#ўқишникўчириш
Олий ва ўрта махсус таълими вазири Абдуқодир Тошқулов билан суҳбатда
ўқишни кўчиришга оид айрим саволларга ҳам жавоб берди.
✅ Агар фарғоналик талаба ҳозир Самарқандда ўқиётган бўлса ва ўқишини ўзининг доимий яшаш манзилига кўчирмоқчи бўлса, унда
имтиҳонсиз ва ҳеч қандай тўловсиз
мос ва турдош бўлган йўналишга кўчира олади. Агар талаба мос ва турдош бўлмаган бошқа йўналишга кўчирмоқчи бўлса, унда бир марталик супер-контракт тўловини тўлаш талаб этилади.
✅ Мос ва турдош бўлмаган исталган йўналишга супер-контракт тўлаган ҳолда
ўқишни кўчириш мумкин. Масалан, биологиядан тиббиётга, педагогикадан юриспруденцияга ва ҳ.к.
❗️Лекин агар талаба юқори курс бўлса ва ўтилган фанлар фарқи катта бўлса, унда битта пастки курсдан ўқишни кўчиради, яъни бир (ёки икки) йил йўқотиши мумкин.
Шунингдек, вазир суҳбат чоғида табақалаштирилган тўлов-контрактнинг минимал миқдорлари қанча бўлиши ҳақида айрим йўналишлар кесимида маълумот берди.
Қолганини овозли хабарда эшитишингиз мумкин.
👉 @xushnudbek 👈
Agar hozirda Qarshi Davlat Universiteti Filologiya va tillarni o'qitish yo'nalishida ta'lim olayotgan 1-kursni bitirgan talaba o'qishini Toshkent shahridagi O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universitetiga mos va turdosh bo'lgan yo'nalishga uzrli deb hisoblangan 3ta sababdan hech biri bo'lmay ( ya'ni hech bir uzrli sababsiz bir hududdan ikkinchi hududga mos va turdosh bo'lgan yo'nalishga) ko'chirmoqchi bo'lsa, bu holatda ham tabaqalashtirilgan ~ super-kontrakt to'lashga majburmi? Va tabaqalashtirilgan kontraktning minimal miqdori qancha summani tashkil etadi?
Javobingizni kutib qolamiz, Xushnudbek aka Xudoyberdiyev. Oldindan rahmat!
Savolim shundan iboratki bir OTM ichida fakultetdan fakultetga mos va turdosh yonalishga kochirmoqchi bolsam sabab shartmi yokida shart emasmi. Agar shart bolsa kantrakt miqdori kotta bolib ketsa tolay olmasam yana oldingi oqishmni davom etirra olamanmi. Agar sabab shart bolmasa online ariza toldiridiganda sabab degan joyiga nma yozaman yoki bosh qolsaxam bolaveradimi.
Javob uchun oldindan rahmat
O'qishni ko'chirishdagi farqli fanlar majmuasi mos va turdosh bo'lgan yo'nalishlarda ham hisobga olinadimi masalan 3-kurs talabasi O'zbekiston Milliy universiteti O'zbek Filologiyasi fakultetidan QarDU Filologiya fakultetiga ko'chirib kelsa farqli fanlar 4 tadan kòp bo'lsa yana qayta 2-kursda o'qiydimi aynan yana Filologiya sohasida
Javob uchun rahmat
Xushnudbek yaxshimisiz?
Qurbon hayit ayyimongiz bilan tabriklayman.
Savolim; 13 ta matematika va ingliz tili fanlaridan imtihon bo'ladigan yo'nalishi bo'yicha fakultetlar ochildiku.
O'sha qaysi institutlarda ochildi.
Biz topa olmayapmiz.
Iltimos yordam berib yuboring