Audio
#ўқишникўчириш

Олий ва ўрта махсус таълими вазири Абдуқодир Тошқулов билан суҳбатда ўқишни кўчиришга оид айрим саволларга ҳам жавоб берди.

✅ Агар фарғоналик талаба ҳозир Самарқандда ўқиётган бўлса ва ўқишини ўзининг доимий яшаш манзилига кўчирмоқчи бўлса, унда имтиҳонсиз ва ҳеч қандай тўловсиз мос ва турдош бўлган йўналишга кўчира олади. Агар талаба мос ва турдош бўлмаган бошқа йўналишга кўчирмоқчи бўлса, унда бир марталик супер-контракт тўловини тўлаш талаб этилади.

✅ Мос ва турдош бўлмаган исталган йўналишга супер-контракт тўлаган ҳолда ўқишни кўчириш мумкин. Масалан, биологиядан тиббиётга, педагогикадан юриспруденцияга ва ҳ.к.

❗️Лекин агар талаба юқори курс бўлса ва ўтилган фанлар фарқи катта бўлса, унда битта пастки курсдан ўқишни кўчиради, яъни бир (ёки икки) йил йўқотиши мумкин.

Шунингдек, вазир суҳбат чоғида табақалаштирилган тўлов-контрактнинг минимал миқдорлари қанча бўлиши ҳақида айрим йўналишлар кесимида маълумот берди.

Қолганини овозли хабарда эшитишингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

790 comments

Show 100 more comments
Roʻzmatova Nilufar
Salom azizlar. Men ham qizimni oqishini GulDudan Qoqonga kochirmoqchiman. Perevodlar uchun hujjatlarni qabul qilish boshlandimi. Qaysi say orqali kirsam boladi va qanday ma'lumotlar kerak boladi. Iltimos biladiganlar yordam beriylar. Olloh sizlardan rozi bolsin
*****
Assalomu aleyküm yaxshimisiz lar meni Ota-onam 2 chi guruhi nogironlari oilaviy iqtisodimiz yaxshi emas hech qanday moddiy yordam yoq bor pul ota onamning dori darmoniga ketadi uzoq masofada o'qishda qiynaldim to'g'risi. Hozirda Qoraqalpoq davlat Universitetida Filologiya va tillarni o’qitish Ingliz tili yo'nalishida ta*lim olyabman Urganch davlat Universitetida ham xuddi shunday yon'alish bor shular o'qishni ko'chirishda uzrli sabab hisoblanadimi yoki bularni ham rad qilishadimi.Javob uchun oldindan rahmat
Ассалому алайкум, Хушнудбек. Кизим тасвирий саньат йуналишида укимокчи. Бунда бештагача олийгохни танлаш хукуки йукми?
Jo'rayev Orzubek
Assalomu alaykum menda yana bitta mujmalroq savol bor edi shunda endi grandda oʻqiydigan talaba oʻz oʻqishini uzoq viloyattan oʻz vloyatiga grandligicha koʻchira oladimi yo malum sabab boʻlishi kerakmi
ABDUMALIK
Assalomu aleykum Xushnudbek men TDPU ning 1-bosqichini tugatdim men fizika-astronomiya yo'nalishida (kechgi)da talim olaman men o'z yo'nalishimni o'zgartirmoqchiman yani TDPU ning Fizika matematika fakultetining Fizika va astronomiya yo'nalishidan Matematika va informatika yo'nalishiga o'zgartirmoqchiman bunda mendan super kontrakt to'lashim talab qilinadimi axir ikki yo'nalishga ham matematika fizikadan imtixon topshirganmiz
Assalomu alaykum
Men Tuman kuvotasi asosida (maqsadli grant) oʻqishga kirganman fakultetini oʻzida yoʻnalishimni oʻzgartirsam boʻladimi.Barbir 5 yil ishlab berishga rozi boʻlsam.
Javob uchun oldindan rahmat.
Men fargʻonalikman lekin Buxoro da oʻqiyman turdosh yoʻnalish bor pulli bo'ladimi yo pulsiz
Assalamu alyekom. Barchaga Arafa kuni muborak bo'lsin. Xushnudbek sizga savol bor iloji bo'lsa javob bersangiz. Savol qo'yidagicha- Govidga qarshi Vaksina ( emlash) olish qonunan majburiy bo'lishi mumkinmi?
Janob vazir oʻzi chiqargan qarorni prezedentga toʻnkab qiyabdimi? Ahir turdosh boʻlmagan yoʻnalishga perevod super kontrakt !!
Ummati Rasululloh
Assalomu alay kum do'stlar , Xushnudbek aka
Savolim bor edi
Hozir men sirtqi ta'limga topshirdim
Aslida bakalavrni bitirganman magistraturani ham
Bir joyda ko'rib qoldim hatto oliygohda o'qiyotganlar ham test imtihoniga topshirishi mumkin ekan
Shunga men ham kunfuzgi ta'limga testga topshira olamanmi grant o'qishga huquqim bormi
Biladiganlar bo'lsa aytib yuboringlar
Xushnudbek aka iltimos savolimni chetda qoldirmang
Qabul tugashiga ham oz qoldi
Iloji bo'lsa kunduzgi ta'limga topshirardim
Bir vaqtning uzida 2 ta oliygohda ōqish huquqi bormi?
🌞DILSO'Z🌞
Assalomu alaykum Xushnudbek aka. Oliygohga dakment topshirdik ammo banklar hayit ayyomi bn ishlamasligi mumkin deyishdi. Utgan yili tulov qilish uchun vaqt berishgandi bu yil ham tulov uchun 2-3 kun qushib berishlarini suraymiz.
Sevinch Baratova
Assalomu alaykum hammaga Xushnudbek aka men òzimni viloyatimda grantda òqiyman 1-kursni tugatdim òqishimni ÒZMU ga turdosh yònalishga kòchirsam bòladimi grantligim saqlanadimi hech qanday asosiy sabab yòq javob uchun oldindan raxmat.
🖤🕋
Assalomu alekum o‘qishni ko‘chirishda mos va turdosh yo‘nalishiga ham tolov kontrakt to‘lanadimi uzurli sababi bo‘lmasa ham
Show next 64 comments