❓Магистратурага кириш учун чет тили сертификати бўлиши керакми? Бу қоида кучга кирдими?

✅ ЖАВОБ:
Ҳа, керак. Ушбу талаб 2021 йил 19 майдаги ПҚ-5117-сонли Президент қарорида белгиланган.

Қарорга кўра, 2022/2023 ўқув йилидан, яъни жорий йилдан бошлаб ОТМларнинг магистратура мутахассисликларига ҳамда олий таълимдан кейинги таълим ихтисосликларига танловларда миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификатга эга шахслар иштирок этиши тартиби жорий этилади.

❓Қанақада даражада талаб этилади?

✅ Бунда, филология йўналишлари бўйича камида С1 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат, нофилологик йўналишлари бўйича эса В2 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат талаб этилади.

❓Ушбу талаб кейинги йилга қолдирилиши мумкинми?

🤷🏻‍♂️ Билмасам, балки қолдирилар. Лекин Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги масъулларидан аниқлаштирганимда, кейинга қолдириш бўйича ҳеч қандай режа йўқлиги, бу масала кўриб чиқилмаётгани, яъни чет тили сертификати талаби магистратура ва докторантура учун жорий йилги имтиҳонлардан кучга киришини маълум қилишди.


👉 @xushnudbek 👈

870 comments

Show 100 more comments
Muslim Bek
PHD ga ham tartib shundaymi yoki boshqachami
Kamolaxon Usmoniy
Bizda tizim shunaqa. Hamma narsani marra-marraga kelganda aytishadi. Osonmas CEFR yoki IELTS olish. Unga tayyorlanish uchun ketadigan mablag' bor. Uni topshirish uchun ketadigan mablag' bor. Hammaniyam sharoiti ko'tarmaydi. Bunaqa qaror chiqarishdan oldin, unda har bir Oliy ta'lim muassasida tekin tayyorlantiradigan usul qilishsin edi.
Haligacha aniqmi yoki yo'qmi hech kim bilmaydi. Bakalavrga topshiradiganlargayam shunaqa qilishadi. Bechoralar bir yil ona tili va tarixdan (masalan) tayyorlanadi-da, vaqtini, ko'zining nurini, pulini ketqazib, aprel oyiga kelganda topshiradigan yo'nalishining fanlari ona tili va ingliz tiliga (misol uchun) o'zgaradi. Shu narsalarni ertaroq , hech bo'lmaganda 1 yil oldin annnnniq qilib aytishsa, abituriyent shunga qarab ish qilardi. Xuddi maktabda yoki Oliy ta'lim muassasalarida ajoyib ta'lim berilib, nimadan, qanaqa fanlardan imtihon bo'lishini farqi yo'qdek ish qilishadi. Repititorlarga hojat yo'q mamlakat bo'lganimizda mayli edi. Yuqoridagilarni shularga kallasi chiqishmidimi (qo'pol bo'lsayam😏).
O'rgildim tizimlaringizdan 😬😬
Abdullayeva G.
1 yil oldin chiqqanku🙄
𝕊ℍ𝔸ℍℤ𝕆𝔻𝔹𝔼𝕂
Agarda manda IELTS sertifikati boʻlganida uzda magistratura da oʻqimasdim
Komilova Dildora
Tòppa tòģri ham IELTS 7 ham magistir diplom lekin oylik arzimagn pul undan chetga ketib òsha yerda òqib ishlagan yaxshi
Qizlarga imtiyoz bor magistratura uchun shuni uchun 5.5 olib qòyabering zarar qilmaydi, agarda magistrga kirsangiz har 10 qiz chet elga yuboriladi shular ichida bòlib qolshingiz mumkin ana qarabsizki chet elga chiqasiz va òsha yerda òqib ham ishlayverasiz
Muslim Bek
Kim biladi
Zamira Raximjonova
Filologiya deganda onatili adabiyotga topshirmoqchi bo'lganlarga ham 7 IELTS bo'lishi kerakmi
Ingliz tili bloki bilan bakalavrga òqishga kirmagan talalar uchun umuman noqulay vaziyat bòldi, shu sertificatga 2 yil, 0 dan tayyorlanish ucun vaqt ketadi, natijada òzining mutaxassislik fani qolib ketadi,axir magistraturani bitirgandan keyin Ingliz tilidan emas, balki òzining mutaxassislik fanini chuqur bilishi kerak emasmi,
Mani shaxsiy fikrim, magistraturaga hujjat topshirish uchun Sertificat talab qilish bu mantiqsizlik,balki kim qaysi yònalishning magistraturasiga hujjat topshirsa òsha mutaxassisligini puxta bilishga doir test yoki sertificat kabilarni joriy etsa maqsadga muvofiq bòlardi.
Magestiraturani koʻchirsa boʻladimi
Yanagi yildan joriy qilsa bo'lar edi
Zamira Raximjonova
To'g'ri 0 dan 1 yilda olish qiyin
Kamolaxon Usmoniy
Abdullayeva G.
1 yil oldin chiqqanku🙄
1 yil oldin chiqqani rost. Lekin hech kim aniq shunday bo'ladi deyotgani yo'qku. Mana "balki o'zgarar" deyilyapti. Xazilmi bu? Nega shu paytgacha qat'iy qilib aniq qilishmadi?
Unda ikkinchi tildan ham kerakmi
Filologiya: o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi Uchun ham c1 daraja bo‘lishi kerakmi
BU narsa tilni rivojlantirish uchun qilinyabturgan bolsa yaxshi lekin asosiy fan organishi darajasi tushib ketadi umuman fanga sohada yangilik kiritish saviyasi tushadi magistratura kirgani bilan 2 yilda odam birdaniga hamma narsani oqib yetkiza olmaydi. SERTIFIKAT BOR YOSHLARGA QANDAYDIR IMTIYOZMI YOKI RAGBATLANTIRISHMI QILISH KERAK DEB O'YLEMAN.Talabani ham togri tushunish kerak Xorijiy til organadigan repititori ham ancha qimmat
Hamma sharoiti ham kotara olmaydi
Lekin mutaxasislik fanidan bilimli bolalar oqiy olmasligi mumkin
Abdullayeva G.
PQ 5117 sonli qaror
Show next 100 comments