❓Контрактни 100% тўламадинг, деб якуний назоратга киритмаслик мумкинми?

Бугунги кунда талабалардан тўлов-контракт масаласида кўплаб саволлар келиб тушмоқда. Жумладан, айрим ОТМлар талабалардан контракт пулини 1 июнга қадар 100% тўлашни талаб қилаётгани, агар тўламаса якуний назоратларга киритилмаслигини айтишаётгани, бу қанчалик тўғри эканлигини сўрашмоқда.

❗️Бу - нотўғри!

2020/2021 ўқув йилидан бошлаб олий таълим муассасаларида тўлов-контракт асосида таҳсил олаётган талабалар ўқиш учун тўловларни тенг улушларда тўрт бўлиб тўлашга рухсат берилди.

Бунда контракт миқдорининг 100 фоизини 1 июлгача ёки ОТМ ректорлари томонидан узайтирилган муддатларгача тўлаш ҳуқуқи белгиланди.

Шундан келиб чиқилса, 1 апрелга қадар контрактининг камида 75%ини тўлаган талабалар қолган 25%ини 1 июлгача тўлаши мумкин. ОТМлар ўз талабаларидан контракт миқдорини вақтлироқ амалга оширишларини сўраши, тарғиб қилиши мумкин, аммо буни талаб қилиб, тўламагани учун турли кўринишдаги жазо чоралари (масалан, имтиҳонга киритмаслик) белгилаш мумкин эмас.

💬 Агар қайсидир ОТМда ана шундай талаб қўйилаётган бўлса, изоҳларда ёзиб қолдиришингизни сўрайман. Биз албатта нотўғри талаб қўяётган ОТМ ҳақида вазирликка етказамиз ҳамда муаммони бартараф этишга ҳаракат қиламиз.


👉 @xushnudbek 👈

839 comments

Show 100 more comments
Gulnoza Fayziyeva
Ассалому алайкум, юкорида айтиб утилган контракт пули тулик булмаган талабани Карши Мухандислик Институтида хам куллашяпти, менинг 2та фарзандим шартнома асосида укийди. Ойлик иш хакимдан контракт туловини амалга ошираман, эртага охирги кун, 75%туламасанг якунийларга киритилмайсан деб шарт куйишибди.
Assalomu alaykum, Xushnudbek aka, Menda bir savol bor edi: Bitiruvchi kurs talabalari qolgan kursdagi talabalarga nisbatan kamroq kontrakt summasini toʻlashi kerakmi? Chunki iyul-avgust oylarida oʻqimagani hisobiga! Hozir biz 1 yillik 100% toʻliq kontrakt toʻlovini amalga oshirdik, lekin aslida biz kamroq toʻlashimiz kerakmi? Shu haqida batafsil aytib bera olasizmi? Univerimizdan tayinli javob ololmayapmiz)) oldindan rahmat
Aziz Aka Magistr:
Шу кунчага 75 % бўлмаганларчи, уни ҳам сўраш кк

1 апрелгача 75 % бўлмаганда нима қилишни ҳам сўраш керак
𝙾𝚢𝚖𝚘𝚖𝚘
FarPI. Yakuniy ochib berilmayapti, kontraktini 100% to'laganlarga ochilyapti yakuniy ishlashyapti ular. Qolganlarga ochib berilmayapti.
Toshkent davlat iqtisodiyot unibersitetida ham shunday holat kuzatilyabdi. Men kontrakt to'liq to'laganman lekin qolgan kursdoshlarim haqida bunday deya olmayman. Ular yakuniy imtihonlarga tayyorlanish o'rniga kontrakt pulini to'lash uchun ishlashga majbur bo'lishmoqda
NURIDDIN ...............
Bitiruvchi kurslar ham 1- iyulgacha tulasa buladimi???
BOBURBE
Mani qo'limda bo'lganda Fardudagi iqtisod fakulteti o'qtuvchilarini hammasini almashtirardim poraxorlik boyicha jahon chempioni bo'lishadi bu ketishda
O'zbekiston xalqaro islom akademiyasida 1 iyungacha to'lamagan talabalar Yakuniy attestatsiya testiga kirmaydigan bo'lyapti
Salom mani murojaatim mavzuga taluqli emas oldindan uzr. Manimcha 1-kurs talabalarini o'qishini tezlashtirish kerak. 2-kurs va undan yuqori kurslar allaqachon ta'tilga chiqishdi. Bu issiqda qanaqa qilib o'qish kirishi mumkin miyaga? Oxirgi sessiya 12-iyulda qo'shibdi. Hozirdan Darslarda umuman o'tirishni iloji yoq. 4 yoki 5-para 25 ta talaba va bechora o'qituvchini qo'lidan daftar tushmaydi yelpib zurg'a o'tiradi. OTM ni sharoiti yetarli darajada emas. To'g'ri ularni ham moddiy bazasini hisobga olish kk. Ayb OTM da emas bu masalani ta'lim vazirligi ko'rib chiqishi kk.
Assalomu aleykum. Men QDPI 2 bosqich magistrantiman. 7 - iyyun kuni bizni dissertatsiya himoyamiz bolib o'tadi yani so'nggi imtixonimiz. Lekigin magistratura bo'limi boshligi tomonidan himoyagacha kontraktni to'liq to'lamagan magistrant himoyaga qoyilmaydi keyingi yilga qoldiriladi deb aytyapti, shu to'g'ri talbmi? Iltimos savolimga javob bersangiz. Meni u kungacha kontraktimni to'liq to'lash uchun imkoniyatim yo'q.
Andijon Qishloq xòjaligi instuti ham kantrakt dan qarzi bor talabalarning ota onasidan kafolat xati sòramoqda Kun ora kantraktni tòla deb jonga tegishdi
Мунира Шодиева
Farg‘ona davlat universiteti talabasiman . Maxsus sirtqida kontrakt asosida tahsil olaman . To‘lov kontraktimdan 170 ming qarzim bor edi. Dekonat tomonidan 25 maygacha to‘lov kontraktimni to‘lamasam yakuniy imtihonga qo‘yilmasligim haqida xabar berildi . Bu xabar barcha talabalar uchun elon qilindi. Fardu kanalida bu haqida to‘liq malumot bor. Ayni paytda shu summani yo‘lashga imkonim yo‘q edi. Oilalilaman 3 nafar farzandimbor. Men qarz olib to‘lashga majbur bo‘ldim . Men kabi talabalarga iltimos yordam bering
Siz bilan qanday boglansak buladi
Ассалому алайкум. Ман Навои Давлат Педагогика институтида 4 курс талабасиман. Бизда хозир ГОСТ Давлат имтихонлари жараёни кетяпти. Курсдош дугонам кантрактини 2 млн 700 минг сумни тулай олмаяпти, деканимиз тезрок туламасанг ГОСТ га кирмайсан деди. Бу канчалик тугри
Men Toshkent davlat transport universiteti talabasiman super kontrakt asosida oʻqishga kirdim. Ammo kontraktning 12 mln 800 ming soʻmini toʻlay olmadim shuning uchun modulim yopildi kontrakt toʻlash muddati 1-iyulgacha emasmi
Assalomu aleykum.
Men Jizzax Politexnika instituti talabasiman. Bizda shu holat boʻldi.
Kontrakt toʻlamagan talabalarga imtihonga kirish ruhsatnomasi(dops) berilmayabdi.
Biz kimga murojat qilishimiz kerak???
Assalom aleykum TDTUda ham shunday vaziyat tolamaganlar bitiruvchilarga gosekzamenga kiritilmaydi deyishyadi
Олий таьлимда каникулни тезлаштириш керак .иссикда кийналябдилар шароит килиш керак
Show next 91 comments