❓Контрактни 100% тўламадинг, деб якуний назоратга киритмаслик мумкинми?

Бугунги кунда талабалардан тўлов-контракт масаласида кўплаб саволлар келиб тушмоқда. Жумладан, айрим ОТМлар талабалардан контракт пулини 1 июнга қадар 100% тўлашни талаб қилаётгани, агар тўламаса якуний назоратларга киритилмаслигини айтишаётгани, бу қанчалик тўғри эканлигини сўрашмоқда.

❗️Бу - нотўғри!

2020/2021 ўқув йилидан бошлаб олий таълим муассасаларида тўлов-контракт асосида таҳсил олаётган талабалар ўқиш учун тўловларни тенг улушларда тўрт бўлиб тўлашга рухсат берилди.

Бунда контракт миқдорининг 100 фоизини 1 июлгача ёки ОТМ ректорлари томонидан узайтирилган муддатларгача тўлаш ҳуқуқи белгиланди.

Шундан келиб чиқилса, 1 апрелга қадар контрактининг камида 75%ини тўлаган талабалар қолган 25%ини 1 июлгача тўлаши мумкин. ОТМлар ўз талабаларидан контракт миқдорини вақтлироқ амалга оширишларини сўраши, тарғиб қилиши мумкин, аммо буни талаб қилиб, тўламагани учун турли кўринишдаги жазо чоралари (масалан, имтиҳонга киритмаслик) белгилаш мумкин эмас.

💬 Агар қайсидир ОТМда ана шундай талаб қўйилаётган бўлса, изоҳларда ёзиб қолдиришингизни сўрайман. Биз албатта нотўғри талаб қўяётган ОТМ ҳақида вазирликка етказамиз ҳамда муаммони бартараф этишга ҳаракат қиламиз.


👉 @xushnudbek 👈

839 comments

Show 100 more comments
Дилшод
Низомий номидаги ТДПУниверситетида хам шу ахвол...
Kechirasizlar menda bir savol bor pervod haqida yangi qonun chiqayabdi degan gap bor xorijdan kelganlar uchun deyishabdi bu ichki pervodga aloqasi yoqmi. Bir tanishim Navoyi pedagologka instutidan ( Miliy g'oya yo'nalish ) dan SamDU unvestet ( yurispedensyia ) yo'nalishga pervod qilmoqchi ular uchun eng yuqori ballning 60% amal qiladimi yo yangi qonun hamma uchun birmi
Хушнудбек Президент мактаблари қабули, имтихони хақда хам маълумотлар берсангиз илтимос
Намдуда хам шу ахвол нимага конунга зид булишар экин.
Yusufbek
TERDUda ham shu ahvol
Илтимос сессияларни сал енгиллаштирилса
SamDAQIda borda shunaqa holat. Shaxsan meni kirgizmadi
Аммо шуни айтиш керакки утган галги сессия Намду ректори ташшабуслари билан корупцияни олдини олиш максадида ишонч телефонлари ташкил этилиб ,укитувчилардан талабани кийнамасликларини суралди .Биз ота оналар жуда хурсанд булдик .фарзандларимиз кийинчиликсиз сессияни топширишди МИНАТДОРМИЗ..
TDPU wu ahvol.
Bu talaba haqqini talab qila olmaganidan
Қүуаныш Оразбаев
Nukus Davlat Pedagogika Instituti
Islambek_officiall
Bizda rivojlanishni oshirish uchun eng avval 3 rezinansni qura oladigan o'qituvchilarni chiqarish va so'ngra biz yoshlarga katta masuliyat yuklasak bo'ladi. Masalan mening bir shaxsiy fikrim bor! Bizga chet eldan kelgan mutaxasislar qurib bergan inshoatu, boshqaradigan korxonalar kerak emas💥 Bizga o'sha inshoatu, korxonalarni qura oladigan mutaxasislar kerak. Yurtimizda Talabalarni saviyasini oshirish maqsadida Talabalar Asatsatsiyasini tashkil qilishimiz kerak chunki Har qanday talaba davlat mutasaddi xodimi bo'la olmaydi lekn har qanday mutasaddi xodim talaba bo'ladi shuning uchun yurtimizda talabalarni maxsus kuzatib ularni qiynayotgan savollarga javob topish uchun ham Talabalar asatsatsiyasini tashkil qilish kerak. Xurmatli Xushnudbek agarda sizni bu loyiha qiziqtirib qo'ygan bo'lsa iltimos men bilan bog'laning men loyihani O'zbekiston yoshlar ittifoqidan farqli jihatlarini sanab bera olaman. Xurmat bilan Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti Mexanika fakulteti 108-20MT guruh talabasi Sodiqov Islombek Nosir o'g'li @Sadikov_oficial
Ha yana bitta iltimos bor edi shu unvestet binosi qurishda havo aylanishni o'ylab qursin masalan Oddiy SamDU fizika fakultetida aksaryat o'quv xonalarga havo aylanish hisobga olinmay qurigan bu xonada xavo xaroratini keskin oshiradi xozir yakuniy topshirayabiz tashqarida havo 40 guradus isssiq xonalar 50-60 guradusga boradi shuni unvestetning masul shaxslarga aytishning iloji bormi
Islom Nuraliyev
Yu u qonun faqat tashqi prevod uchun amal qiladi
Ha lekin o'rmonga o't ketsa ho'l-u quruq birday yonadi degan gap bor endi bu qarorni unvestetdagilar ichki pervodga ham deyishayabdi ko'chirish va qayta tiklash nizom bitta chiqadi deb
Otabekov Abdulaziz SamDU. IQTISODCHI
Ha lekin o'rmonga o't ketsa ho'l-u quruq birday yonadi degan gap bor endi bu qarorni unvestetdagilar ichki pervodga ham deyishayabdi ko'chirish va qayta tiklash nizom bitta chiqadi deb
Butta asosiy maqsad boshqa narsaga qaratilgan,osha kuni vazir bilan uchrashuvda shaxsan oʻzim bor edim. Asosiy masala shundan iboratki oʻzimizni bollar bali yetmasa 50.60 100 million super kontrakt toʻlab talaba boʻladiyu,nega chetda bir amallab oqish kiradi va 2- kursdan prevod olib oddiy kantraktga oʻqiydi degan
Islom Nuraliyev
Butta asosiy maqsad boshqa narsaga qaratilgan,osha kuni vazir bilan uchrashuvda shaxsan oʻzim bor edim. Asosiy masala shundan iboratki oʻzimizni bollar bali yetmasa 50.60 100 million super kontrakt toʻlab talaba boʻladiyu,nega chetda bir amallab oqish kiradi va 2- kursdan prevod olib oddiy kantraktga oʻqiydi degan
Ha shunday lekin biz shu yerga ko'chirmoqchimiz qanaqa xujjatlar kerak ko'chish tartib qanday bo'ldi desak Vazirning gapini aytayabdi lekin bu ichki pervod yana bular turdosh yo'nalishlarga kiradi ( bizda turdosh fanlar bezimtixon bo'lmaydimi) menimcha shunday edi oldin nizomni o'qiganimda
Sharqshunoslik universitutida kursdan kurga qoldirish bilan tahdid qilishmoqda
QarMIIda ham shu ahvol sessiyaga kiritilmaydi deyishmoqda
Show next 100 comments