❓Контрактни 100% тўламадинг, деб якуний назоратга киритмаслик мумкинми?

Бугунги кунда талабалардан тўлов-контракт масаласида кўплаб саволлар келиб тушмоқда. Жумладан, айрим ОТМлар талабалардан контракт пулини 1 июнга қадар 100% тўлашни талаб қилаётгани, агар тўламаса якуний назоратларга киритилмаслигини айтишаётгани, бу қанчалик тўғри эканлигини сўрашмоқда.

❗️Бу - нотўғри!

2020/2021 ўқув йилидан бошлаб олий таълим муассасаларида тўлов-контракт асосида таҳсил олаётган талабалар ўқиш учун тўловларни тенг улушларда тўрт бўлиб тўлашга рухсат берилди.

Бунда контракт миқдорининг 100 фоизини 1 июлгача ёки ОТМ ректорлари томонидан узайтирилган муддатларгача тўлаш ҳуқуқи белгиланди.

Шундан келиб чиқилса, 1 апрелга қадар контрактининг камида 75%ини тўлаган талабалар қолган 25%ини 1 июлгача тўлаши мумкин. ОТМлар ўз талабаларидан контракт миқдорини вақтлироқ амалга оширишларини сўраши, тарғиб қилиши мумкин, аммо буни талаб қилиб, тўламагани учун турли кўринишдаги жазо чоралари (масалан, имтиҳонга киритмаслик) белгилаш мумкин эмас.

💬 Агар қайсидир ОТМда ана шундай талаб қўйилаётган бўлса, изоҳларда ёзиб қолдиришингизни сўрайман. Биз албатта нотўғри талаб қўяётган ОТМ ҳақида вазирликка етказамиз ҳамда муаммони бартараф этишга ҳаракат қиламиз.


👉 @xushnudbek 👈

839 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum SamDTIda ham shu holat :kontraktni oxirgi to'lovi 1-iyungacha deb belgilangan ekan
Ishlaringizda rivoj tilab qolaman.bundanda yuksak marralarga erishib yurishlik nasib aylasin insha'Alloh🤲🤲🤲
Pfffff
Asal Anorboyeva
Hamma Universitetlarda shunday 1-iyungacha kontrakt to‘lamaganlarni imtihonga kirgizmasligi haqida aytishyapti. Jumladan GulDU da ham. Hamma ham to‘lay olmasligi mumkin.
Andijon Davlat Universiteti ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti huddi shu yo'sinda ish ko'rmoqda, ya'ni talabalarni oraliq nazoratlarga qo'ymadi. Bundan kelib chqadiki oraliq nazoratni topshirmagan talaba o'z o'zidan yakuniyga qo'yilmadyi. Bu masalani e'tiborsiz qoldirmasdan, chora kurasizlar degan umiddamiz !!! Rahmat
Islom Karimov nomidagi TDTU
Bizlarni Toshket tibbiyot akademiyasi Urganch filialida, kursdan kursa oʻtganligi haqida buyruq chiqarilmaydi deyishgandi.
Xushnudbek aka nimaga XDSP haqida fikr bildurmayapsiz
Islomjon Toʻraboyev
TTA da bunaqa holatlar juda kop boladi
Boybo'riyev Abduvohid
Aqlli odam siz aql suzini tugri yozolmebsizku nimaga unday vohima qilasiz
Русский клавиатурада к харфи ёк кулдирмелаа одамми😁😂😂😂
Xammasida
Xushnudbek Xudoyberdiyev kontraktni qolgan 25% ini 1 - iyulgacha toĺasa bo'ladi degan joyi esdan chiqmasin.
BU HAMMA JOYDA ODATIY HOLKU BULARGA PUL KERAK FAQAT. TA'LIMDA NA SIFAT BOR. NA XONALAR TALABGA JAVOB BERMAYDI. BA'ZIDA XONALAR YETISHMAYDI. DARS O'TGANI XONA YO'Q. HAR BIR FAKULTETDA WIFI TARMOG'I BO'LISHI KERAK LEKIN YO'Q. BO'LSA HAM O'ZLARI UCHUN ISHLAYDI
Farpi esa oqishdan chetlatishini aytyabti 75% to'laganlarga
Mahliyo Hamza
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Toshkent farmasevtika institutida kanalda ham e'lon qilishdi. Yakuniy imtihonlarga kiritilmaydi deb. Axir oxirgi muddat 1-iyulgacha deb belgilanganku! Aslini olganda bu yengillik xalqni o'ylab ishlab chiqilgan qaror. Faqatgina qog'ozda qolib ketadigan oqshom ertaklaridek qarashyapti prezident qaroriga!
Siz o’qigan TDYU da ham bundaylar topiladi
Show next 100 comments