❓Контрактни 100% тўламадинг, деб якуний назоратга киритмаслик мумкинми?

Бугунги кунда талабалардан тўлов-контракт масаласида кўплаб саволлар келиб тушмоқда. Жумладан, айрим ОТМлар талабалардан контракт пулини 1 июнга қадар 100% тўлашни талаб қилаётгани, агар тўламаса якуний назоратларга киритилмаслигини айтишаётгани, бу қанчалик тўғри эканлигини сўрашмоқда.

❗️Бу - нотўғри!

2020/2021 ўқув йилидан бошлаб олий таълим муассасаларида тўлов-контракт асосида таҳсил олаётган талабалар ўқиш учун тўловларни тенг улушларда тўрт бўлиб тўлашга рухсат берилди.

Бунда контракт миқдорининг 100 фоизини 1 июлгача ёки ОТМ ректорлари томонидан узайтирилган муддатларгача тўлаш ҳуқуқи белгиланди.

Шундан келиб чиқилса, 1 апрелга қадар контрактининг камида 75%ини тўлаган талабалар қолган 25%ини 1 июлгача тўлаши мумкин. ОТМлар ўз талабаларидан контракт миқдорини вақтлироқ амалга оширишларини сўраши, тарғиб қилиши мумкин, аммо буни талаб қилиб, тўламагани учун турли кўринишдаги жазо чоралари (масалан, имтиҳонга киритмаслик) белгилаш мумкин эмас.

💬 Агар қайсидир ОТМда ана шундай талаб қўйилаётган бўлса, изоҳларда ёзиб қолдиришингизни сўрайман. Биз албатта нотўғри талаб қўяётган ОТМ ҳақида вазирликка етказамиз ҳамда муаммони бартараф этишга ҳаракат қиламиз.


👉 @xushnudbek 👈

839 comments

Show 100 more comments
Комила Рахматуллаева
Карши Давлат университети шунака мавзуда мисол була олади
Комила Рахматуллаева
Ҳурматли 1-курс тўлов шартномада ўқийдиган талабалар бугун маркетинг бўлимига учрашиб тўловни 100% амалга оширинг сабаби 06 июндан ЯН лар бошланади.
Комила Рахматуллаева
Мана бугунги эълонлари
Abdullayeva
𝓜𝓾𝓱𝓪𝓶𝓶𝓪𝓭
Abdulayeva sizam anavi tepadagi dugonayiz qatori gapni noto'g'ri tushunadiganla toifasidan ekansiz
Etiboriz un familyam Abdullayeva yaxwilab o'qing man qanaqa toifada fikrlawim bn sizni iwiz bolmasin bu yerda faqat muammosi borlar yozsin deyilibti sizni muammoyiz yoq ekan nima qilyapsiz bu yerda yoki zerikkanizdan hammani asabiga tege deb o'ylagan bo'lsez adawdiz man siz o'ylaganlardan emasman iwlarizga omad mayli sog' bo'ling
А.Б.Н
Бу саволга кимдир жавоб бера оладими.? Олдиндан рахмат
Xullas qonuniy jihatdan olsa talaba gostdan yiqilgan bo'lsa kelasi yil kelib topshiradi shu faqat yiqilgan gostini. Lekin dekanat kafedra himmat ko'rsatsa 1 haftadan ichida hamma gostla tugamasidan yana bir bor imkon bersa bo'ladi lekin bu qonuniy emas o'zbekchilik haqqi hurmati mentalitetimiz sharofati bo'ladi
Agarda bitiruvchi kurs talabasi 75% qismini tòlagan bòlsa, qolgani tòlanmagan deb davlat imtihonlariga kiritilmasligi qonuniymi? Iltimos shunga aniqlik kiritib yuboring
Abdullayeva
Etiboriz un familyam Abdullayeva yaxwilab o'qing man qanaqa toifada fikrlawim bn sizni iwiz bolmasin bu yerda faqat muammosi borlar yozsin deyilibti sizni muammoyiz yoq ekan nima qilyapsiz bu yerda yoki zerikkanizdan hammani asabiga tege deb o'ylagan bo'lsez adawdiz man siz o'ylaganlardan emasman iwlarizga omad mayli sog' bo'ling
Man eng qizig'i siz haqizda hech narsa o'ylaganim yo'q. Shunchaki fikrimiz bir joydan chiqqani mani qo'llab quvvatlaganiz uchun rahmat edi u gap. Yaxshilab qaytib o'qib chiqib mag'zini chaqvolarsiz. Mani fikrim doirasidagi gapla mani tafakkurim yetadigan darajada daxshat fikrla yo'q ekan mayli xayr sog' bo'lila deb aytdiz. Bu gapiz 100% to'g'ri. Chunki sizni joyiz univerda bo'lsayam anavi aql haliyam maktabda qop ketgan ekan aybga buyurmaysiz
Sherzod Rajabov
Toshkent tibbiyot akademiyasi
Husniddin Choriyev
TDYU da 2019 yil shunaqa bulgan Yesenmurat Kanyazov talabiga kura
Navruz Sulaymonov
QDPI
Berdaq nomidagi Qaraqalpoq davlat universiteti xuddi shu narsani bizdan talab qilishyapti. Kantrak tòlash mudati haqidagi qarorni mensimay keloshyapti. Shu masalaga amaliy yordam bersangiz.
Тошкент давлат юридик университетида ҳам бу йил контн тўламаган талабаларга якуний имтихон топшириш мумкин бўлган платформани ёпиш холатлари учраб турибди. Бир марта тўхтатиб, агар 1-июнгача ким тўламаса, якуний тлпшириш мумкин эмаслигини айтишди.
Зафаржон
Andijon Davlat Tibbiyot Instituti. Modulni berkitib qo'yishypdi.
Abdulhay Jo'raboyxojiyev
FarPI Qurilish fakulteti.1 iyungacha to'lov 100 % db talab qoyilgan
TerDU da shunaqa ahvol. Maktabgacha ta'lim yo'nalishi o'qituvchilari va ma'sul xodimlari Kantrakt to'lanmaganini ro'kach qilib hatto oraliq nazoratlarga qo'yilmayapti. Talabaning shaxsiyatiga tegish xollari ham kuzatilmoqda.
Bu narsalani baribir yo'qotib bomidi korrupsiya universitetlada ildiz otib bo'gan. Modul chiqarildi pora olishla online boldi dekan zamdekan o'qtuvchilani tanishlarini plastik kartalariga pul tawab iwi hal qilishadi. Modul parol logini dekanatta bor talaba o'qimidi o'zi yechiladi. Jonini berib o'qib o'zi bilimi bilan omoqchi boganlani profiliga kirib yechib qo'yiwadi 2-3ga. talaba nimani isbotlolidi. Muammola ko'p yechim yo'q
SamDU da ham shunaqa holat yuz beryabdi imtihonlarga qo'yilmaslik 100 foiz to'langlar deyishyabdi
Show next 100 comments