❓Контрактни 100% тўламадинг, деб якуний назоратга киритмаслик мумкинми?

Бугунги кунда талабалардан тўлов-контракт масаласида кўплаб саволлар келиб тушмоқда. Жумладан, айрим ОТМлар талабалардан контракт пулини 1 июнга қадар 100% тўлашни талаб қилаётгани, агар тўламаса якуний назоратларга киритилмаслигини айтишаётгани, бу қанчалик тўғри эканлигини сўрашмоқда.

❗️Бу - нотўғри!

2020/2021 ўқув йилидан бошлаб олий таълим муассасаларида тўлов-контракт асосида таҳсил олаётган талабалар ўқиш учун тўловларни тенг улушларда тўрт бўлиб тўлашга рухсат берилди.

Бунда контракт миқдорининг 100 фоизини 1 июлгача ёки ОТМ ректорлари томонидан узайтирилган муддатларгача тўлаш ҳуқуқи белгиланди.

Шундан келиб чиқилса, 1 апрелга қадар контрактининг камида 75%ини тўлаган талабалар қолган 25%ини 1 июлгача тўлаши мумкин. ОТМлар ўз талабаларидан контракт миқдорини вақтлироқ амалга оширишларини сўраши, тарғиб қилиши мумкин, аммо буни талаб қилиб, тўламагани учун турли кўринишдаги жазо чоралари (масалан, имтиҳонга киритмаслик) белгилаш мумкин эмас.

💬 Агар қайсидир ОТМда ана шундай талаб қўйилаётган бўлса, изоҳларда ёзиб қолдиришингизни сўрайман. Биз албатта нотўғри талаб қўяётган ОТМ ҳақида вазирликка етказамиз ҳамда муаммони бартараф этишга ҳаракат қиламиз.


👉 @xushnudbek 👈

839 comments

Show 100 more comments
bitta ikkitasini kurib xulosa chiqarmang dustim . Sizzi domillalar pisand qimayotgan busa ayb uzizda. kuchlirooq uqish kerak. Siz bu gapiz bilan hamma domillani yerga urib tashlayapsiz
Nima alam qilayaptimi? Uqiyotgan busang ular xalaqit qilayaptimi yoki sanga. Demak kontraktga ilashgan busang demak yaxshi uqimagansan, Imtiyozlilardan havotir olma ular kvotatadan tashqari 3%lik kvota.
Abdukarim
Bu xususiy univlarga ham tegishlimi
sal uylab yozing . bitta joyda uqiymiz .
yana bir gap kim nima desa ishonib ketavermang
ADMINKA @$@
Towkent ahborot tehnologiyalari universitetining Samarqand filialida ham wunaqa ahbol. Bugun mana bizga paywanbaga vaxt beriwdi. Kontrakt tolamasalaring yakuniy topwirmislar db
𝑮𝒖𝒍𝒏𝒐𝒓𝒂
TSDI institut talabasiman super kantrakt yarmini tulamagan kursdoshlarimzga shu chora qollandi
Odina Ibragimova (Oilali)
Assalom aleykum. Oʻzi aslida oliy taʼlim vazirligini oʻzidan shunday buyruq boʻladi ( menimcha ) asosan bitiruvchi kurslarni talabalarda ohirigacha toʻlamasa Davlat Attestatsiya Imtihonlariga kiritilmasligi aytilyapti bu ham bir tomondan yaxshi boʻlishi mumkun. Yana bir gap sessiya vaqtida guruh sardorlari nihoyatda qiynalishadi yozma ish daftarlarini tekshirish jurnal yozish va hattoki oʻquvchiga berilmaydi degan vedmostlarni ham talabalarga yozdrishadi shunisi odamni joniga tegdi oʻqituvchi qayerda boʻlsa oʻsha joyga borib qoʻl qoʻydrib kel deyishadi nega shuni oʻzlari qilavermaydi axr yozma ishlarga kamissiya azolari bekorga qoʻyilganmi menimcha barcha otm da shu ahvol boʻlsa kk
DiYoR
Toshkent davlat transport universitetida ham shunday deyishdi.Agar 1 iyulgacha mutad berilsa yaxshi bolardi.
ЧОРИЕВ.Ш
Жуда куп ОТМ лар да худди шундай талаблар куйилади укувчиларга Кашкадарёдаги ОТМ лар даям шундай холат учрайди
سردارٌ
Bu qaror 4-kurs (bitiruvchi)talabalari uchun ham tegishlimi?
O‘zi qaysi oliygohni yozishni hojati qolmabdiku hamma joyda shu ekan
𝑮𝒖𝒍𝒏𝒐𝒓𝒂
1023
Nima alam qilayaptimi? Uqiyotgan busang ular xalaqit qilayaptimi yoki sanga. Demak kontraktga ilashgan busang demak yaxshi uqimagansan, Imtiyozlilardan havotir olma ular kvotatadan tashqari 3%lik kvota.
qo'shilaman agar rostan ular uqimasdan 5 olvotgan bolishsa bu ulari kelajagi ga - boladi sz blimli bob 3 ovotgan bulsez ham kelajagzga blm hizmat qiladi bahomas obru topb qolmmedi shu bn
Andijon Davlat Tibbiyot Institutida kontrakt to'lanmasa stipendiya berilmaydi. Shu qanchalik haqiqatga to'g'ri shu haqida ham yozinglar?
N/A/O Usmanovich
Samarqand vetirinariya MI sirtqi bo'lim
Bizda ham shunday. Toshkent Sharqshunoslik universitetida ukam birinchi kursida o'qiydi uni endi talabalar safidan chiqarishmoqchi, shu to'g'rimi? iltimos shunga yordam bering! Oilada ahvolimiz unchalik yaxshimas, onam yaqinda operatsiyadan chiqdi, dadam hech qayerda ishlamaydi. Men ukamga ta'lim krediti olib beraman deb bankka ikki haftadirki qatnayman ertaga, ertagadan u yoqqa o'tmayapti. Oilamiz tirikchiligi bog'dorchilikdan hozir ayni uzilgan vaqti, qiyin ahvoldamiz. shunga bir amaliy yordam bering iltimos! Talabalar safida qoldirishsa yaxshi bo'lardi! Oldindan raxmat!
Akromaliyev
Andijon davlat universiteti da ham wu ahvol
Бизда хам шунака дейишяпти чикариб юборишяпти БУХДУДА
Show next 100 comments