❗️Мантиқсизлик ҳақида: абитуриентлар максимал балл олиши учун чет тилини қай даражада билиши керак?
#abituriyent

Вазирлар Маҳкамасининг 13.05.2019 йилдаги 395-сонли қарорининг 2-бандига кўра, 2020/2021 ўқув йилидан бошлаб қуйидаги даражалар акс этган сертификатлар бўлганда, чет тилидан энг максимал балл берилади ва абитуриент чет тилидан тест ишламайди:

инглиз тили учун — IELTS 5,5 (бунда Тошкент давлат юридик университети учун writing модулидан 5,5 балл), TOEFL IBT 72, CAE FCE ҳамда миллий сертификат бўйича B2 ва ундан юқори даража;

япон тили учун —JLPT №2 ёки миллий сертификат бўйича B2 ва ундан юқори даража;

немис тили учун — Goethe-Zertifikat, DSD, Test DAF ёки миллий сертификат бўйича B2 ва ундан юқори даража;

француз тили учун — DELF, TCF4 ёки ёки миллий сертификат бўйича B2 ва ундан юқори даража;

бошқа тиллар учун — миллий сертификат ёки халқаро имтиҳон тизимлари бўйича В2 ва ундан юқори даража.

‼️ ХУЛОСА: бу дегани жорий йилда фақат B2 даражадаги сертификати борларгина тестдан озод қилиниб, максимал балл тарзидаги имтиёзга эга бўлади. Ўтган йилдагидек B1 даражага имтиёз берилмайди!

✅ Фақат биргина истисно, 2019 йил 1 январга қадар B1 миллий сертификат олган абитуриентлар, сертификатнинг амал қилиш муддати ўтмаган бўлса, B1 даража билан ҳам максимал балл олишади. Бу қоида фақат ДТМ берган сертификатларга тааллуқли, IELTS ёки бошқа тизимларга алоқаси йўқ.

***

☝️ШАХСИЙ ФИКРИМ: ўтган йили ҳам ушбу қарор қабул қилинганда ўз эътирозларимни айтган эдим. Яъни бакалавр учун имтиёз бериш даражасини B2 га кўтариб қўйиш мантиқсиз иш бўлган.

Биринчидан,
B2 даража ҳатто кўплаб чет тили ўқитувчиларининг ўзида йўқ.

Мактабларда чет тилини ўқитиш даражасини ҳаммамиз яхши биламиз, бу ҳеч кимга сир эмас. Президент Фармони билан тасдиқланган Халқ таълими тизимини 2030 йилгача ривожлантириш концепциясида B1-CEFR даражасида инглиз тилини ўзлаштирган мактаб битирувчилари сонини 2019 йилда 10%, 2021 йилда 20%, 2025 йилда 50% ва 2030 йилга борибгина 100%га чиқариш режа қилинган. Бу ҳали B1 даража ҳақидаги режа. B2 га йўл бўлсин.

Шундай шароитда абитуриентлардан имтиёз учун B2 даража талаб қилиш қай даражада тўғри?

Иккинчидан, 395-сонли ВМ қарорига кўра, магистратура имтиҳонларида ҳам B2 даража бўлса имтиҳонларсиз максимал балл берилади. Энди оддий мантиқни ишга солингда, айтинг, нима учун бакалаврга ҳам, магистратурага ҳам бир хил билим талаб қилиняпти? Қани мантиқ?

Учинчидан, қарорга кўра хорижий тилларга ихтисослашган йўналишларга (масалан инглиз тили филологияси) ҳам, тилга ихтисослашмаган йўналишларга (масалан пенсия иши ёки статистика) ҳам B2 даража талаб қилинади. Қани мантиқ?

Хорижий тилларга ихтисослашган йўналишлар учун B2 даражани сақлаб қолган ҳолда, қолган барча йўналишларга B1 даража учун ҳам имтиёз бериш керак.

Тўртинчидан, ўтган сафар ҳам айтганимдек, B2 даража ёшлар ўртасида чет тилларини ўрганишга бўлган мотивациясини кескин ўлдиради. Чунки B1 даража талаби бирмунча уддалаш осон бўлгани сабабли минглаб ёшларимиз шу баҳона ёппасига хорижий тилларни ўрганишга урғу бераётган эди. Бу эса жамият келажаги учун жуда муҳим фактор.

Лекин B2 даража кўпчиликнинг ҳафсаласини пир қилади ва улар тинчгина сертификатга эмас ДТМ тестига тайёрланиб қўя қолади. Аммо тестда эшитиш, гапириш, ёзиш кўникмалари шарт эмас, шунинг учун ёшлар фақат тестга тайёрланади холос. Бошқача айтганда тилни чала ўрганади ёки умуман ўрганмасдан тестда таваккал белгилаб чиқади. Бундан кимга фойда? Ундан кўра, сертификатлар учун енгилроқ талаб қўйиб, ёшларни хорижий тилларга қизиқтирган яхши эмасми?

Хуллас, кўриб турганингиздек, ушбу қарорда мантиқсизликлар кўп. Шахсий фикримча, токи халқ таълимидаги сифат талаб даражасига етгунча, бундай баланд талабларни қўймаслик керак.

Шу кунларда қабул жараёнларига оид кўплаб қарорлар ўзгариши кутилмоқда, балки шу фурсатдан фойдаланиб, ушбу мантиқсизликка ҳам чек қўйилса яхши бўлармиди? Нима дедингиз?

👉 @xushnudbek 👈

1044 comments

Show 100 more comments
optimist
faqat ingliz tili yo'nalishidan b2 qolganlardan b1 talab qilish mantiqsizlik aslida. chunki ingliz tili ikkinchi blok bo'lsa ham 93 ball berilyaptiku yana qanaqasiga b1 ga ham 93 ball berilsin. tassavur qilaylik bitta b1 sertifikati bor lekin xisob kitobni umuman bilmaydigan bitta abiturient b1 93 ball va matematikadan taxminan 7 dona test yechib 21.7 jami 114.7 ball olib iqtisod yo'nalishiga o'qishga kirdi. ertaga mamlakatimiz iqitisodiyoti shunga o'xshash xisob kitobni bilmaydigan lekin b1 sertifikati bor savodsiz iqtisodchi moliyachi bankir soliqchi statistik qo'lida qoladimi. bu nimaasi axir? haqiqiy hisob kitobni biladigan lekin ulgurmaganligi uchun b1 setifikatini ololmagan abiturient chetda qolib ketadimi? bu taklifda kimni manfaatlari himoya qilinyapti haqiqiy matematik iqtisodchinimi yoki b1 setifikati bor matematikadan habari yoq bo'lgan "iqtisodchi"nimi?
Hozir hammasi adolatli mayli b2 ga 93 ball berish adolatli. Lekin b1 sertifikati bor chala chulpa ingliz tilini biladigan, kasr chizig'i nimaligini bilmaydigan "iqtisodchi" kerak emas iqtisodiyotimizga. iqtisod yo'nalishlariga b1 sertifikatga maksimal ball berish umuman kerak emas imtihonga 1 hafta qolganda. bilimli talaba dtm testini yechib kiraveradi o'qishga. b1 sertifikati katta narsani hal qilmasligi kerak haqiqiy iqtisodchi uchun. iqtisodiyot bu faqat chala chulpa ingliz tilini bilish emas balki mukammal ravishda hisob kitobni bilish demakdir! ingliz tili faqatgina yordamchi bo'ladi iqtisodchi uchun asos emas. Hammasi o'z kuchida qolsin hammasi adolatli. b1 sertifikatni olish muammo emas lekin endi vaqtim yetmayadi b1 imtihonini topshirish uchun. lekin matematikadan hamma misolni yecha olaman. davlat qarorlarini o'ylab qabul qilgan va o'zgarishlarga asos yo'q endi. testni yechish va kerakli ballni to'plash uchun barcha sharoit yetarli
optimist
faqat ingliz tili yo'nalishidan b2 qolganlardan b1 talab qilish mantiqsizlik aslida. chunki ingliz tili ikkinchi blok bo'lsa ham 93 ball berilyaptiku yana qanaqasiga b1 ga ham 93 ball berilsin. tassavur qilaylik bitta b1 sertifikati bor lekin xisob kitobni umuman bilmaydigan bitta abiturient b1 93 ball va matematikadan taxminan 7 dona test yechib 21.7 jami 114.7 ball olib iqtisod yo'nalishiga o'qishga kirdi. ertaga mamlakatimiz iqitisodiyoti shunga o'xshash xisob kitobni bilmaydigan lekin b1 sertifikati bor savodsiz iqtisodchi moliyachi bankir soliqchi statistik qo'lida qoladimi. bu nimaasi axir? haqiqiy hisob kitobni biladigan lekin ulgurmaganligi uchun b1 setifikatini ololmagan abiturient chetda qolib ketadimi? bu taklifda kimni manfaatlari himoya qilinyapti haqiqiy matematik iqtisodchinimi yoki b1 setifikati bor matematikadan habari yoq bo'lgan "iqtisodchi"nimi? Hozir hammasi adolatli mayli b2 ga 93 ball berish adolatli. Lekin b1 sertifikati bor chala chulpa ingliz tilini biladigan, kasr chizig'i nimaligini bilmaydigan "iqtisodchi" kerak emas iqtisodiyotimizga. iqtisod yo'nalishlariga b1 sertifikatga maksimal ball berish umuman kerak emas imtihonga 1 hafta qolganda. bilimli talaba dtm testini yechib kiraveradi o'qishga. b1 sertifikati katta narsani hal qilmasligi kerak haqiqiy iqtisodchi uchun. iqtisodiyot bu faqat chala chulpa ingliz tilini bilish emas balki mukammal ravishda hisob kitobni bilish demakdir! ingliz tili faqatgina yordamchi bo'ladi iqtisodchi uchun asos emas. Hammasi o'z kuchida qolsin hammasi adolatli. b1 sertifikatni olish muammo emas lekin endi vaqtim yetmayadi b1 imtihonini topshirish uchun. lekin matematikadan hamma misolni yecha olaman. davlat qarorlarini o'ylab qabul qilgan va o'zgarishlarga asos yo'q endi. testni yechish va kerakli ballni to'plash uchun barcha sharoit yetarli
Qoyil gap yoooq, Bir ikki yil oldin armiysla kirib yuqori ball olganla kantraktga ham kirolmay qolib ketganda qaydan ediz aqilli??? B1 ga vahma qivoszu """aqilli"""

Ielts b1 borla uqimasn , cefr b1 borla hec nimani bilmasa ham uqisin demoqcszde , mixed message qivordzu."""optimist"""

da togri
S🄰🄻🄾🄷🄸🄳🄳🄸🄽
Xushnudbek aka sizga ozgina bahsli fikrlarim bor cefr b1 ga maksimal bal berish bo'yicha.
Ingliz tili 2-fan bo'lgan yo'nalishlarga nega maksimal bal berish kere cefr b1 ga? asosiy fan ingliz tili bo'lmasa, cefr b1 ga maksimal bal berish mantiqsizlik emasmi? asosiy blokdan ko'ra cefr b1 dan maksimal bal olib o'qishga kirgan talaba qanday bilimga ega bo'ladi? kelgusi faoliyati faqat ingliz tiliga oid soha bo'lsa mayli lekin ingliz tili 2-fan bo'lgan yo'nalishlarga cefr b1 uchun maksimal bal berish noto'g'ri emasmi?
Mayli agar bu fikr to'g'ri bo'lgan taqdirda ham bu kamida bir yil oldin elon qilinishi kerak edi. Hozir kimlardadir b1 bordir mayli, lekin bir yil oldingi qonunga tayanib imtihonga tayyorgarlik ko'rgan abiturient bu o'zgarishdan shunchaki kuyib qolaveradimi?
Axir o'tgan yili cefr b1 sertikati otm imtihonida imtiyoz bermasligi ko'rsatib o'tilgan ediku. Hamma shunga qarab tayyorgarlik ko'rgan. Qachongacha imtihonga kam vaqt qolganda bunday o'zgarishlar qilinaveradi!?
Aslida cefr b1 ni olish murakkab masala emas, agar bu haqida bir yil oldin elon qilinganda 2-3 oy tayyorgarlik ko'rib ko'pchilik abiturientlar bu sertifikatni qo'lga kiritgan bo'lar edi-ku.
Imtihon hamma uchun adolatli bo'lishi kerak. hozir kimlardadir b1 sertifikati bordir lekin karantin yoki boshqa moliyaviy sabablar bilan b1 sertifikatini olishga potensiali yetarli bo'lsa ham b1 sertifikat ololmagan abiturientlar juda ham ko'p. Bularning barchasiga sabab bir yil oldingi tartib bo'yicha tayyorgarlik ko'rganimizda. B1 ga bal berilmasligi xech kimga adolatsizlik emas chunki bu haqida 1 yil oldin elon qilingan edi
optimist
faqat ingliz tili yo'nalishidan b2 qolganlardan b1 talab qilish mantiqsizlik aslida. chunki ingliz tili ikkinchi blok bo'lsa ham 93 ball berilyaptiku yana qanaqasiga b1 ga ham 93 ball berilsin. tassavur qilaylik bitta b1 sertifikati bor lekin xisob kitobni umuman bilmaydigan bitta abiturient b1 93 ball va matematikadan taxminan 7 dona test yechib 21.7 jami 114.7 ball olib iqtisod yo'nalishiga o'qishga kirdi. ertaga mamlakatimiz iqitisodiyoti shunga o'xshash xisob kitobni bilmaydigan lekin b1 sertifikati bor savodsiz iqtisodchi moliyachi bankir soliqchi statistik qo'lida qoladimi. bu nimaasi axir? haqiqiy hisob kitobni biladigan lekin ulgurmaganligi uchun b1 setifikatini ololmagan abiturient chetda qolib ketadimi? bu taklifda kimni manfaatlari himoya qilinyapti haqiqiy matematik iqtisodchinimi yoki b1 setifikati bor matematikadan habari yoq bo'lgan "iqtisodchi"nimi? Hozir hammasi adolatli mayli b2 ga 93 ball berish adolatli. Lekin b1 sertifikati bor chala chulpa ingliz tilini biladigan, kasr chizig'i nimaligini bilmaydigan "iqtisodchi" kerak emas iqtisodiyotimizga. iqtisod yo'nalishlariga b1 sertifikatga maksimal ball berish umuman kerak emas imtihonga 1 hafta qolganda. bilimli talaba dtm testini yechib kiraveradi o'qishga. b1 sertifikati katta narsani hal qilmasligi kerak haqiqiy iqtisodchi uchun. iqtisodiyot bu faqat chala chulpa ingliz tilini bilish emas balki mukammal ravishda hisob kitobni bilish demakdir! ingliz tili faqatgina yordamchi bo'ladi iqtisodchi uchun asos emas. Hammasi o'z kuchida qolsin hammasi adolatli. b1 sertifikatni olish muammo emas lekin endi vaqtim yetmayadi b1 imtihonini topshirish uchun. lekin matematikadan hamma misolni yecha olaman. davlat qarorlarini o'ylab qabul qilgan va o'zgarishlarga asos yo'q endi. testni yechish va kerakli ballni to'plash uchun barcha sharoit yetarli
B1 ni cala culpa biladiganla oladi dp kim aytti szga.Etiborez ucun owa aytadigan 114 balez bn bu yil institutni ewigiga ham yaqinlatmedi.Karantin sabab test savollari soddalawtirganligi un bu yil 0.1 ball ham katta rol òynaydi
S🄰🄻🄾🄷🄸🄳🄳🄸🄽
Xushnudbek aka sizga ozgina bahsli fikrlarim bor cefr b1 ga maksimal bal berish bo'yicha. Ingliz tili 2-fan bo'lgan yo'nalishlarga nega maksimal bal berish kere cefr b1 ga? asosiy fan ingliz tili bo'lmasa, cefr b1 ga maksimal bal berish mantiqsizlik emasmi? asosiy blokdan ko'ra cefr b1 dan maksimal bal olib o'qishga kirgan talaba qanday bilimga ega bo'ladi? kelgusi faoliyati faqat ingliz tiliga oid soha bo'lsa mayli lekin ingliz tili 2-fan bo'lgan yo'nalishlarga cefr b1 uchun maksimal bal berish noto'g'ri emasmi? Mayli agar bu fikr to'g'ri bo'lgan taqdirda ham bu kamida bir yil oldin elon qilinishi kerak edi. Hozir kimlardadir b1 bordir mayli, lekin bir yil oldingi qonunga tayanib imtihonga tayyorgarlik ko'rgan abiturient bu o'zgarishdan shunchaki kuyib qolaveradimi? Axir o'tgan yili cefr b1 sertikati otm imtihonida imtiyoz bermasligi ko'rsatib o'tilgan ediku. Hamma shunga qarab tayyorgarlik ko'rgan. Qachongacha imtihonga kam vaqt qolganda bunday o'zgarishlar qilinaveradi!? Aslida cefr b1 ni olish murakkab masala emas, agar bu haqida bir yil oldin elon qilinganda 2-3 oy tayyorgarlik ko'rib ko'pchilik abiturientlar bu sertifikatni qo'lga kiritgan bo'lar edi-ku. Imtihon hamma uchun adolatli bo'lishi kerak. hozir kimlardadir b1 sertifikati bordir lekin karantin yoki boshqa moliyaviy sabablar bilan b1 sertifikatini olishga potensiali yetarli bo'lsa ham b1 sertifikat ololmagan abiturientlar juda ham ko'p. Bularning barchasiga sabab bir yil oldingi tartib bo'yicha tayyorgarlik ko'rganimizda. B1 ga bal berilmasligi xech kimga adolatsizlik emas chunki bu haqida 1 yil oldin elon qilingan edi
Elon qilinib ommaviy axborotda aytildimi masalan man bu qarorni 7 kun boldi ewtganimga.Konglim toq 1 blokimga yaxwi tayorlanib yurgandm.
Nma bolganda ham biz abituriyentlani konglini coktirdela rost gap
S🄰🄻🄾🄷🄸🄳🄳🄸🄽
♡☆Přıňčêšš ☆♡
Nma bolganda ham biz abituriyentlani konglini coktirdela rost gap
yaxshisi bu taklifni Xushnudbek aka kanallarida ovozga qo'yish kere shunda aniq bo'ladi abiturientla nmani xoxlashi nmadan ko'ngli sinishi
Азиза
Assalomu aleykum B1 2-fan uchun otadi degan qaror bor edi.Lekin keyin otmidi deyilgandi.Kopchilik shu sababli vaqtini yoqotdi.B1 Ozbekistonniki bulgani uchun otishi kk.B1 ni olish ham oson emas.Yo bu ham pul shilishni bir yolimi.Kopchilik abituriyent pul sarflab vaqt ajratdi bu uchun.
Rasman tasdiqlangan bolganida bunchale kop etirozlaga sabab bolmasdi.
Togri pulga aloqasi borligi aniq ku.Osonlikcha beriladigan narsamas B2
М_Манзура
Ман бу фикризга кушилмиман,В2 мотивацияни улдирмайди, ешлар маррани юкори олиши керак ва шунга караб харакат килишади.укитувчиларнинг В 2 га эга була олмаслиги эса,демак уларнинг савияси анча пастлигини билдиради.магистратура буйича фикризга хам кушилмиман.бакалаврни кириш даражасини туширмасдан,магистратурага кириш даражасини ошириш керак деб хисоблайман
М_Манзура
Dunyo miqyosida òquv sistemasi òsib, rivojlanayitgan bir vaqtda bizda B1 darajaga maximal ball berish taklifining òzi xato!
Imtihonlarga 1 oy qolganda B1 sertifikatga maximal ball beriladi desa,bu 1-2yil davomida òqib,harakat qilib,òz ustida ishlab B2 olgan abiturentlar uchun adolatsizlik bòlishi aniq!!!
Ayni taʼlim sohasida koʻp oʻzgarishlar boʻlayotgan bir vaqtda vaqtinchalik( 2-3 yil) kamroq ball talab qilish kk nazarimda chunki abiturientlar avvaldan tarix matematika qoʻshilishini bilgan emas va kuchlar teng taqsimlanib past ball olganlarni ham oramizda bor, albatta man ham oʻquvchilar bilim saviyasi baland bolish tarafdoriman lekin ozgina 5ta fanlik sistemaga koʻnikma hosil qilganlaridan soʻng
Show next 100 comments