❓Магистратурага кириш учун чет тили сертификати бўлиши керакми? Бу қоида кучга кирдими?

✅ ЖАВОБ:
Ҳа, керак. Ушбу талаб 2021 йил 19 майдаги ПҚ-5117-сонли Президент қарорида белгиланган.

Қарорга кўра, 2022/2023 ўқув йилидан, яъни жорий йилдан бошлаб ОТМларнинг магистратура мутахассисликларига ҳамда олий таълимдан кейинги таълим ихтисосликларига танловларда миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификатга эга шахслар иштирок этиши тартиби жорий этилади.

❓Қанақада даражада талаб этилади?

✅ Бунда, филология йўналишлари бўйича камида С1 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат, нофилологик йўналишлари бўйича эса В2 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат талаб этилади.

❓Ушбу талаб кейинги йилга қолдирилиши мумкинми?

🤷🏻‍♂️ Билмасам, балки қолдирилар. Лекин Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги масъулларидан аниқлаштирганимда, кейинга қолдириш бўйича ҳеч қандай режа йўқлиги, бу масала кўриб чиқилмаётгани, яъни чет тили сертификати талаби магистратура ва докторантура учун жорий йилги имтиҳонлардан кучга киришини маълум қилишди.


👉 @xushnudbek 👈

870 comments

Show 60 more comments
bu qaror noto`g`ri chunki shu qarorni qo`llab quvvatlaganlarni o`zlari ingliz tilini bilmaydi.
Qaysi tillar bo‘yicha
Abdullayeva G.
Bizni guruhda 6 ta talabada bor, magistratura kvotasi soni esa 5 nafar
IELTS im bosa chetda oqirdim
Абдулла Алижонович
Meni o'zimxam ishlayman magistraturaga topshirmoqchi edim bu yil lekin sertifikatim yoq tayyorlanishga imkoniyatim kam. Oila ish bilan tayyorlanishga vaqtim kam.
Lekin mana shu qarorni bir qaytadan ko‘rib chiqishlarni istardim, bu qarorga bosqichma bosqich otishligni ilojini qilish kerak edi,toshkent shaharda o'qib yurgan aksariyat bilimi yaxshi talabalar o‘zini harajatlari kv ni eplab yurishadi, til sertifikati olish uchun ham 7-8 oy óqish kerak, bunga ko‘pchilikni imkoni yetmaydi,mutaxassislik fanidan bilimi ancha yaxshi talabalar magistraturaga ham o'qishga haqqi borku
Savol: Sertifikat olib magistraturaga kirgan talabalarga sertifikati bor o'qituvchilar dars o'tadimi avval universitet domlalariga talabni qo'yish kerak bu mantiqsizlikdan boshqa hech narsa emas.
Abdullayeva G.
7+
oxoooo mani jorj jo'ram xam ololmaydiku buni
Yanagi yilga qoldirish kerak. Kvota toʻlmay qoladi bu holatda
Meni fikrim har bir yoʻnalish boʻyicha milliy sertifikat joriy qilish kerak.Masalan iqtisodiyot sohasi boʻlsa 1c, Matematika sohasi boʻlsa qanaqadir milliy sertifikat beradigan imtihon joriy qilish kerak
Ishonch qolmagan. Kimni aldab yashayapmiz?
Haqiqat yoki jasorat
Yuldosheva Guli O'FF
Assalomu alaykum
Men O'zbek filologiyasi fakultetida o'qiyman turk tilidan B2 sertifikatim bor shu sertifikat bn magistraturaga hujjat topshira olamanmi? iltimos javobingizni kutaman Rahmat!
Mutaxasislik yònlaishlariga qarab qilinsa yaxshi bòlardi
Faqat ingliz tili sertifikati borla topshirishi mumkinmi yoki rus tili va boshqa tillar ham bolaveradimi iltimos aniqlik kiritib berila chunki biz rus tili sertifikatiga harakat qilyapmiz
𝑆𝑒𝑣𝑖𝑛𝑐ℎ)
Chiqolmidiganla topshiruradi Uzb gayam)
Топширишга топширади нечта талабада бор деб ойлис
Mr.Magistr
Assalomu alaykum, qishloq xoʻjaligi boʻyicha mutaxassislarga nima keragi bor,hamma oʼzi uchun oʼrganaversa.Shartmas edi.
Ingliz tilidan yiroq bolgan mutaxassisliklarga qiyin boldi rostdan ham, endi oqishni bitirib ishlab pul topish kerak bolgan davrlarida yana ingliz tilini noldan organish kk magistraturaga kirish un
Агар IELTS олсам Узбекистонда укимайман ундан кора Европада еки Корея да бюджетда укиман Янги вазир бу ахмокона карорни кейнрокка сурса боларди. Хурматли вазир ДТМ билан СОККА КИЛИШНИ БАС КИЛИНГ!!!
Show next 100 comments