❓Контрактни 100% тўламадинг, деб якуний назоратга киритмаслик мумкинми?

Бугунги кунда талабалардан тўлов-контракт масаласида кўплаб саволлар келиб тушмоқда. Жумладан, айрим ОТМлар талабалардан контракт пулини 1 июнга қадар 100% тўлашни талаб қилаётгани, агар тўламаса якуний назоратларга киритилмаслигини айтишаётгани, бу қанчалик тўғри эканлигини сўрашмоқда.

❗️Бу - нотўғри!

2020/2021 ўқув йилидан бошлаб олий таълим муассасаларида тўлов-контракт асосида таҳсил олаётган талабалар ўқиш учун тўловларни тенг улушларда тўрт бўлиб тўлашга рухсат берилди.

Бунда контракт миқдорининг 100 фоизини 1 июлгача ёки ОТМ ректорлари томонидан узайтирилган муддатларгача тўлаш ҳуқуқи белгиланди.

Шундан келиб чиқилса, 1 апрелга қадар контрактининг камида 75%ини тўлаган талабалар қолган 25%ини 1 июлгача тўлаши мумкин. ОТМлар ўз талабаларидан контракт миқдорини вақтлироқ амалга оширишларини сўраши, тарғиб қилиши мумкин, аммо буни талаб қилиб, тўламагани учун турли кўринишдаги жазо чоралари (масалан, имтиҳонга киритмаслик) белгилаш мумкин эмас.

💬 Агар қайсидир ОТМда ана шундай талаб қўйилаётган бўлса, изоҳларда ёзиб қолдиришингизни сўрайман. Биз албатта нотўғри талаб қўяётган ОТМ ҳақида вазирликка етказамиз ҳамда муаммони бартараф этишга ҳаракат қиламиз.


👉 @xushnudbek 👈

839 comments

Show 100 more comments
I.R. Azimjonovich
Tushunmayappan siz talabalarga yana qanaqa imkoniyat kere umuman noinsofsizlar. Biz oqigan davrlar boshqacha edi afsus. Prezidentimizga raxmat 4 ga bolib tola diyaptilar shuniyam TOLAMAYAPSIZLAR. Noinsoflik qilyapsizlar sizlarni Deb gurux murabbiylarin qancha asabiylashishyapti. Qancha imkoniyat bergani sari shuncha nolish bolaveradi
Али
Bu yerda yozish 1 tiyin xech nima uzgarmaydi
I.R. Azimjonovich
Kontraktdi oshirishmagan bolishsa
Assalomu alaykum, men Navoiy nomidagi Toshkent davlat O'zbek tili va adabiyoti universitetida o'qiyman. Bizning universitetda unday emas. Keyin O'zbekiston haqida fikr bildirgan inson . O'zbekiston ham sekin-sekin rivojlanyaptiku,aytaversak aytaversak bir kun bo'ladi,yarim yo'lda tashab qo'ymasdan kurashish kerak. Bundan 20 yil avvalgi holimizdan hozirgi vaziyat yer bilan osmoncha farq. Demak yillar o'tib bundan ham yuksalamiz, hech narsa osonlik bilan bo'lmaydiku vaqt kerak hammasiga
I.R. Azimjonovich
Xushnudbek masalaga faqat bir tomonlama yondoshmaslik kere uka
Yuridik universitetda xuddi shunaqa bolyapdi. Amaliy yordam bering
الحمد لله للجميع.
Izohga hojat yoʻq
Xushnudbek
Aka
OLGʻA OMAD 🖐️👌✌️👩‍🎓💐
الحمد لله للجميع.
100 ✓% Toʻgʻri !!!
Umida G'ulomova
Tushunmadim nega
Beshikdagi go'dakni tafakkur doirasi och qolsa nari borsa ona sutigacha, sizni dunyoqarashizni chegarasi shundan narigacha o'tolmaganga o'xshab ko'rindi fikrlarizdan. Faqat siz o'z yoshiz darajasida
الحمد لله للجميع.
Demak Kontrakt Summasini 4 Ga Boʻlib Toʻlansa Boʻladi. Ayrim Nochor Oilalarga Bu Yangilik
Kommentariyada Gapirsak Gap Koʻp. Hammaning Oʻzining Fikru Dunyoqarashi bor !!!
𝐴𝑠𝑠𝑎𝑙𝑜𝑚𝑢 𝑎𝑙𝑎𝑦𝑘𝑢𝑚 𝑋𝑈𝑆𝐻𝑁𝐼𝐷𝐴 𝐴𝐾𝐴 𝑇𝐴𝑁𝐼𝐷𝐼𝑍𝑀𝐼
𝓜𝓾𝓱𝓪𝓶𝓶𝓪𝓭
Beshikdagi go'dakni tafakkur doirasi och qolsa nari borsa ona sutigacha, sizni dunyoqarashizni chegarasi shundan narigacha o'tolmaganga o'xshab ko'rindi fikrlarizdan. Faqat siz o'z yoshiz darajasida
Mening yoshimni qayerdan bilasiz? Bu bir . Ikkinchidan hamma o'zimiki haq deb o'ylaydi. Men yakuniyga qo'yishmasin demadim, faqat hammasini o'z vaqtida qilish kerak. Keyin ayrim universitetdagi holat deb butun O'zbekistonni qoralash shartmas
Show next 100 comments