Кўп берилаётган саволлар:
#abituriyent
❓ Тестга оқ кўйлакда келиш шартми?
ЖАВОБ: йўқ, шарт эмас. Кийимга чеклов қўйилмаган. Ўзингизга қулай бўлган кийимда келаверинг
(фақат одоб доирасини унутманг).
❓ Тестга кириш учун қандай ҳужжат олиб бориш керак?
ЖАВОБ: «Абитуриент рухсатномаси» ҳамда паспорт (ёки ID-карта) бўлса кифоя.
❓Саволлар китобига тахмин қилган жавобларимизни белгилаб турсак бўладими?
ЖАВОБ: ҳа, саволлар китобига бемалол тахмин қилинган тўғри жавобларни белгилаш, турли қайдлар ёзиш, чизиш мумкин. Лекин саволлар китобини йиртиш, ўзи билан олиб чиқиб кетиш, бировга бериб туришга рухсат йўқ.
👉 @xushnudbek 👈
Shu savolga ham javob berib keting
Bitta savol:Guruh nazoratchilari telefon ishlatishiga ruxsat bormi?Oʻtgan yil teldan foydalandi Nazoratchilar .Bemalol ishlatib turishdi shaxsan men bunga qarshiman.
Nega? Ishonchli tajribali nazoratchi oʻqituvchi yoki boshqalarni qoʻyishmaydi ?Shaxsan menga boshqa abituriyentni savol kitobini berib ketgan😭Men asosiy fanimni boshlanishini ishlaganman.javoblar varaqasiga ham belgiladim.guruh raqami hammasini belgiladim.keyin 5tacha asosiy fanimni ishlaganimda testimni op ketdi bu seniki emas deb.Keyin yana menga muomala qilmay sen qaramagansan deydi .ular berganini ishlaymanku axir.Ota onam koʻz oʻngimdan oʻtdi yiqildim endi deb oʻyladim .Oʻqimishli hamma !meni kirmaganim ularni boshini egdim deb rossa kayfiyatim tushib ketdi.Test varaqani yuzini qalin qilib boʻyab keyingi bergan test kitobni ishladim.
Ollohimdan roziman oʻqishga kirdim, lekin, alam qilarlisi birinchi oʻrin kontrakt bilan ,birinchi yoʻnalishga kirdim .Grantdagi talaba ham bitta test bn yuqorida.Boshqa yoʻnalishda grantda ekanman😭😂❤️
Mayli kirolmadim emas kirdim lekin kimlarnidir kamchiligi evaziga oilamga har yil 13mlnga😑😁zarar yetkazarkanimda
Xullas,kamchiliklar bisyor. Kamchiliklar bartaraf boʻladi deb umid qilaman!