❗️Мантиқсизлик ҳақида: абитуриентлар максимал балл олиши учун чет тилини қай даражада билиши керак?
#abituriyent

Вазирлар Маҳкамасининг 13.05.2019 йилдаги 395-сонли қарорининг 2-бандига кўра, 2020/2021 ўқув йилидан бошлаб қуйидаги даражалар акс этган сертификатлар бўлганда, чет тилидан энг максимал балл берилади ва абитуриент чет тилидан тест ишламайди:

инглиз тили учун — IELTS 5,5 (бунда Тошкент давлат юридик университети учун writing модулидан 5,5 балл), TOEFL IBT 72, CAE FCE ҳамда миллий сертификат бўйича B2 ва ундан юқори даража;

япон тили учун —JLPT №2 ёки миллий сертификат бўйича B2 ва ундан юқори даража;

немис тили учун — Goethe-Zertifikat, DSD, Test DAF ёки миллий сертификат бўйича B2 ва ундан юқори даража;

француз тили учун — DELF, TCF4 ёки ёки миллий сертификат бўйича B2 ва ундан юқори даража;

бошқа тиллар учун — миллий сертификат ёки халқаро имтиҳон тизимлари бўйича В2 ва ундан юқори даража.

‼️ ХУЛОСА: бу дегани жорий йилда фақат B2 даражадаги сертификати борларгина тестдан озод қилиниб, максимал балл тарзидаги имтиёзга эга бўлади. Ўтган йилдагидек B1 даражага имтиёз берилмайди!

✅ Фақат биргина истисно, 2019 йил 1 январга қадар B1 миллий сертификат олган абитуриентлар, сертификатнинг амал қилиш муддати ўтмаган бўлса, B1 даража билан ҳам максимал балл олишади. Бу қоида фақат ДТМ берган сертификатларга тааллуқли, IELTS ёки бошқа тизимларга алоқаси йўқ.

***

☝️ШАХСИЙ ФИКРИМ: ўтган йили ҳам ушбу қарор қабул қилинганда ўз эътирозларимни айтган эдим. Яъни бакалавр учун имтиёз бериш даражасини B2 га кўтариб қўйиш мантиқсиз иш бўлган.

Биринчидан,
B2 даража ҳатто кўплаб чет тили ўқитувчиларининг ўзида йўқ.

Мактабларда чет тилини ўқитиш даражасини ҳаммамиз яхши биламиз, бу ҳеч кимга сир эмас. Президент Фармони билан тасдиқланган Халқ таълими тизимини 2030 йилгача ривожлантириш концепциясида B1-CEFR даражасида инглиз тилини ўзлаштирган мактаб битирувчилари сонини 2019 йилда 10%, 2021 йилда 20%, 2025 йилда 50% ва 2030 йилга борибгина 100%га чиқариш режа қилинган. Бу ҳали B1 даража ҳақидаги режа. B2 га йўл бўлсин.

Шундай шароитда абитуриентлардан имтиёз учун B2 даража талаб қилиш қай даражада тўғри?

Иккинчидан, 395-сонли ВМ қарорига кўра, магистратура имтиҳонларида ҳам B2 даража бўлса имтиҳонларсиз максимал балл берилади. Энди оддий мантиқни ишга солингда, айтинг, нима учун бакалаврга ҳам, магистратурага ҳам бир хил билим талаб қилиняпти? Қани мантиқ?

Учинчидан, қарорга кўра хорижий тилларга ихтисослашган йўналишларга (масалан инглиз тили филологияси) ҳам, тилга ихтисослашмаган йўналишларга (масалан пенсия иши ёки статистика) ҳам B2 даража талаб қилинади. Қани мантиқ?

Хорижий тилларга ихтисослашган йўналишлар учун B2 даражани сақлаб қолган ҳолда, қолган барча йўналишларга B1 даража учун ҳам имтиёз бериш керак.

Тўртинчидан, ўтган сафар ҳам айтганимдек, B2 даража ёшлар ўртасида чет тилларини ўрганишга бўлган мотивациясини кескин ўлдиради. Чунки B1 даража талаби бирмунча уддалаш осон бўлгани сабабли минглаб ёшларимиз шу баҳона ёппасига хорижий тилларни ўрганишга урғу бераётган эди. Бу эса жамият келажаги учун жуда муҳим фактор.

Лекин B2 даража кўпчиликнинг ҳафсаласини пир қилади ва улар тинчгина сертификатга эмас ДТМ тестига тайёрланиб қўя қолади. Аммо тестда эшитиш, гапириш, ёзиш кўникмалари шарт эмас, шунинг учун ёшлар фақат тестга тайёрланади холос. Бошқача айтганда тилни чала ўрганади ёки умуман ўрганмасдан тестда таваккал белгилаб чиқади. Бундан кимга фойда? Ундан кўра, сертификатлар учун енгилроқ талаб қўйиб, ёшларни хорижий тилларга қизиқтирган яхши эмасми?

Хуллас, кўриб турганингиздек, ушбу қарорда мантиқсизликлар кўп. Шахсий фикримча, токи халқ таълимидаги сифат талаб даражасига етгунча, бундай баланд талабларни қўймаслик керак.

Шу кунларда қабул жараёнларига оид кўплаб қарорлар ўзгариши кутилмоқда, балки шу фурсатдан фойдаланиб, ушбу мантиқсизликка ҳам чек қўйилса яхши бўлармиди? Нима дедингиз?


👉 @xushnudbek 👈

1044 comments

Show 100 more comments
Oybek Jurayev
𖣔𖣘
3 4 yilda siz ieltsdan 8/8,5 olasiz
Bu mani fikrim emas. Bu fikr Headway upperintermediate dan olingan.
ов всех времён и народов.
AD
OPEN CHANNEL
1 comment
Avatar
Marjona🌸
11:15
Assalom alekum martda pul tolab registration qilib qoyganla qancha axir Ielts kechiktirilyapti mana iyun keldi hamonki orqaga surilyapti 15 iyulda qabul tugaydi biz 1 iyulga topshirgan taqdirdagina ulgurib sertifikatni olib bilaman 13 kun kutish kerak sertifikatni qolga kiritish uchun afsuski 1 iyunda bolishi ham aniq emas axir ulgurmasak keyin u sertifikatni qiziģi qolmaydi biz 1-blok ya'ni Ingliz tilidan Maximally ballni olish uchun pul tolab qoyganmiz qolaversa Ielts bilan grammatikani anchagina farqi bor agar ulgurmasak grammatikadan 30tadan 30ta urishimiz qiyin va dargumon. Axir karantinda hec qaysi bitiruvchi tayyorlanishga qoyilmadi. Bu tarzda davom etsa Mart Aprel oyida pul tolab qoyganlarga sharoit yaratib berish kerak Ielts topshirishga axir karantin biz tufayli bolmadiku, karantin tufayli biz sertifikatdan quruq qolaylikmi? Iltimos shu fikrni ham inobatga olgan holda, javob berishingizni sorab qolaman. Chunki kelajak yoshlar qolida!
Dilshod
Juda togri qaror. Bu sani mantiqsizliging. Otgan yili kordik B1 chilani
Xushnud aka fikrlaringizga 100 foiz qo'shilaman.Boz ustiga bu yilgi karantin tayyorlanishga ham ta'sir ko'rsatdi. Shuning uchun bu yil B1 daraja amal qilsa abituriyentlar uchun ayni muddao bo'lardi
ALBATTA ketgan yaxwi chunki ham talaba bolasiz ham dunyoqaraw kengayadi bir soha bn cheklanb qolmaysiz yurt ko'rasz biroq wunçha narsani u yoqlarda organganzdan song bu yerga qaytwni istamay qolasz kopchilip yowlarimiz Chet ellarda o"qib shu bn birgalka o" z sohalarida iwlab ham yurwbdi
Assalomu alaykum hurmatli Xushnudbek aka!! Meni sizga mavzudan tashqari savolim bor. Men BuxDU Boshlang'ich ta'lim va sport tarbiyaviy ish yoʻnalishi sirtqi bo'limi 1- kurs talabasiman. Yoshim 19da. Men oʻqishimni xuddi shu yoʻnalishda boshqa chet davlatda davom ettirmoqchiman. Shuni qanday amalga oshirsam boʻladi. Iltimos yordam bering!!!!!
Oybek Jurayev
Sevinch_Mukhiddinova
Balkim o‘zimni boshimdan o‘tkazganimni aytdim xolos
Sizni bilimingiz yetarli bo'lgan. Faqat 3-4 oy davomida uni ielts ga moslab olgansiz. Man 2002 ielts topwirganman. Imtixondan yiqildim deb chiqqanman, lekin baribir 6.5 olganman, sababi kuchli grammatik va leksik baza bo'lgan. Man bu bazani o'zim sezmagan xolda yillar davomida to'plaganman.
@###@
Har doim hamma osoniga yuguradi.qanday qilib osongina 30talik test turganda boshqa fanlarni oʻqishni toʻxtatib B2ga tayyorlanadi
Test hecham osonmas adashtiiradigan, 2 talab javob to'g'ri keganga o'xshuradigan. Grammatikasini ishlolsezam Vocabulary Dan yiqitadigan boladi. Shuningchun hamma ingliz tilidan qutilvoli dip topshiradi. Ham kimdadir faqat grammar mas speaking, writingdan yaxshi bolishi mm shundan yutib ketadi. Siz DTMni testlarini bilmapsiz!!!!!
.....
Man to'g'risini aytsam magistratura uchun ham bakalavr uchun ham B2 talab qilinishini endi eshtdim agar B2 magistratura imtihonlariga ham o'tishini bilganimda o'tgan yili institutga kirish uchun emas magistraturaga dakument topshirgan bo'lardim (hazil)
Haqqoniy e'tiroz chunki o'tgan yili B2 haqidagi qarorlar ayni DTM imtihonlari yaqinlashib kelayotgan paytda chiqgan edi sho'ndan so'ng ko'p yoshlar xafa bo'lgan...
Marjona🌸
ов всех времён и народов. AD OPEN CHANNEL 1 comment Avatar Marjona🌸 11:15 Assalom alekum martda pul tolab registration qilib qoyganla qancha axir Ielts kechiktirilyapti mana iyun keldi hamonki orqaga surilyapti 15 iyulda qabul tugaydi biz 1 iyulga topshirgan taqdirdagina ulgurib sertifikatni olib bilaman 13 kun kutish kerak sertifikatni qolga kiritish uchun afsuski 1 iyunda bolishi ham aniq emas axir ulgurmasak keyin u sertifikatni qiziģi qolmaydi biz 1-blok ya'ni Ingliz tilidan Maximally ballni olish uchun pul tolab qoyganmiz qolaversa Ielts bilan grammatikani anchagina farqi bor agar ulgurmasak grammatikadan 30tadan 30ta urishimiz qiyin va dargumon. Axir karantinda hec qaysi bitiruvchi tayyorlanishga qoyilmadi. Bu tarzda davom etsa Mart Aprel oyida pul tolab qoyganlarga sharoit yaratib berish kerak Ielts topshirishga axir karantin biz tufayli bolmadiku, karantin tufayli biz sertifikatdan quruq qolaylikmi? Iltimos shu fikrni ham inobatga olgan holda, javob berishingizni sorab qolaman. Chunki kelajak yoshlar qolida!
​⚡️​​⚡Yangilikning zoʻri: IDP orqali ​​IELTS imtihonini onlayn topshirib, javobini 5-7 kunda olish mumkin. Sertifikati oliy taʼlim muassasalariga 100% oʻtadi!
⠀
IELTS imtihonini Oʻzbekistonda ilk marotaba kompyuterda topshirish imkoniyatini IDP va Edu-Action IELTS Computer-Delivered koʻrinishida taqdim etmoqda.
⠀
👉 Natijalari 5-7 kunda chiqadi;
👉 Imtihon haftada bir necha marotaba oʻtkaziladi;
👉 Speking imtihoni yuzma-yuz oʻtkaziladi.

IELTS Computer-Delivered koʻrinishidagi imtihonlarda IELTS Indikatordan farqli oʻlaroq sertifikat beriladi. Imtihon faqatgina IDP Toshkent ofisida boʻlib oʻtadi.

Yangilikni barcha “IELTSchilar”ga tarqating va suyunchi oling!

Batafsil ma'lumot⤵️
https://t.me/joinchat/AAAAAFCpZ4Z2FJofYe-Pjw
Men B2 darajaga hali ham qarshiman. Mana bu fikrimni o'tgan yili botizga yozgandim.

Nurbek Farmonov:

Avval boshida hammasi ancha yaxshi edi. O'rta maxsus ta'limda B1 daraja o'qitilsa ham bitirganda shu darajani olishiga hech kim kafolat bermas edi. B1 sertifikat olib testdan ozod bo'lishi yaxshi edi. 2018-2019 o'quv yilida B1 olib inyazga o'qishga kirgan talaba testdan 30 ta to'g'ri javob bergan talabadan bir bosh ustunligini o'z pedagogik faoliyatimda guvohi bo'ldim. Kimga kerak bo'ldi talabni B2 ga ko'tarish?! Xushnudbek, sizning imtiyoz oladiganlar B2 darajada bo'lsin degan mantiqiy fikringizga men qo'shilmayman. Sababi OTM bakalavriatda B2+ ni o'rganish DTSda ko'rsatilgan bo'lsa, B2 bilan o'qishga kirgan talaba 4yil davomida B2+ uchun ya'ni, + uchun vaqt sarflashi mantiqsizlik. O'sha eski gap, bizdan qonun yo qarorlar amaliyotchilar fikri so'ralmay, yopiq eshiklar ortida qabul qilinadi. B2 darajasi talab qilinadigan qaror tasdiqlangunicha ishdan, hayotiy tashvishdan ortib fikr bildira olmaganim uchun xorijiy tillarni o'rganishni maqsad qilgan avlod oldida o'zimni aybdor hisqilaman

P/s
Talabni bir daraja ko'tarish test savollarini murakkablashtirilib qayoqqa kelib qolganimizni esga soldi. Testdagi mumurakkabliklarda qochib isloh qilmaganmidik?!
Maktuba
Шундай қарор имзолаганларнинг саводи талаб қилиб қўйилган шартларга етармикан
Show next 100 comments