Audio
#ўқишникўчириш

Олий ва ўрта махсус таълими вазири Абдуқодир Тошқулов билан суҳбатда ўқишни кўчиришга оид айрим саволларга ҳам жавоб берди.

✅ Агар фарғоналик талаба ҳозир Самарқандда ўқиётган бўлса ва ўқишини ўзининг доимий яшаш манзилига кўчирмоқчи бўлса, унда имтиҳонсиз ва ҳеч қандай тўловсиз мос ва турдош бўлган йўналишга кўчира олади. Агар талаба мос ва турдош бўлмаган бошқа йўналишга кўчирмоқчи бўлса, унда бир марталик супер-контракт тўловини тўлаш талаб этилади.

✅ Мос ва турдош бўлмаган исталган йўналишга супер-контракт тўлаган ҳолда ўқишни кўчириш мумкин. Масалан, биологиядан тиббиётга, педагогикадан юриспруденцияга ва ҳ.к.

❗️Лекин агар талаба юқори курс бўлса ва ўтилган фанлар фарқи катта бўлса, унда битта пастки курсдан ўқишни кўчиради, яъни бир (ёки икки) йил йўқотиши мумкин.

Шунингдек, вазир суҳбат чоғида табақалаштирилган тўлов-контрактнинг минимал миқдорлари қанча бўлиши ҳақида айрим йўналишлар кесимида маълумот берди.

Қолганини овозли хабарда эшитишингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

790 comments

Show 100 more comments
transfer.dtm.uz качон ишларкин вакт утяптику.?
Жавобни каердан оламиз
$$$$$
Gulbahor Savronovna
Pedagogika va psixologiya bilan boshlang‘ich ta'lim turdoshmi yoki turdosh emasmi?
Turdosh va turdosh bo'lmagan yo'nalishlar ro'yxati 2021-yilniki hali tasdiqlangani yuq tez orada tasdiqlanar ekan ushandan bilsangiz bo'ladi
Ассалому алайкум инглиз тилидан IELTS булса рус тилига топширса 93баллни берадими
Qachon insof kurarakana bularga Xushnudbek,ta'limni faqat "soqqa"ga aylantirdiku bular,korrupsiyaga qarshimiz deydi yana,bu nima qonuniy "korrupsiya"mi? Faqat puldan gapiradiya, ha insofinga qurt tushsina.....
Ассалом алейкум яхшимисиз Хушнудбек ака сиртк,и талимдан кундузгига у́тса бу́ладими? Жавоб ун рахмат олдиндан
Assalom aleykum qoqon davlat pedagogika institutidan mehnat talimidan matematikaga kochirsam boladimi
Assalomualeykum.menda savol bor edi.uqishimni sirqi talimga kòchirmoqchi edim.lekin bizning yunalishni sirtqisi yuq ekan.fakultetimizda turdosh bòlgan yunalishning sirtqi shakliga perevod qilsam ham uzrli sabab kerakmi.
Mashhura Qobilovna 302-guruh👩‍🎓
Assalomu alaykum. Grantda o'qiyotgan talaba o'zini viloyatiga turdosh yo'naliwga o'qiwni ko'chirsa grant bolib kochadimi
Muslima
Assalomu alaykum agar talim shaklini òzgartirsa ham tolov qilinadimi, perevod ucun ariza topshirish haqida videolar joylansa yaxshiroq bilib olardik
Minimal super kontrakt miqdori qancha ekan
Shavkatbek
Assalom alekum. Bir vaqtning o‘zida 2ta yo‘nalishga sirtqiga topshirsa bo‘ladimi. Mabodo kirib qolsa ikkalasiga ham o‘qisa bo‘ladimi
Asalomu Alaykum. NamDU kechkidan NamDU kunduzgiga ko'chirsa boladimi?? Va qay tarzda boladi
Jafar Qodirovich
Dtm saytida ruyxatdan utishda kollej yoki maktabni qachon tamomlagan sanasida faqat 2 ta yil bor yani 2020 va 2021 ertaga muammo chiqarmaydimi bu dtm
INOBATXON ABDURAHMONOVA
Assalomu alaykum Xushnudbek o'q'lim Samarqand TATU dan Toshkent TATU ga ko'chirsa bo'ladimi O'zimiz Farg'onadan
INOBATXON ABDURAHMONOVA
Qancha to'lov bo'ladi
Ассалому алайкумилтимосбилганлат айтилар Чет элдан ўқишни перевод қилишга қандай ҳужжатларталаб этилябди?Ва қачонгача ҳужжатлар қабул қилинади⁉️‼️‼️‼️‼️‼️
Яна бойларни даври 120 миллонн
Samarqanddanman. Toshkentda TATUda kutubxona-axborot faoliyati sirtqi ta‘lim 1- kursini tugatdim. TATUning Samarqaddagi filialida bu yo‘nalish yo‘q. Shunda SamDU boshlang‘ich ta‘lim sirtqisiga ko‘chirsam bo‘ladimi?. Ikkisiga ham bir xil Ona tili va adabiyot va matematika fanidan imtihon bo‘lgan. Shunda bular mos va turdosh bo‘ladimi? O‘qishimni ko‘chirishda muammo bo‘lmaydimi? Mendan minimal miqdorida summa ham talab qilinmaydimi? Javob uchun rahmat!!!
Show next 100 comments