❓Магистратурага кириш учун чет тили сертификати бўлиши керакми? Бу қоида кучга кирдими?

✅ ЖАВОБ:
Ҳа, керак. Ушбу талаб 2021 йил 19 майдаги ПҚ-5117-сонли Президент қарорида белгиланган.

Қарорга кўра, 2022/2023 ўқув йилидан, яъни жорий йилдан бошлаб ОТМларнинг магистратура мутахассисликларига ҳамда олий таълимдан кейинги таълим ихтисосликларига танловларда миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификатга эга шахслар иштирок этиши тартиби жорий этилади.

❓Қанақада даражада талаб этилади?

✅ Бунда, филология йўналишлари бўйича камида С1 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат, нофилологик йўналишлари бўйича эса В2 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат талаб этилади.

❓Ушбу талаб кейинги йилга қолдирилиши мумкинми?

🤷🏻‍♂️ Билмасам, балки қолдирилар. Лекин Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги масъулларидан аниқлаштирганимда, кейинга қолдириш бўйича ҳеч қандай режа йўқлиги, бу масала кўриб чиқилмаётгани, яъни чет тили сертификати талаби магистратура ва докторантура учун жорий йилги имтиҳонлардан кучга киришини маълум қилишди.


👉 @xushnudbek 👈

870 comments

Show 74 more comments
Yuldosheva Guli O'FF
Assalomu alaykum
Men O'zbek filologiyasi fakultetida o'qiyman turk tilidan B2 sertifikatim bor shu sertifikat bn magistraturaga hujjat topshira olamanmi? iltimos javobingizni kutaman Rahmat!
Mutaxasislik yònlaishlariga qarab qilinsa yaxshi bòlardi
Faqat ingliz tili sertifikati borla topshirishi mumkinmi yoki rus tili va boshqa tillar ham bolaveradimi iltimos aniqlik kiritib berila chunki biz rus tili sertifikatiga harakat qilyapmiz
𝑆𝑒𝑣𝑖𝑛𝑐ℎ)
Chiqolmidiganla topshiruradi Uzb gayam)
Топширишга топширади нечта талабада бор деб ойлис
Mr.Magistr
Assalomu alaykum, qishloq xoʻjaligi boʻyicha mutaxassislarga nima keragi bor,hamma oʼzi uchun oʼrganaversa.Shartmas edi.
Ingliz tilidan yiroq bolgan mutaxassisliklarga qiyin boldi rostdan ham, endi oqishni bitirib ishlab pul topish kerak bolgan davrlarida yana ingliz tilini noldan organish kk magistraturaga kirish un
Агар IELTS олсам Узбекистонда укимайман ундан кора Европада еки Корея да бюджетда укиман Янги вазир бу ахмокона карорни кейнрокка сурса боларди. Хурматли вазир ДТМ билан СОККА КИЛИШНИ БАС КИЛИНГ!!!
Abdullayeva G.
Nofilologik bolsa b2 ya'ni 5.5+
Xushnudbek aka siz mashxur yuristsiz, mana shu masalaga mutasaddilar bilan bir fikr almashib ko‘rsangiz degandim iltimos
Abdullayeva G.
Bu qaror 1 yil oldin chiqqan
Shuning uchun aytdim, 1 yil yetmaydi. Hamma narsani tashlab qoʻyib, faqat ingliz tili oʻqisa, kerakli natijaga erishish mumkin. Lekin, ham oʻqiydigan, ham ishlaydiganlarga 1 yilda olish ham muammo.
Navro'z
Kurpaga qarab oyoq uzatishimiz kerak. Hali o'zbek tilini bilmaymiz cht tili sertifikatiga nima bor. Bir qarasak lotin bir qarasak kril alifbosiga utish bo'yicha qarorlar qabul qilinadi. Odamlarni garang qildilar.
Манимча шарт эмас сертификат
Raxmatova Oysuluv
Ассалом тугри тайёрмасмиз лекин мажбур килишмаса хеч качон тайёр булмаймиз.lELTS бор ёшлар магистратурани бу ерда укимайди тугри гап хамма четга кетишга ишкибоз ёшим 50 да агар менда хам шу имкон булганда четга укиб келардим
Bu mantiqsiz Manda IELTS boʻlsa Oʻzbda umuman oʻqimasdim talim sifati juda yomon haligacha bizda. Nega doim mantiqsiz narsaga etibor beradi bular talim sifati qachon yaxshi boʻladi bizda. Har xil IELTS soʻragandan koʻra uni intihon haqqoniy boʻlib haqiqiy bilimi borlarni qabul qililar.
GULCHEHRA
Assalomu alaykum ingliz tili fani o'qituvchisiman .Tesol sertifikatim bor.magistraturaga topshirish uchun utadimi shuni qande aniqlashtirsek buladi
Assalom aleykum sertifikat deyildimi demak bu yil shu qonun kuchga kirishi kerak oliy talim doim bir oy vaqt qolganda qarorlarni ozgartiradi xamma shuning uchun xam bir yil bemalol yurdi yil boshida aytilgandi 1-yil yetarli vaqt edi sertifikat olish uchun menmcha shu qaror kuchga kirsin mutaxassislik fanlaridan xam imtixonlar xaqqoniy bolishi kerak bitta gap aytildimi shu bajarlsn
Bu yil kerasmas edi menimcha. Chunki kopchilik tayyor emas
Fattoyeva Ruxsora Bahodir qizi
Juda yaxshi bo'lgan wu chunki chindan ilm qilmoqchi magistratura õqimoqchi univda qolmoqchi bo'lgan odam albatta harakat qilib IELTS oladi mana men ham doktorantura kiriw uchun sertificat ga harakat qilyapman IELTS talab qilmasa duch kelgan odam kiraveradi magistraturaga
Show next 100 comments