❓Магистратурага кириш учун чет тили сертификати бўлиши керакми? Бу қоида кучга кирдими?

✅ ЖАВОБ:
Ҳа, керак. Ушбу талаб 2021 йил 19 майдаги ПҚ-5117-сонли Президент қарорида белгиланган.

Қарорга кўра, 2022/2023 ўқув йилидан, яъни жорий йилдан бошлаб ОТМларнинг магистратура мутахассисликларига ҳамда олий таълимдан кейинги таълим ихтисосликларига танловларда миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификатга эга шахслар иштирок этиши тартиби жорий этилади.

❓Қанақада даражада талаб этилади?

✅ Бунда, филология йўналишлари бўйича камида С1 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат, нофилологик йўналишлари бўйича эса В2 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат талаб этилади.

❓Ушбу талаб кейинги йилга қолдирилиши мумкинми?

🤷🏻‍♂️ Билмасам, балки қолдирилар. Лекин Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги масъулларидан аниқлаштирганимда, кейинга қолдириш бўйича ҳеч қандай режа йўқлиги, бу масала кўриб чиқилмаётгани, яъни чет тили сертификати талаби магистратура ва докторантура учун жорий йилги имтиҳонлардан кучга киришини маълум қилишди.


👉 @xushnudbek 👈

870 comments

Show 100 more comments
Ruslan Aytbaev
Shu qarorni chiqarib togri qildi. Ingliz tilini axoli orasida keng yoyilishiga yaxshi sharoyit boldi. Foydasi 3-4 iyldan keyin korinadi. Shu qarorni chiqarganlar togri qildi. Otasiga raxmat!
Мен докторантурага кириб буганман энди кизиги йук менга😂😂😆😆
Agarda menda chet tili sertifikati bolganda. Albatta chet davatda magistiraturaga oqigan bolardim.
Malades qoyil qaramlik va qullik oz yurtindi bolib turib bowqa sassiqlarni tilini bilmasen magistr bololmisan oldin ozimizni tilimizga mehr qoyaylik
********
Hali kópchilik C1 olishga ulgurmagan. Menimcha bu yil ham sertifikati yóqlarga imkoniyat beriladi.
Aptis ham xalqaroku lekin oqituvchilar uchun shuyam o'tadimi biz o'tmidi dib eshitgandik
Ma'rifat Kenjamatova
Hamma o'zidan keb chiqib fikir bildiryapti bu erkelaga qulayroq qaror ayollarga qiyinda oila ,bola, er va uy iahlardan ortib repititrga qatnash nihoyatda qiyin mamnmcha buni keregi yo'g'idi xo'jjat topshirishga , diplom olish jarayoniga shu qarorni qo'ysa yaxshi bo'lardi .
Magistr super kontrakt bolarkanda
Sertifikat shart emas
Севара Бердиёрова
Nimasi yaxshi nofilologiyaga b2 katta menimcha. Oldin milliy sertifikatlarni olish tartibini toʻgʻirlash kk. IELTS esa qimmat CEFR imtihonlari iyun oyida boʻlarlan oxiri.
C1 daraja 7+mi bunaqa darajadagi odam O'zbekiston universitetlariga topshirmasa kerak😁🤦🏻‍♂️
Agar biror bir til dan darajasi borlar UZB da oʻqiydi deb oʻylayotgan boʻlsa adashadi darajasi borlar 80%90% chetda oʻqiydi bu qaror kopga bormaydi bu qarorni 10 15 yil keyin chiqarish kerak edi
Abdullaeva Ayzada 4e
Fakultetimizning domlalari chet tilini bilishmaydi, agar sertifikatim bolganida filologiyada oqib yurmasdan chet davlatga ketkan bulardim allaaaaqachon
Bari bir ielts otmen boladi lekin 1 yoki 2 yil bollar magistrdan yiqiladida
Bunaqa tizimni yolga qoyish uchun vaqt kerak menimcha ayrim tilni chuqur ozlashtiradigan sohalarga tadbiq qilsa togri bolardi
********
Hali kópchilik C1 olishga ulgurmagan. Menimcha bu yil ham sertifikati yóqlarga imkoniyat beriladi.
Yaxshi bo'lardi, aks holda hujjat topshirganlarning faqat seetifikatga ega bo'lganlari qabul qilinib, sertifikat olishga ulgurmaganlari mutaxassislikdan bilimi yaxshi bo'lsayam qolib ketadi, tilni yaxshi bilganlarning hammasiyam mutaxassislikdan a'lo bilimga ega bo'lmasa kerak
Abdullaeva Ayzada 4e
Bizlarda oqishga kirish qiiiiyinu lekin kirgandan keyin oqish oson bop qolyaptimiii deb oylab qolasan🤔 lekin harkim ozi uchun oqiydi degan gap ham bor...
Dinora
Qachongacha vaqt kerak deb yuramiz axr chet tilida yozilgan adabiyotlardan o’qib o’rganish vaqti allaqachon kelgan tarjima qilinganda ma’nosi 30-40 foizga o’zgarib ketadi
Show next 100 comments