❓Контрактни 100% тўламадинг, деб якуний назоратга киритмаслик мумкинми?

Бугунги кунда талабалардан тўлов-контракт масаласида кўплаб саволлар келиб тушмоқда. Жумладан, айрим ОТМлар талабалардан контракт пулини 1 июнга қадар 100% тўлашни талаб қилаётгани, агар тўламаса якуний назоратларга киритилмаслигини айтишаётгани, бу қанчалик тўғри эканлигини сўрашмоқда.

❗️Бу - нотўғри!

2020/2021 ўқув йилидан бошлаб олий таълим муассасаларида тўлов-контракт асосида таҳсил олаётган талабалар ўқиш учун тўловларни тенг улушларда тўрт бўлиб тўлашга рухсат берилди.

Бунда контракт миқдорининг 100 фоизини 1 июлгача ёки ОТМ ректорлари томонидан узайтирилган муддатларгача тўлаш ҳуқуқи белгиланди.

Шундан келиб чиқилса, 1 апрелга қадар контрактининг камида 75%ини тўлаган талабалар қолган 25%ини 1 июлгача тўлаши мумкин. ОТМлар ўз талабаларидан контракт миқдорини вақтлироқ амалга оширишларини сўраши, тарғиб қилиши мумкин, аммо буни талаб қилиб, тўламагани учун турли кўринишдаги жазо чоралари (масалан, имтиҳонга киритмаслик) белгилаш мумкин эмас.

💬 Агар қайсидир ОТМда ана шундай талаб қўйилаётган бўлса, изоҳларда ёзиб қолдиришингизни сўрайман. Биз албатта нотўғри талаб қўяётган ОТМ ҳақида вазирликка етказамиз ҳамда муаммони бартараф этишга ҳаракат қиламиз.


👉 @xushnudbek 👈

839 comments

Show 100 more comments
Toshkent Davlat Pedagogika unversitetida ham shu axvol ochislen qilaman deb qorqitishyapti
Фуркатжон
Bekzodfilolog komsomoldagi Rawid Jumayev jamoasida korrupsiya yoq demoqchimisz,qqchongaca yawirasz,kulgim kelopti
keyin domlani hurmatini joyiga qòysa domlayam talabani qiynamaydi. Beqqa qayerga òqishga kirganligi ahamiyatsiz
Якунийга киритмаймиз демаяптию қистаяпти Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти
Sardor
Qozoqqa sargardon bo'lib yuraver dangasa
😂 козогда укимиманан тупой чет елда укиш сенга саргардонликми узб.дан чикмаган кишлокимисан😁 2 курсдан катарда давом эттирсам булади укишими неччи мингта ёшлар укияпти шуларга кайгуриб ёздим
Alhamdulillah
Bizni institutda ham shu ahvol jizzax davlat pedogogika instituti da muddat 1iyungacha deyishapti hammani oldida turgizib qoyishadi u qilamn bu qilanmn deb
Alhamdulillah
Yana bir savolim institutda formada kelish majburiymi
Sardor
Sen "murojat" qilishda davom et
давом этяпман уйига борвомиману акилли😆
Assalomu alaykum. Toshkent irrigasiya va qishloq xojaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida ana shunday holat kuzatilmoqda. Talabalarga nisbatan dekanat tomonidan qopol muomila va tahdidlar qollanilmoqda. O'qituvchilar bajarib bo'lmas topshiriqlar berib talabalarni yiqitishga harakat qilishmoqda. Masofaviy talimda ekanligimizni ahamyati ham qolmadi . Korrupsiya hamma yoq. Tanishlari borlar otyabdi yakuniylardan qolganlarni yiqitib tashlashyapti. Talabalar ham insonku axir. Kimningdir bolasi . Shunchalik qilish shartmi
Azizbek Yusupov
Andijon davlat universiteti
Abror
Assalom alaykum yaxshimisizlar. Vazirlikka yetkazsangiz gap ko'p mana aytaman.
1-magistraturada turdosh yo'nalish kerakmas. Biologiyani bakalavrda bitirgan talaba magistraturada Fizikada o'qib u qanday maktabga, texnikumga, OTMga dars berishi mumkin. Hammasi ko'z boyamachilik.
2-superkontraktni yo'qotish kerak yoki OTMlar talabani haydasin lekin bizda na XTV na OO'TV o'z xodimlarini himoya qila oladi. Kimdir talabani haydayman desa hamma yo pishadi tekshira tekshira, dars otolmagansan, ustidan yoza yoz va hokozo. Kimdir yozdi xodim haqmi tuhmat qilgan odamni tashkilot himoya qilib jazo tayinlatsin. Shuning uchun superkontrakka kirib bitirib olib hamma tomonni yanada "superlashtiradi" bunday bazi talabalar. Buni hamma biladi lekin jim. O'qishni qog'ozda qatiylashtirish emas amalda qatiylashtirish kerak. Talabalarni haydash superkontragu, grant ga kirganiga barchasi ga tegishli.
3-perevot masalasidagi imtihonlar ning saviyasi, qarab chiqish kerak.
Ko'chada, taksida eshitib qolamiz bular kontrakt to'layotgan ekan shunga bitirish kerak ekan degan gaplarni. Qisqasi OO'TM dagi ta'limni juda qatiylashtirish kerak. Bazi odamlar, yoshlarning juda zehni ham, saviyasi ham, vatanparlik,Odamiylik kabi fazilatlari o'rniga boshqa yomon illatlar paydo bo'ldi. Bunga barchasiga ta'limni tarbiyani, qonunni qatiylashtirish kerak. Shunda barchasi joyiga tushadi.
Nigoraxon Maʼmirova
Man Fargʻona Davlat Universitetida oʻqiman bizda ham kantrak toʻlovini toʻlamaganlarni achisleniya deb roʻyxat chiqaryabdi oʻzim ham ikki marta shu roʻyxatga tushgandan soʻng kredit olishga majbur boʻldim
Show next 100 comments