❓Магистратурага кириш учун чет тили сертификати бўлиши керакми? Бу қоида кучга кирдими?

✅ ЖАВОБ:
Ҳа, керак. Ушбу талаб 2021 йил 19 майдаги ПҚ-5117-сонли Президент қарорида белгиланган.

Қарорга кўра, 2022/2023 ўқув йилидан, яъни жорий йилдан бошлаб ОТМларнинг магистратура мутахассисликларига ҳамда олий таълимдан кейинги таълим ихтисосликларига танловларда миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификатга эга шахслар иштирок этиши тартиби жорий этилади.

❓Қанақада даражада талаб этилади?

✅ Бунда, филология йўналишлари бўйича камида С1 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат, нофилологик йўналишлари бўйича эса В2 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат талаб этилади.

❓Ушбу талаб кейинги йилга қолдирилиши мумкинми?

🤷🏻‍♂️ Билмасам, балки қолдирилар. Лекин Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги масъулларидан аниқлаштирганимда, кейинга қолдириш бўйича ҳеч қандай режа йўқлиги, бу масала кўриб чиқилмаётгани, яъни чет тили сертификати талаби магистратура ва докторантура учун жорий йилги имтиҳонлардан кучга киришини маълум қилишди.


👉 @xushnudbek 👈

870 comments

Show 100 more comments
BU narsa tilni rivojlantirish uchun qilinyabturgan bolsa yaxshi lekin asosiy fan organishi darajasi tushib ketadi umuman fanga sohada yangilik kiritish saviyasi tushadi magistratura kirgani bilan 2 yilda odam birdaniga hamma narsani oqib yetkiza olmaydi. SERTIFIKAT BOR YOSHLARGA QANDAYDIR IMTIYOZMI YOKI RAGBATLANTIRISHMI QILISH KERAK DEB O'YLEMAN.Talabani ham togri tushunish kerak Xorijiy til organadigan repititori ham ancha qimmat
Hamma sharoiti ham kotara olmaydi
Lekin mutaxasislik fanidan bilimli bolalar oqiy olmasligi mumkin
Abdullayeva G.
PQ 5117 sonli qaror
Bayotbek Asmandiyorov
Rus tilida ham magistratura uchun sertifikat bormi O'zbekistonda
Tillar yonlashidan bowqalariga Hali 3-4 yil Bor edi.
Kamolaxon Usmoniy
Abdullayeva G.
Prezident qarori aniq bòladiku
Bo'lsin unda. Nega haligacha mujmal javob berishyapti. Yo yo'q, yo ha deyilmaydi. "Balki"deyiladi bizda.
💞Orzigul 💞 💞 Alimardonovna 💞621-guruh💞
Tilni bilish yaxshi lekin katta yoshdagi kishilarning B2 Darajasini olishi menimcha biroz mushkul. Umuman ingliz tilini bilmaydigan beginner darajasidagi kishi B2 olishi qiyin bunga erishish uchun ancha vaqt va mablag' kerak bo'ladi .Undan ko'ra O'z mutaxassisligini yaxshi bilishini bilim saviyasi qanchalik yuqori ekanligini tekshirish kerak.
Kamolaxon Usmoniy
C1 IELTS da 7 degani. Osonmi bir yilda 7 olish? 🙄
Aptis sertifikat magistraturaga o'tadimi yo'qmi shuni ham anig'ini bilib bering iltimos
master.X
Filologiya: o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi Uchun ham c1 daraja bo‘lishi kerakmi
Xa Uzbek rus tilining magistraturasiga topshiradiganlar C 1 olishi kerak,
Axir buni ingliz tilidan òqiydiganlar ham olishi qiyin masala
Fattoyeva Ruxsora Bahodir qizi
Savolim bor edi
Filologik yo'nalish uchun c1 nofilologik uchun b2 deyilgan. Õzbek filologiyasida õqiydiganlar uchun qaysi biri kerak b2 mi c1 mi. Albatta õzbek tilida oqiydiganlar uchun nospes wu uchun b2 bolsa yaxshi bo'lardi
Kallasi kattalarni fikrini qarang
BU QARORNI O'ZGARTIRISH KERAK! BU ADOLATSIZ QAROR! BU QARORNI DEB O'Z SOHASINI YAXSHI BILADIGANLAR QOLIB, IELTS SERTIFIKATI BORLAR O'QISHGA KIRIB KETADI. BU BILAN IELTS KERAK EMAS DEMOQCHI EMASMAN, XALQ HALI TAYYOR EMAS, BOSQCHMA BOSQICH QILISH KERAK. O'TGAN YILI MAGISTRATURAGA KOPCHILIKNI OLISHDI, KVOTADAN TASHQARI HAM OLISHDI. BILGAN BILMAGAN DEYARLI HAMMA KIRIB KETDI. BU YILGI MAGISTRATURAGA TOPSHIRADIGANLARGA NISBATAN ADOLATSIZLIK BO'LADI. INGLIZ TILIDAN BILIMNI DTM TEST OLIB HAM TEKSHIRISHI MUMKINKU. YOKI IELTS IMTIXONNI OLISHDA QANDAYDIR KATTA BIZNES YOTIBDIMI?
20 maydan amal qilarmish
Gavhar Ko'stibayeva
Aptis ham otadimi
Gavhar Ko'stibayeva
Xalqaroku
Sertifikat olgan talabalarga maksimal ballini quyib bersin olmaganlar testini yechaversinda bu holatda mutaxasis fanidan tayyorgarlik kurib bulmaydiku
Bu yildan tomdan tarasha tushgande IELTS sorash noxaqlik , ogohlantirishmaganku bizni, qanday ulguramiz olgani??
УТГАН ЙИЛ ЯНИ 2021 ЙИЛГИЛАР ХЕЧ КАНДАЙ ИНГЛИЗ ТИЛИСИЗ КИРИШДИКУУ ВА АЙТАМАН НЕГА АЙНАН ИНГЛИЗ ТИЛИ ФРАНСУЗ НЕМИС ЁКИ РУС ТИЛИ ЭМАС ХАЛКАРО СЕРТИФИКАТ ОЛИШ УН КАНЧА ВАКТ КЕТИШИНИ НЕГА БИЛИШМАЙДИ БУЛАР НИМА УН ТАЛАБ ДАРАЖАСИНИ АВВАЛРОК ЭЬЛОН КИЛИНМАГАН 2 КУНДАН КЕЙИН БУ КАРОР ЧИККАНИГА 1 ЙИЛ БУЛАРКАН МАСАЛАН МЕН 5 ОЙДАН БУЙОН IELTS УКИЙМАН ЛН ХАЛИ БИЛИМИМ ЕТАРЛИ ЭМАС БИТИРУВЧИ КУРСЛАРДА ХАР ДОИМГИДАН ХАМ КУП ТОПШИРИК ТАЛАБЛАР БУЛАДИ БУНИ БАКАЛАВР БИТИРГАНЛАР ЯХШИ ТУШУНАДИ ЭНДИ КАНАККИБ БИЗ ХАМ СИНОВЛИ 4 КУРСНИ ДАВЛАТ ГОС ИМТИХОНЛАРИ ДИПЛОМ ИШОАРИ КУРС ИШЛАРИНИ ТОПШИРМИЗ ВА КАНАККИБ КАЙСИ ВАКТ ТИЛ ОРГАНЕЛИК УМУМАН МАНТИКСИЗЛИГИ ЭСА ЧИЗМАЧИ. ЧИЗМА ЧИЗИШ УН АГРОНОМ ЯНГИ ХОСИЛ ОЛИШ УН ТАРБИЯЧИ ДЕФЕКТОЛОГ БОЛАЛАР НУТКИНИ УСТИРИШ УН ХАЛКАРО СЕРТИФИКАТ ОЛИШГА ВАКТ ТОПИШИ КК
Show next 100 comments