Audio
#ўқишникўчириш

Олий ва ўрта махсус таълими вазири Абдуқодир Тошқулов билан суҳбатда ўқишни кўчиришга оид айрим саволларга ҳам жавоб берди.

✅ Агар фарғоналик талаба ҳозир Самарқандда ўқиётган бўлса ва ўқишини ўзининг доимий яшаш манзилига кўчирмоқчи бўлса, унда имтиҳонсиз ва ҳеч қандай тўловсиз мос ва турдош бўлган йўналишга кўчира олади. Агар талаба мос ва турдош бўлмаган бошқа йўналишга кўчирмоқчи бўлса, унда бир марталик супер-контракт тўловини тўлаш талаб этилади.

✅ Мос ва турдош бўлмаган исталган йўналишга супер-контракт тўлаган ҳолда ўқишни кўчириш мумкин. Масалан, биологиядан тиббиётга, педагогикадан юриспруденцияга ва ҳ.к.

❗️Лекин агар талаба юқори курс бўлса ва ўтилган фанлар фарқи катта бўлса, унда битта пастки курсдан ўқишни кўчиради, яъни бир (ёки икки) йил йўқотиши мумкин.

Шунингдек, вазир суҳбат чоғида табақалаштирилган тўлов-контрактнинг минимал миқдорлари қанча бўлиши ҳақида айрим йўналишлар кесимида маълумот берди.

Қолганини овозли хабарда эшитишингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

790 comments

Show 100 more comments
Nilufar Rustamova
Mani yashay joyim qarshi lekin Termiz davlat universitetida oqiman faqat sirtqi talimda shunday holatda ham o'z viloyatimga ko'chira olamanmi mos va turdoshga
Assalomalaykum avvalgi yillarda birinchisi grand kirolmasa qolgani kontrakt bulardi hozir boshqa viloyatga grandga kirsa uz viloyatiga grand bulib keladimi yoki kontrakt bulib keladimi
Jahongir Zayniddinov
<<< Izzatbek >>>
Qande qilib kochiraman
Dekanat aytadi pasport kopiya transkript
Masalan men Toshkentda qaysidir universitetda Tarix yo'nalishida o'qiman Toshkentni o'zida boshqa Tarix yo'nalishiga ham Imtihonsiz perevod qilolamanmi?
Qanaqa ligota taxminan
압두까허르
Salom alaykum biladiganla yordam berib yuboringzlar oldindan rahmat men Moliya inustutining Soliq va Soliqga tortish fakultetida sirtqi 2 mutaxasislikda o'qiyman bu yil 1 ni tugatdim shu inustutni Bugalteriya va auditga fakultetiga prevod qlsam bo'ladimi javob uchun oldindan rahmat
<<< Izzatbek >>>
Jahongir Zayniddinov
Dekanat aytadi pasport kopiya transkript
Ular onlayin ariza topshirin dedi oqishni kochirish uchun asos bolish kerak ekan
Bir fakultitdan ikkinchisiga ichki pirvod pulga bo‘ladi adashmasam
Мирзохид Усмонов
Assalomu alaykum Sanat va madanyat universitidan qarshi davlat uneversiti tarix fakultetiga turdosh bulmasa xam perivod qilsam buladimi turmushga chiqqanim xisobga olinadimi tulovi bormi yuqmi
Jahongir Zayniddinov
<<< Izzatbek >>>
Ular onlayin ariza topshirin dedi oqishni kochirish uchun asos bolish kerak ekan
Asos ozimni yashash hududimga kochiraman desez boldi
Jahongir Zayniddinov
<<< Izzatbek >>>
Ular onlayin ariza topshirin dedi oqishni kochirish uchun asos bolish kerak ekan
Ariza topshirasiz dekanat transkript degan xujjat beradi
<<< Izzatbek >>>
Jahongir Zayniddinov
Asos ozimni yashash hududimga kochiraman desez boldi
Magistiraturani kochirganini eshitganmisiz
🌧🌧🌧🌧🌧
Jahongir Zayniddinov
Boladi faqat pullik agar yashash joyiz Toshkent bolmasa
Yashash joyim toshkentga utopti pul tulaymanmi shungayam aytvoring javob
Assalomu aliykum yaxshimisizlar men bilolmay turgan masala shundaki Toshkent viloyati CHDPI kechki talim Fizika va astronomiya uqitish metodikasi 2-bosqich ni tugatdim uqishimni uzimning doimiy yashash joyimga yani Qarshi davlat unverstga kunduzgi talim Matematikaga utgazsam buladimi. Bu masala tuģrisida oldinham yozgandim aniq fakit yuq iltimos biladiganlar javob berizlar Xushnut aka etiborsiz qolib ketmaylik.
꧁༺ I.Isomiddin.I༻꧂
Assalomu alekum savol bor edi.
Agar talaba o‘qishini o‘zini yashash hududiga o‘tkazmoqchi bo‘lsayu lekin o‘zini hududida mos va turdosh yo‘nalishlar bo‘lmasa o‘zi yoqtirgan o‘zi qiziqgan sohaga topshiras pul to‘lamaydimi.bu ham sababga kiradimi yoki super kantraktni to‘laydimi.
Javob uchun oldindan rahmat
Зарина
_Sirojiddin_
Turdosh yonalishlar royhati bor,shaxsan ozim kordim,szniki turdosh
Менга хам ташлаб юбора оласизми руйхатни? Илтимос!
FERUZA
Mani savolimga javop berib yuboriylar kimda tuwuncha bulsa Ozbekistondagi Xalqaro univerdan perevod qanday buladi turdoshga bulsa togridan togrimi yoli test bn buladimi
Show next 100 comments