❓Контрактни 100% тўламадинг, деб якуний назоратга киритмаслик мумкинми?

Бугунги кунда талабалардан тўлов-контракт масаласида кўплаб саволлар келиб тушмоқда. Жумладан, айрим ОТМлар талабалардан контракт пулини 1 июнга қадар 100% тўлашни талаб қилаётгани, агар тўламаса якуний назоратларга киритилмаслигини айтишаётгани, бу қанчалик тўғри эканлигини сўрашмоқда.

❗️Бу - нотўғри!

2020/2021 ўқув йилидан бошлаб олий таълим муассасаларида тўлов-контракт асосида таҳсил олаётган талабалар ўқиш учун тўловларни тенг улушларда тўрт бўлиб тўлашга рухсат берилди.

Бунда контракт миқдорининг 100 фоизини 1 июлгача ёки ОТМ ректорлари томонидан узайтирилган муддатларгача тўлаш ҳуқуқи белгиланди.

Шундан келиб чиқилса, 1 апрелга қадар контрактининг камида 75%ини тўлаган талабалар қолган 25%ини 1 июлгача тўлаши мумкин. ОТМлар ўз талабаларидан контракт миқдорини вақтлироқ амалга оширишларини сўраши, тарғиб қилиши мумкин, аммо буни талаб қилиб, тўламагани учун турли кўринишдаги жазо чоралари (масалан, имтиҳонга киритмаслик) белгилаш мумкин эмас.

💬 Агар қайсидир ОТМда ана шундай талаб қўйилаётган бўлса, изоҳларда ёзиб қолдиришингизни сўрайман. Биз албатта нотўғри талаб қўяётган ОТМ ҳақида вазирликка етказамиз ҳамда муаммони бартараф этишга ҳаракат қиламиз.


👉 @xushnudbek 👈

839 comments

Show 100 more comments
Xammasida
Xushnudbek Xudoyberdiyev kontraktni qolgan 25% ini 1 - iyulgacha toĺasa bo'ladi degan joyi esdan chiqmasin.
BU HAMMA JOYDA ODATIY HOLKU BULARGA PUL KERAK FAQAT. TA'LIMDA NA SIFAT BOR. NA XONALAR TALABGA JAVOB BERMAYDI. BA'ZIDA XONALAR YETISHMAYDI. DARS O'TGANI XONA YO'Q. HAR BIR FAKULTETDA WIFI TARMOG'I BO'LISHI KERAK LEKIN YO'Q. BO'LSA HAM O'ZLARI UCHUN ISHLAYDI
Farpi esa oqishdan chetlatishini aytyabti 75% to'laganlarga
Mahliyo Hamza
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Toshkent farmasevtika institutida kanalda ham e'lon qilishdi. Yakuniy imtihonlarga kiritilmaydi deb. Axir oxirgi muddat 1-iyulgacha deb belgilanganku! Aslini olganda bu yengillik xalqni o'ylab ishlab chiqilgan qaror. Faqatgina qog'ozda qolib ketadigan oqshom ertaklaridek qarashyapti prezident qaroriga!
Siz o’qigan TDYU da ham bundaylar topiladi
Жиззах Давлат Педагогика иниституда щундай холат
Boybo'riyev Abduvohid
Aqil bumediku baribir q bumagan taqdirda ham ruskiyda
К харфидан кн эмас балки л харфидан кн койилган 🤦‍♀️
Сиз нотори окидиз шекил
Assalomu alaykum biz o'qiyotgan ADU da ham to'liq to'lamasalaring yakuniy imtihonlarga qo'ymaymiz degan gaplar tarqalmoqda bu qanchalik to'gri
Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti da.
ЁДЖУ да контрактни тўлиқ тўламаганларни имтихон натижалари бекор килинди.
Bu qaror qog'ozda qolib ketmasin axir talimga tosqinlik qilib bo'lmaydiku
Toshkent davlat transport universiteti
O'zbekiston Milliy universiteti
Kontrakt pulini 100% to'latib , na dars o'tishvotti na amaliyot bor , Agrar da kontrakt to'lamaganlani amaliyot hisoboti qabul qilinmidi dyishdi , iltimos konrakt to'laganlaga dars o'tishsin xatyab😂🙁
Buxdu filologiya fakultetida shu ahvol
Дилмурод
Техникумларгаям талуклими
Bizda rivojlanishni oshirish uchun eng avval 3 rezinansni qura oladigan o'qituvchilarni chiqarish va so'ngra biz yoshlarga katta masuliyat yuklasak bo'ladi.
Masalan mening bir shaxsiy fikrim bor!
Bizga chet eldan kelgan mutaxasislar qurib bergan inshoatu, boshqaradigan korxonalar kerak emas💥
Bizga o'sha inshoatu, korxonalarni qura oladigan mutaxasislar kerak.
Yurtimizda Talabalarni saviyasini oshirish maqsadida Talabalar Asatsatsiyasini tashkil qilishimiz kerak chunki
Har qanday talaba davlat mutasaddi xodimi bo'la olmaydi lekn har qanday mutasaddi xodim talaba bo'ladi shuning uchun yurtimizda talabalarni maxsus kuzatib ularni qiynayotgan savollarga javob topish uchun ham Talabalar asatsatsiyasini tashkil qilish kerak.
Xurmatli Xushnudbek agarda sizni bu loyiha qiziqtirib qo'ygan bo'lsa iltimos men bilan bog'laning men loyihani O'zbekiston yoshlar ittifoqidan farqli jihatlarini sanab bera olaman.
Xurmat bilan
Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti Mexanika fakulteti 108-20MT guruh talabasi Sodiqov Islombek Nosir o'g'li
@Sadikov_oficial
Show next 100 comments