Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas ado, oning haqin yuz ganch ila.

Men ustozning farzandi, ustozning shogirdi va shogirdlarimning ustoziman. Ustozlikning mashaqqati va sharafini yaxshi bilaman. Ustoz shogirdi uchun oʻzidan koʻp qaygʻuradigan va yutugʻidan hammadan koʻp sevinadigan zotdir.

Bugun barcha ustozlarni bayram bilan tabriklayman. Faqat bugun emas har doim e’zozga loyiqsiz. Ustozlarim juda koʻp, sababi yuqorida Alisher Navoiy hazratlari aytib oʻtganlaridek, bitta harf oʻrganganlarimiz ham biz uchun ustoz. Lekin eng asosiy ustozlarimni sanab oʻtishni joiz topdim!

Avvalo koʻz ochib shu olam tartib qoidalari bilan tanishtirgan rahmatli otam, har bir savolimga erinmasdan javob bergan ilk ustozim - mehribon onam!

Matematikani chuqur sirlarini oʻrgatgan va olimpiada olamiga kirishimga sabab boʻlgan ustozim “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Yusufboy Boltayev!

Zoʻrlarni zoʻriman deb yurgan hom vaqtimda olimpiada tasavvurimdanda katta ekanligini koʻrsatgan va yoʻl koʻrsatgan ustozim - Shuhrat medali sohibi Umid Rahmonov!

Kichik viloyatdan Poytaxtga kelishimga sababchi boʻlgan maslahatgoʻy ustozim Qahramon Ibodullayev!

Matematika qanchalik kengligini, olimpiada xuddiki qisqa masofaga yugurish, ilm esa kamida marafon yugurishi ekanligini anglatgan, hozirga qadar ilmimga oʻzimdan koʻp qaygʻuradigan ustozim Karim Rahimov!

Zamonamizning allomalalari, biz uchun doimo mayoq boʻladigan millatimizning oltinlari, ustozlarim - akademiklar Azimboy Sadullayev, Shavkat Ayupov, Abdulla A’zamov va Gulmirza Xudoyberganov!

Davlat xizmatida men uchun tajriba va nam’una boʻlgan ustozlarim Qahramon Qoʻchqorovich, Sherzod Xotamovich, Usmon Ulfatovich, Alisher Zafarovich va Olimjon Alijonovichlar!

Men uchun oddiygina xulosa yoki tajriba bera olgan har bir inson ustozimdir. Barchangizga boshim yerga tekkuncha ta’zimdaman. Doimo bor boʻling, yoʻllarim nurafshon boʻlsin!

Hurmat va ehtirom ila oddiy oʻrganuvchi Sardor Bozorboyev!

4 comments

Zulfiya Kuranbayevna
Rahmat katta e'tibor uchun, salomat bo'ling, Sardorbek sizga ham bayram muborak bo'lsin, ustozlar izidan borib O'zbekistonda matematika fanining rivojlantirishda munosib hissa qo'shib, shogirdlarning sevimli ustozi bo'ling,mashaqqatli mehnat faoliyatingizda omad tilayman
Gʻayrat Boyjonov
Assalomu alaykum ustoz Sardor Bozorboyev bayramingiz bilan tabriklimiz.ishlaringizga muvaffaqiyat tilaymiz.
Otaboyeva Nilufar
Assalomu alaykum Ustoz Sardor Bazarboyev bugungi USTOZ VA MURABBIYLAR BAYRAMI bilan oilamiz nomidan tabriklaymiz.Sizga sog'lik salomatlik ,oilaviy baxt saodat,ishlaringizga rivoj, muvaffaqiyat tilaymiz.
Машарипова С .
Байрам кайфияти хеч качон тарк килмасин !!!