat universiteti Yuridika fakultetida ham shu ahvol.
Kontraktni toʻliq toʻlamaganlarni yakuniyga qoʻyishmadi. Toʻliq toʻlagach yakuniyga qoʻyilyapti, yoki yakuniyga kirib topshirganimiz bilan baho qoʻyilmayapti.
Shuningdek, dekanat juda qoʻpol munosabatda boʻlishadi kontrakt toʻlanmasa QDU yuridika fakultetida.
Sardor
😂😂😂UZB ga foyda keltirarmushlar
сен фойда келтирдингми акли йук укишга кирвоганинг фойдами ота оненга фойда кигандурсан узинга фойда кигандурсан камера кеп колса узб.га фойдаси тегадигон етук кадр буламан дб сайрасенг кере узингхам😁
Assalomu alaykum, mani rafiqam QarshiDUda magistraturada tahsil oladi. Unga ham postingizga yozilganidek qo'rqitishlar qo'llanmoqda. QarshiDU ma'muriyatini insofga chaqiramiz...
Teparoda siz kim uchunlardr yonayotudz qz bola boshim bilan deyatudz koruppsiyani korib fikrizda sohaizdan qaytayapsz bu psixologiya szam boshizni ogʻritgiz kelmaydi endi esa kelajak haqida szi gapirishizga haqqiz yoq
Sardor
Rahmat mulozamatingiz kerakmas.Ichiqoralik degan gapiz o'zizga buyursin
вой мулозамат кимадим укишга кирвоганизга рооса хавасим келиб мактадим 😂
Assalomu alaykum Xushnudbek oka bilamiz bu bizga tegishli xabar emas 🙄 lekin oʻqishni koʻchirish masalasi haliyam dimmmmmm😑😑😑😑 men chet elda oʻqib kesam birov bir tiyinga ilmidi nu oʻzimizda oʻqisangam birov bir tiyinga ilmidi aslidayu harxolda choy tashuvchilik opqolar, he oʻqisham oʻlsun 😏
Show next 100 comments