❓Магистратурага кириш учун чет тили сертификати бўлиши керакми? Бу қоида кучга кирдими?

✅ ЖАВОБ:
Ҳа, керак. Ушбу талаб 2021 йил 19 майдаги ПҚ-5117-сонли Президент қарорида белгиланган.

Қарорга кўра, 2022/2023 ўқув йилидан, яъни жорий йилдан бошлаб ОТМларнинг магистратура мутахассисликларига ҳамда олий таълимдан кейинги таълим ихтисосликларига танловларда миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификатга эга шахслар иштирок этиши тартиби жорий этилади.

❓Қанақада даражада талаб этилади?

✅ Бунда, филология йўналишлари бўйича камида С1 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат, нофилологик йўналишлари бўйича эса В2 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат талаб этилади.

❓Ушбу талаб кейинги йилга қолдирилиши мумкинми?

🤷🏻‍♂️ Билмасам, балки қолдирилар. Лекин Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги масъулларидан аниқлаштирганимда, кейинга қолдириш бўйича ҳеч қандай режа йўқлиги, бу масала кўриб чиқилмаётгани, яъни чет тили сертификати талаби магистратура ва докторантура учун жорий йилги имтиҳонлардан кучга киришини маълум қилишди.


👉 @xushnudbek 👈

870 comments

Show 100 more comments
Bu qaror hamma uchunmi qizlarga ham tegishlimi
Taklif berilar bu yil bumasin tayorlanib olaylik magistraturani bitirib mutaxasisligimiz buyicha iwlemizku ingliz tili bilanmasku
Hamma filolog boʻlib ketadi bu turishda, IELTS 7 lar UZBdagi davlat tashkilotlarida 8 milliondan kam boʻlgan oylikka ishlamayptikuuu, qani bunga yaratib berilgan imkoniyat uchun davlatga bergan fidoyiligi, filolog oʻzini ishini qilsin, tarixchi oʻzini, iqtisodchi oʻzini ishini qilsin. Agar shunaqa bo'lsa, juda og'ir tabaqalanish kutib turibdi.

Chet el sertifikatideb bu yil magistratura vakantlari yarimi ochiq qolib ketishi aniq.
#farrux to'lqinboyev gr-25
Nemis tilidan ham olsa boladimii? Sertifikat otadimi magistraturaga?
Xalqaro aloqalar uchun IELTS ha ega boʻlish shart emas va yo aynan ingliz mamlakatlari bilan aloqa qilish shartmas, boshqa davlatlar bilan ham xalqaro aloqalar qilish mumkin-ku, faqatgina davlat tili ingliz tili boʻlgan mamlakatlar bilan tajriba almashilmaydi-ku, shunisiga tushunmadim
Shokir
Mayli ingliz tilidan sertifikat kerak.
Sertifikati borlar testdan ozod qilinsin sertifikat yo‘qlar o‘sha testni yechib imtihondan o'tsa o‘qisin.
Shokir
Bu meni fikrim
Mardon Bozorov
Oliy ta'lim vazirligiga faqat qaror ijrosini taminlash qiziq bo'lsa kerak. Yoshlar xalqni fikri bilan qiziqar mikan. Bu to'g'rimi. Noto'g'rimi. Ko'ramiz nima diyisharkan.
Bakhtiyor
Bizda yoq umuman sertifikat olganlar. Kop deb hamma nomidam gapirmang
Yoʻq boʻlsa olishga harakat qilila Olma pish ogʻzimga tush deb tururmasdan Biza tomonda har 10 tadan bittasida ILTES bor
Инглиз тили сертификати булиши керакми? Ёки бошка тилларникихам утадими? Масалан турк тили сертификати
Lekin chet tili imtihoniga, albatta, kirasiz
Эльбек
#farrux to'lqinboyev gr-25
Nemis tilidan ham olsa boladimii? Sertifikat otadimi magistraturaga?
eilts olib nemis tilini o'qish qanaqa logikaga to'g'ri keladi
Assalomu alaykum. Xushnudbek aka iltimos imkoni bo'lsa shu postni barcha kanallarizda qoldirsangiz. Urakov Safarmurod bòlaman.
DAVLAT TILIDA ISH YURITISH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZIDA ishlab kelaman 4- kursda õqishimga qaramasdan .
Davlat idoralaridagi xodimlar hali õzbek tilida ish yurita olmaydiku . Sababi krill yozuvidan chiqolmagan bizni tizim . Shunday ahvolda ingliz tili uchun baralla urğu berilishi yana ona tilimizni oyoģosti qilmaydimi ,odamlar muhim sanamay qòyadi.
Õzim kontakt asosida õqib ham ishlayman , bloggerlik qilaman . Ingliz tilini bilish darajasidagi sertifikatni olish uchun repititorga mablağ jihatidan men kabi yetishmovchiligi borlar borku axr.
OTM shunda xalq fikrini òrganib chiqmaydimi, hokimyatimiz OTMni beznes uchun faoliyatini olib borishiga yo'l qo'ymang axr.
Bunday qarorni kamida 2 yo bo'lmaganda 3 yil oldin qabul qilsa maqsadga muvofiq bo'ladi deb o'ylayman.
Iltimos postga vaqtingizni ajtarib yuborsangiz.
14 ta chet tili bo'yicha sertifikat o'tadi. Nafaqat nemis tili bundan tashqari fransuz yapon va boshqa tillar ham bor
Show next 100 comments