Audio
#ўқишникўчириш

Олий ва ўрта махсус таълими вазири Абдуқодир Тошқулов билан суҳбатда ўқишни кўчиришга оид айрим саволларга ҳам жавоб берди.

✅ Агар фарғоналик талаба ҳозир Самарқандда ўқиётган бўлса ва ўқишини ўзининг доимий яшаш манзилига кўчирмоқчи бўлса, унда имтиҳонсиз ва ҳеч қандай тўловсиз мос ва турдош бўлган йўналишга кўчира олади. Агар талаба мос ва турдош бўлмаган бошқа йўналишга кўчирмоқчи бўлса, унда бир марталик супер-контракт тўловини тўлаш талаб этилади.

✅ Мос ва турдош бўлмаган исталган йўналишга супер-контракт тўлаган ҳолда ўқишни кўчириш мумкин. Масалан, биологиядан тиббиётга, педагогикадан юриспруденцияга ва ҳ.к.

❗️Лекин агар талаба юқори курс бўлса ва ўтилган фанлар фарқи катта бўлса, унда битта пастки курсдан ўқишни кўчиради, яъни бир (ёки икки) йил йўқотиши мумкин.

Шунингдек, вазир суҳбат чоғида табақалаштирилган тўлов-контрактнинг минимал миқдорлари қанча бўлиши ҳақида айрим йўналишлар кесимида маълумот берди.

Қолганини овозли хабарда эшитишингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

790 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum.
Men Qoraqalpoq davlat universiteti filologiya fakultetida grantda oʻqiyman. Birinchi kursni tamomladim.Oʻzim Qashqadaryolikman. Men oʻqishimni Qashqadaryoga yoki Samarqandga grant qilib koʻchirsam boʻladimi. Bunda talablar qanaqa. Albatta koʻchirayotgan OTMda boʻsh oʻrin boʻlishi shartmi va zarur sabab boʻlishi ham kerakmi? Sabab doimiy yashash joyim Qashqadaryo viloyatida. Javob uchun oldindan rahmat
Assalomu alaykum Xushnudbek aka savolim shuki bakalvr bosqichida o'qib turib qayta yana kirish imtixonida qatnashsa bo'ladimi shu savolga javob olmoqchiydm imtixonga kirsayu amalda o'qib turgan o'qishiga qandaydur tasiri bormi?
Javob uchun kottakon raxmat.
Ассалому алайкум. Мани кизим Козогистондаги олийгохни 1- курсини тугатиб, транскипни Олди. Лекин тестдан у́та олмади ва у́кишини Козогистонда онлайн давом килдирди. Октабр ойида у́кишдан четлатилдингиз деган хабар келди. Биз у́кишини кайта тиклай олмадик. Бу йил Энди кандай йул тутишимиз керак.
ИЛТИМОС ёрдам беринглар.
Олдиндан Катта Рахмат
Ra'no Esonova
Assalomu alaykum Xushnudbek Xudoyberdiyevich sizdan iltimos Toshkent tibbiyot akademiyasining Oliy ma'lumotli hamshiralik yo'nalishidan shu akademiyaning Davolash ishi yo'nalishiga perevod qilish qanday tartibda fanlar kesimi bir xildaku super kontraktmi yoki oddiy holatdami shunga oydinlik kiritib bersangiz. Javob uchun oldindan rahmat.
Xushvaqtova Aziza
Assalomu allekum men Qoqon nodavlat universitetida oqiyman biz ham imtihonsiz perivod qilsak boladimi shu savolimizga javub bering iltimos
Xushvaqtova Aziza
Men Samarqanda yashayman
Ассалому алайкум,давлатимизга минг рахмат шундай имконият берганлмклари учун.Аммо бир марталик супер контракт пули жуда юқори эканда,мен оддий ўқитувчиман,хўжайним ишчи,топган ойлик пулимиз 4 мил.қандай қилиб тўлов қиламиз.тўлов қилишда имконият бериладими,чунки 15 баравар тиббиётга...саволимга беэътибор бўлмайсиз деган умиддаман
S.Amirov
Assalomu alekum men Qirg'izdan Samarqand tibbiyotga pervot qilmoqchiman shuda testdan utish ballari qancha to'plasa bo'ladi oldindan raxmat
TATU ning filiallaridan asosiy universitet Toshkentdaki TATU ga perevod qilsa (boshqa yunalish emas hozir uqiyotgan yunalishga) granddan grandga perevod buladimi.
Toshpo‘latova Mexriniso
Asalomu alaykum savolim bor edi men termez davlat unversitetida kimyo talim yunalishida uqiyman xozir farzandli buldim uqishga qiynalyabman farzandim 2 oylik men sirti talimga utgazmoqchiman ammo sirtqi talim yuq ekan biologiyani sirtqi talimiga utgazsam buladimi mendan xechqanday tulov olinmaydimi imtixonchi shu xaqda malumot bersangiz iltimos
Make a Wish
Ipak Yo'li xalqaro turizm unversiteti xususiy emasmi ?
Make a Wish
Topshirmoqchiydim-da.
Assalomu alekum men Urdu maktabgacha talim sirtki 2kusni tugatdim
hozirda shu oliygohni bialogiya sirtkisiga tolovsiz o'zgartirsam bo'ladimi
Uzurli sabab qilib qishlog'imiz maktabiga bialogiya fani mutaxasisi kerakligini ko'rsatib
Shuncha summasi yo'q lekin o'zgartirishni juda xoxlaydiganlar nima qiladi endi
Assalomu alaykum Men Qoʻqon Pedagogika instituti da oʻqiyman.. oʻtgan yili Fargʻona davlat universiteti ga perevod ga ariza yozdim. Perevod boʻlmadi... yoʻnalishim turdosh.Yashash joyim Fargʻona shaharga koʻchgan. Negadir perevod boʻlmadi buning ustidan qayerga murojaat qilsam boʻladi...javob un oldindan rahmat
Assalomu alaykum, Jizzaxlik talaba Qoraqalpoqda tahsil olayotgan bo'lsa, JIZZAXGA O'QISHINI KO'CHIRMOQCHI BO'LSA, bu uzrli sababmi?

Bu haqida huquqiy hujjatlarda hech narsa yo'q. Faqat Vazirimizning nutqida bor, xolos!

Xushnudbek.uz aka mana shu savolga javob berib yuboring
Assalomu alaykum men 1kursni tugatdim imtiyoz asosida grantga kirganman hozir perevod qilsam grant bulib kuchadimi?Javob uchun oldindan rahmat.
GULIRA'NO BAHRIDDINOVNA
Assalomu alaykum talabani hijobga kirishi mumkinmi keyinchalik u òz sohasida ishlay oladimi hijob òrab iltimos javobingizni kutib qolamiz
Gulbahor Savronovna
Assalomu alaykum mening farzandim Jizzax pedagogika institutida psixologiya fakultetida o‘qiydi1- kursni tugatdi shu oligohning boshlang‘ich ta'lim fakultetiga o‘qishini ko‘chirsa bo‘ladimi? Javob uchun oldindan rahmat.
Show next 100 comments