❗️Мантиқсизлик ҳақида: абитуриентлар максимал балл олиши учун чет тилини қай даражада билиши керак?
#abituriyent

Вазирлар Маҳкамасининг 13.05.2019 йилдаги 395-сонли қарорининг 2-бандига кўра, 2020/2021 ўқув йилидан бошлаб қуйидаги даражалар акс этган сертификатлар бўлганда, чет тилидан энг максимал балл берилади ва абитуриент чет тилидан тест ишламайди:

инглиз тили учун — IELTS 5,5 (бунда Тошкент давлат юридик университети учун writing модулидан 5,5 балл), TOEFL IBT 72, CAE FCE ҳамда миллий сертификат бўйича B2 ва ундан юқори даража;

япон тили учун —JLPT №2 ёки миллий сертификат бўйича B2 ва ундан юқори даража;

немис тили учун — Goethe-Zertifikat, DSD, Test DAF ёки миллий сертификат бўйича B2 ва ундан юқори даража;

француз тили учун — DELF, TCF4 ёки ёки миллий сертификат бўйича B2 ва ундан юқори даража;

бошқа тиллар учун — миллий сертификат ёки халқаро имтиҳон тизимлари бўйича В2 ва ундан юқори даража.

‼️ ХУЛОСА: бу дегани жорий йилда фақат B2 даражадаги сертификати борларгина тестдан озод қилиниб, максимал балл тарзидаги имтиёзга эга бўлади. Ўтган йилдагидек B1 даражага имтиёз берилмайди!

✅ Фақат биргина истисно, 2019 йил 1 январга қадар B1 миллий сертификат олган абитуриентлар, сертификатнинг амал қилиш муддати ўтмаган бўлса, B1 даража билан ҳам максимал балл олишади. Бу қоида фақат ДТМ берган сертификатларга тааллуқли, IELTS ёки бошқа тизимларга алоқаси йўқ.

***

☝️ШАХСИЙ ФИКРИМ: ўтган йили ҳам ушбу қарор қабул қилинганда ўз эътирозларимни айтган эдим. Яъни бакалавр учун имтиёз бериш даражасини B2 га кўтариб қўйиш мантиқсиз иш бўлган.

Биринчидан,
B2 даража ҳатто кўплаб чет тили ўқитувчиларининг ўзида йўқ.

Мактабларда чет тилини ўқитиш даражасини ҳаммамиз яхши биламиз, бу ҳеч кимга сир эмас. Президент Фармони билан тасдиқланган Халқ таълими тизимини 2030 йилгача ривожлантириш концепциясида B1-CEFR даражасида инглиз тилини ўзлаштирган мактаб битирувчилари сонини 2019 йилда 10%, 2021 йилда 20%, 2025 йилда 50% ва 2030 йилга борибгина 100%га чиқариш режа қилинган. Бу ҳали B1 даража ҳақидаги режа. B2 га йўл бўлсин.

Шундай шароитда абитуриентлардан имтиёз учун B2 даража талаб қилиш қай даражада тўғри?

Иккинчидан, 395-сонли ВМ қарорига кўра, магистратура имтиҳонларида ҳам B2 даража бўлса имтиҳонларсиз максимал балл берилади. Энди оддий мантиқни ишга солингда, айтинг, нима учун бакалаврга ҳам, магистратурага ҳам бир хил билим талаб қилиняпти? Қани мантиқ?

Учинчидан, қарорга кўра хорижий тилларга ихтисослашган йўналишларга (масалан инглиз тили филологияси) ҳам, тилга ихтисослашмаган йўналишларга (масалан пенсия иши ёки статистика) ҳам B2 даража талаб қилинади. Қани мантиқ?

Хорижий тилларга ихтисослашган йўналишлар учун B2 даражани сақлаб қолган ҳолда, қолган барча йўналишларга B1 даража учун ҳам имтиёз бериш керак.

Тўртинчидан, ўтган сафар ҳам айтганимдек, B2 даража ёшлар ўртасида чет тилларини ўрганишга бўлган мотивациясини кескин ўлдиради. Чунки B1 даража талаби бирмунча уддалаш осон бўлгани сабабли минглаб ёшларимиз шу баҳона ёппасига хорижий тилларни ўрганишга урғу бераётган эди. Бу эса жамият келажаги учун жуда муҳим фактор.

Лекин B2 даража кўпчиликнинг ҳафсаласини пир қилади ва улар тинчгина сертификатга эмас ДТМ тестига тайёрланиб қўя қолади. Аммо тестда эшитиш, гапириш, ёзиш кўникмалари шарт эмас, шунинг учун ёшлар фақат тестга тайёрланади холос. Бошқача айтганда тилни чала ўрганади ёки умуман ўрганмасдан тестда таваккал белгилаб чиқади. Бундан кимга фойда? Ундан кўра, сертификатлар учун енгилроқ талаб қўйиб, ёшларни хорижий тилларга қизиқтирган яхши эмасми?

Хуллас, кўриб турганингиздек, ушбу қарорда мантиқсизликлар кўп. Шахсий фикримча, токи халқ таълимидаги сифат талаб даражасига етгунча, бундай баланд талабларни қўймаслик керак.

Шу кунларда қабул жараёнларига оид кўплаб қарорлар ўзгариши кутилмоқда, балки шу фурсатдан фойдаланиб, ушбу мантиқсизликка ҳам чек қўйилса яхши бўлармиди? Нима дедингиз?

👉 @xushnudbek 👈

1044 comments

Show 100 more comments
💐 Alhamdullilah 💐
Toppa togri Talim beryotgan ustozlarimizda hali 100/ darajada b2 yo oquvchidan talab qilish Mantiqsizlikning ozi
Xalqni oylasa yana bir bor bu qarorni korib chiqishi kere
Kimga keragi bor baland parvoz qonunlarni agar u Xalqqa xizmat qilmasa.
Хушнудбек тугри айтганлар чунки талаб килишдан олдин уша даражада билдим бера олиш кере ва шу билим хаетида ва иш жараенида канчалик кераклиги хисобга олиниши керак назаримда. Акс холда бу хакикатан мантиксизликдан бошка нарсамас
Aprel-may oylarida olingan b1 sertifikat bu yil amal qilmasa 100 foiz adolatsizlik boladi.Chunki, b1 imtihon bo'lishidan oldin amal qilish muddatida o'tadi degan qaror bor edi va shunga ishonib abituriyentlar b1 ga topshirgandi abituriyentlar.Keyin qarorni DTMdagi vallomatlar o'zgartirdi.Adolatsizlik va Mantiqsizlikning yuksak namunasi!!!
Assalomu alaykum Xushnudbek aka! Man 2019 yilgi qonunlarga asoslanib, Cefr b2 sertifikatini oldim (Nafaqat man bundan tashqari man taniydigan 9 ta abiturient ham b2 yoki ielts 5.5+ sertifikatini oldi). Endi hozirgi taklifiz bo'yicha b1 sertifikatiga ham b2 sertifikati bilan bir xil ball berish kerakligini so'rayapsiz. Manda bir qancha tushunmovchiliklar kelib chiqdi bu taklifiz bo'yicha:
1) Nega endi b2 va b1 sertifikatini olgan abiturient orasida sezilarli farq bo'lsa ham, ikkalasiga ham bir xil ball berishni taklif qilinyapti? Bu narsa ballarning sezilarli darajada ko'tarilishiga va biz kabi b2 sertifikatini olgan talabalar bilimining qadrsizlanishiga olib keladiku, nima endi yillab o'qib olgan sertifikatimizni qadri b1 bilan bir xil bo'lishi kerakmi? bu haqida bir yil oldin bilganimizda ahmoq bo'lib cefr b2 ga yoki ielts 5.5+ ga harakat qilib o'tirmay boshqa foydaliroq mashg'ulot bilan shug'ullangan bo'lar edim. Shumi abiturientlarni kuchliroq o'qib b2 c1 sertifikatlarini olishiga motivatsiya? b1 b2 c1 olgan talabalarninga barchasiga bir xil ball berilaversa adolat, mantiq, tenglik, harakat qilib o'qiganlarni qo'llab quvatlash qayerda qoladi? Nima endi kirish imtihonida 0.1 ham ko'p narsani hal qiladigan sharoitda, aslida bilimi bir xil bo'lmagan b1 va b2 darajadagi 2 xil abiturientni tenglashtirish shartmi? Shaxsan mani oilamda 2 ta akam kontraktda o'qidi va man bu yil Moliya institutiga grantga kirishga harakat qilyapman. Agar b1 ham b2 ga tenglashtirilsa ballar yanada yuqorilash oqibatida mani grantga kirish extimolim pasayadi. Oilamiz sharoiti esa 3 ta kontrakt talabasini o'qitishga yetmaydi? Nima uchun shunda man b2 sertifikatim bo'la turib o'qishdan voz kechishga majbur bo'lishim kerak?

2) Butun dunyoda yoki rivojlanayotgan davlatlarda shu qatorda bizda ham ta'lim tizimini islohotlar olib borilmoqda, 2020 yilda b1 sertifikati yoki ielts 4.5 ball hech qaysi rivojlanayotgan mamlakatlar otm lariga qabul qilishga asos bo'lmaydigan sharoitda nega endi biz ortga qaytib yana maqsadimizni pasaytirishimiz kerak? Ishonamanki bizning yurtimizda ham o'zi ustida ishlagan va b2 yoki ielts 5.5+ sertifikatini olgan abitutientlar juda ham ko'plab topiladi. Mayli b1 yoki ielts 4.5 ballga ham imtiyoz berilsin lekin bu imtiyoz b2 yoki ielts 5.5 sertikati imtiyozi bilan bir xil bo'lmasligi kerak. Shundagina yoshlarda b2 sertifikatini olish uchun motivatsiya bo'ladi.

3) Tushunmayapman, hozirgi paytda ko'plab ingliz tili o'qituvchilari b2 sertifikatini olishni uddalay olmasa unda man kabi b2 sertifikatini olgan abiturientlarda nima ayb? Bu uchun o'qituvchilarni o'zi bilan shug'ullanish kerak, bizni sertifikatimizni qadrini tushirmasdan. b1 va b2 sertifikatini tenglashtirish va bazi o'qituvchilar b2 sertifikatini ololmasligi o'rtasida xech qanday mantiqiy bog'lanish, adolat, tenglik yo'qku axir.Nega endi bunday o'qituvchilar uchun man kabi yoshlar jazolanadi? Xuddi shunday ielts 4.5 olgan abiturient bilan ielts 7.5 olgan talabani bilimini bir xil baholash ya'ni ikkalasiga ham bir xil 93 ball berish qaysi mantiqqa to'g'ri keladi?

4) To'g'ri bu taklifizdan hozir bazi b1 yoki ielts 4.5 olgan abiturientlar mamnundir (chunki ular uchun b2 va b1 ning orasida bir tiyinlik farqi bo'lmasligi ayni muddao) Lekin ishonamanki o'sha b1 sertfikati bor talabalarni ko'pchiligi dtm namunasidagi testdan 25 ta ham yecha olmaydi, Nega endi shunday abiturientlar biz bilan bir xil sun'iy (93) ball bilan kurashishi kerak? Ularning va bizning bilimimiz bir xil emasligini sertifikatimiz isbotlab turibdiku. Qani motivatsiya? qani mantiq?
5) Yana shunday toifadagi abiturientlar ham borki karantin sababli b2 sertifikatini ololmadi lekin ular 2019 yilgi qonunda aytib o'tilgani uchun b1 sertifikati ball bermasligi sababligina ushbu sertifikatni olmagan. Agar bir yil oldin b1 ga ham b2 bilan bir xil ball bir xil ball beriladi deb aytilganda ko'plab yoshlar bu sertifikatni qo'lga kiritar edi. 28-29 ta dtm testini yecha oladigan bemalol b1 sertifikatiga erisha oladigan shunday talabalarga endi xujjat topshirishga 5 kun vaqt qolganda b1 ga ham imtiyoz berish haqidagi o'zgarish qanchalik tasir ko'rsatadi. Agar bir yil oldin bu haqida aytilganda bu yoshlar ham b1 sertifikatini olishgan bo'lar ediku. Va huddi shunday biz ham ahmoq bo'lib b2, ielts 5.5+ olib o'tirmay qo'yaverardik, baribir bularni qadri bo'lmasa. Shumi motivatsiaya?
Iltimos har qanday o'zgarish imtihondan kamida bir yil oldin qilinsin, hujjat topshirishga 5 kun qolganda emas.

6) Ingliz tili ikkinchi fan bo'lgani uchun unga b1 ham bo'laveradi degan taklif bildirilgan. Lekin ingliz tiliga ham huddi asosiy fanga yaqin yani 93 ball yoki umumiy to'plash mumkin bo'lgan ballning deyarli 50% i berilyaptiku, qanday ingliz tiliga asosiy fan emas deb qarash mantiqan bo'ladi. Axir bir yil oldin ingliz tiliga ham 3.1 ball berilishi aniq bo'lgach biz motivatsiya va harakatimiz bilan b2 sertifikatini oldik, endi hammasi bir pul bo'ladimi? b1 olding nima b2 olding nima c1 olding nima hammasi bir xil degan ta'lim tizimiga o'tish bo'yicha taklif kimni manfaatini himoya qiladi o'zi? faqat b1 talabalarini yuqoriga ko'tarish va qolganlarni kamsitishmi? Mehnatimiz samarasini ko'rishni xohlaymiz. Hozirgi tizim, taklif qilinayotganidan ko'ra adolatliroqku haqiqiy bilimli talabalar uchun

Bulardan kelib chiqib sizga takliflarim bor:

1-taklif. Agar cefr b1, ielts 4.5 ga ham imtiyoz berilsa bu ball cefr b2 ielts 5.5 dan sezilarli darajada farq qilsin yani yani b2, ielts 5.5 abiturientlariga ko'proq ball berilsin imtihonda. Shunda hammasi adolatli, mantiqiy jihatdan to'g'ri bo'ladi. Axir xech qaysi xorijiy otm amaliyotida iets 4.5 ga ham ielts 7.5 ga ham bir xil ball berish amaliyoti yo'qku.

2-taklif. Hammasi o'z o'rnida qolsin. Shunda b1 sertifikati olgan talaba haqiqiy bilimi bo'yicha ball olaveradi dtm testi bo'yicha. Marhamat, 30 ta yecha olsa b2 olgan talaba bilan bir xil ball olaversin.

Xushnudbek aka fikrlarimni ko'rib chiqasiz va biz kabi abiturientlar manfaatlari haqida ham adolatli fikr yuritasiz degan umiddaman. Oldindan rahmat!
.
5) Yana shunday toifadagi abiturientlar ham borki karantin sababli b2 sertifikatini ololmadi lekin ular 2019 yilgi qonunda aytib o'tilgani uchun b1 sertifikati ball bermasligi sababligina ushbu sertifikatni olmagan. Agar bir yil oldin b1 ga ham b2 bilan bir xil ball bir xil ball beriladi deb aytilganda ko'plab yoshlar bu sertifikatni qo'lga kiritar edi. 28-29 ta dtm testini yecha oladigan bemalol b1 sertifikatiga erisha oladigan shunday talabalarga endi xujjat topshirishga 5 kun vaqt qolganda b1 ga ham imtiyoz berish haqidagi o'zgarish qanchalik tasir ko'rsatadi. Agar bir yil oldin bu haqida aytilganda bu yoshlar ham b1 sertifikatini olishgan bo'lar ediku. Va huddi shunday biz ham ahmoq bo'lib b2, ielts 5.5+ olib o'tirmay qo'yaverardik, baribir bularni qadri bo'lmasa. Shumi motivatsiaya? Iltimos har qanday o'zgarish imtihondan kamida bir yil oldin qilinsin, hujjat topshirishga 5 kun qolganda emas. 6) Ingliz tili ikkinchi fan bo'lgani uchun unga b1 ham bo'laveradi degan taklif bildirilgan. Lekin ingliz tiliga ham huddi asosiy fanga yaqin yani 93 ball yoki umumiy to'plash mumkin bo'lgan ballning deyarli 50% i berilyaptiku, qanday ingliz tiliga asosiy fan emas deb qarash mantiqan bo'ladi. Axir bir yil oldin ingliz tiliga ham 3.1 ball berilishi aniq bo'lgach biz motivatsiya va harakatimiz bilan b2 sertifikatini oldik, endi hammasi bir pul bo'ladimi? b1 olding nima b2 olding nima c1 olding nima hammasi bir xil degan ta'lim tizimiga o'tish bo'yicha taklif kimni manfaatini himoya qiladi o'zi? faqat b1 talabalarini yuqoriga ko'tarish va qolganlarni kamsitishmi? Mehnatimiz samarasini ko'rishni xohlaymiz. Hozirgi tizim, taklif qilinayotganidan ko'ra adolatliroqku haqiqiy bilimli talabalar uchun Bulardan kelib chiqib sizga takliflarim bor: 1-taklif. Agar cefr b1, ielts 4.5 ga ham imtiyoz berilsa bu ball cefr b2 ielts 5.5 dan sezilarli darajada farq qilsin yani yani b2, ielts 5.5 abiturientlariga ko'proq ball berilsin imtihonda. Shunda hammasi adolatli, mantiqiy jihatdan to'g'ri bo'ladi. Axir xech qaysi xorijiy otm amaliyotida iets 4.5 ga ham ielts 7.5 ga ham bir xil ball berish amaliyoti yo'qku. 2-taklif. Hammasi o'z o'rnida qolsin. Shunda b1 sertifikati olgan talaba haqiqiy bilimi bo'yicha ball olaveradi dtm testi bo'yicha. Marhamat, 30 ta yecha olsa b2 olgan talaba bilan bir xil ball olaversin. Xushnudbek aka fikrlarimni ko'rib chiqasiz va biz kabi abiturientlar manfaatlari haqida ham adolatli fikr yuritasiz degan umiddaman. Oldindan rahmat!
Yaxshilab o'ylab ko'rilsa sizda shuncha etirozga asos yo'q.Tayyor ball berilsa.Agar raqobatdoshlaringizdan qo'rqsangiz tushinish mumkin.Demak siz asosiy etiborni b2 ga qaratib birinchi faningizdan uncha yaxshi emassiz.O'sha aytadigan moliya yo'nalishiga ham o'qishga kirdingiz deylik.Sizni kelajakdagi kasbingiz matematika fani bilan bog'liq bo'ladi.B2 darajangiz esa 93 ball uchun xolos.Yana Hozir hech kim shaxsiy hayoti oilaviy ahvoldan gap ochgani yo'q.Hammani ham o'ziga yarasha qiyinchiligi bo'ladi hayotda.

Tôppa-tôg'ri.
B1 olgan bn B2 olganni õrtasida ball berishda farq bõlishi kere.
Shunda ADOLATdan bôladi !
♡☆Přıňčêšš ☆♡
Yaxshilab o'ylab ko'rilsa sizda shuncha etirozga asos yo'q.Tayyor ball berilsa.Agar raqobatdoshlaringizdan qo'rqsangiz tushinish mumkin.Demak siz asosiy etiborni b2 ga qaratib birinchi faningizdan uncha yaxshi emassiz.O'sha aytadigan moliya yo'nalishiga ham o'qishga kirdingiz deylik.Sizni kelajakdagi kasbingiz matematika fani bilan bog'liq bo'ladi.B2 darajangiz esa 93 ball uchun xolos.Yana Hozir hech kim shaxsiy hayoti oilaviy ahvoldan gap ochgani yo'q.Hammani ham o'ziga yarasha qiyinchiligi bo'ladi hayotda.
Yo'q havotirlanmayapman. Aksincha matematikaga ko'proq e'tibor qaratganman va 30 ta yechishga harakat qilaman. Faqatgina xavotirlanayotganim omadsizlik tufayli matematikadan testim 29 ta chiqib qolsa, b1 olgan abiturientning mandan yuqori o'rinda turishiga rozi bo'lolmayman. Mani yo'nalishimda grandga kirish bali 189 yani maksimal ball bo'lgan.

Kelajakdagi kasbimga kelsak matematika fani - mani sevimli fanim. shuning uchun ham moliya yo'nalishini tanlaganman
Yodgorov Dilnur Qodirovich
DTM Oʻzbekistonning kelajakda tezkorlik bilan rivojlanishini istashsa bu holatni qayta ko'rib chiqishi shart, aks holda yana rivojlanish ...
Yodgorov Dilnur Qodirovich
DTM Oʻzbekistonning kelajakda tezkorlik bilan rivojlanishini istashsa bu holatni qayta ko'rib chiqishi shart, aks holda yana rivojlanish ...
Tog'ri aytasiz.Hamma talabni biz o'quvchilarga qo'yavermas dan avval o'qituvchilarni bilimini oshirishsin.OTM da sifat yaxshilansa yosh kadrlarni ham malakasi yaxshilanadi.Chet el bilan raqobat qiladigan darajada kuchli kadrlar kam hali.Ularda o'qishga kirish oson oqish qiyin.Bizda esa dono bo'lib kirasiz.4 yilni ichida hech nima esingizda qolmaydi.
Fikrimga qoshiladiganlar bormi???
Diyorjon
Qo'shilaman.Bu kabi etirozlar ko'p bora aytilgan.Lekin natijasi....Sizni tushinib turibman o'sha b1 degan narsa hali ham amalda deb berilgandi.Meni ham farzandim olgan aprel oyida.B2 olganlar na muncha xavotirda ekanligiga esa xayronman.
Maktabda bazi oʻqituvchilarni bilim saviyasi pastligi bu bilim bn nufuzli universitetlarga kiritmaslik rost b1 sertifikat yoki IELTS 4,5 -5 balga keladigan boʻlsak yangi chiqqan qonun (5ta fan ) sababli -"koʻpchilik "ni kuchi bolingani rost endi2ta fan bb haligi chet universetetlarda oqimoqchi bb 2 ta fan oqib endi ozimizda oqoqioqch bb qoldi shumi adolat albatta oqituvchilar bn bilim taqqoslasak yuksalish bolmaydi (qolaversa ular oqiganda sertifikat degan narsani ozi bolmagan) qonunlar haqida oz vaqtida bosh qotirish kk shunda bunchalik baxsga sabab bolmasdi lekin ielts 4.5 -5 olganlar ham ulardan kam harakat qilgani yoq shu yil ularga ham imkon berish kk
Diyorjon
Imkon berilsin DTM dan kutamiz.Bu yil oz muncha abituriyentlarni fikri bo'linmadi.Hali 5 blokka tayorlanishdi endi esa karantin o'qish yo'q.O'zimni farzandim misol 4 ta fan o'qidi.Ham ielts ga tayorlandi.Mana bunaqa qarorni esa yaqinda eshitdik.IELTS imtiyozi o'zgartirilmasin.Farzandlarimiz ruhini ko'taraylik
S🄰🄻🄾🄷🄸🄳🄳🄸🄽
Sultonova_R
Tôppa-tôg'ri. B1 olgan bn B2 olganni õrtasida ball berishda farq bõlishi kere. Shunda ADOLATdan bôladi !
shuncha etiroz bildirilsa ham b1 olganlar baribir óz fikrini maqulayveradi. undan kóra halol kurashib bilim bilan testdan ham 30 ta yechish munkunku. bizda ham imtiyoz yo'q lekin kurashdan qochmayapmizku. b1 ga imtiyoz kerak emas. hozir hammasi yaxshi òzi

Maqullash,talab va mantiqsizlik uchun etirozimiz o'z kuchida.Mehnat va vaqt sarflangan har bir ishni qadri bo'ladi kerak bo'lsa.Boshidan beri aytaman bunaqa jiddiy qaror ertaroq taqdim etilishi kerak bu esa haqiqiy adolatsizlik.
Bu yil istisno sifatida 2 ta fan bo'ldi.Sababi barchamizga ma'lum o'sha koronavirus pandemiyasii.Darhaqiqat bu abituriyentlarning tayyorlanishiga ham salbiy tasir korsatdi.Shuning uchun bu yil b1 daraja qabul qilinsa adolatli bolardi.Manimcha bunga hech kimda qarshilik bo'lmaydi.DTMdagilar 1000 lab abituriyentlarni fikrini inobatga olarmikan!? Yoki doimgiday ko'ra bila turib ko'rmaganlikga olarmikan.
Show next 81 comments