❓Магистратурага кириш учун чет тили сертификати бўлиши керакми? Бу қоида кучга кирдими?

✅ ЖАВОБ:
Ҳа, керак. Ушбу талаб 2021 йил 19 майдаги ПҚ-5117-сонли Президент қарорида белгиланган.

Қарорга кўра, 2022/2023 ўқув йилидан, яъни жорий йилдан бошлаб ОТМларнинг магистратура мутахассисликларига ҳамда олий таълимдан кейинги таълим ихтисосликларига танловларда миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификатга эга шахслар иштирок этиши тартиби жорий этилади.

❓Қанақада даражада талаб этилади?

✅ Бунда, филология йўналишлари бўйича камида С1 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат, нофилологик йўналишлари бўйича эса В2 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат талаб этилади.

❓Ушбу талаб кейинги йилга қолдирилиши мумкинми?

🤷🏻‍♂️ Билмасам, балки қолдирилар. Лекин Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги масъулларидан аниқлаштирганимда, кейинга қолдириш бўйича ҳеч қандай режа йўқлиги, бу масала кўриб чиқилмаётгани, яъни чет тили сертификати талаби магистратура ва докторантура учун жорий йилги имтиҳонлардан кучга киришини маълум қилишди.


👉 @xushnudbek 👈

870 comments

Show 100 more comments
Fotima Alimqulova
To'g'ri bunday qarorga hali biz tayyor emasmiz chet tili o'qituvchilarida yoq bunday C1 daraja biz qanday olamiz
C1 daraja olish siz o'ylagandan ancha osonroq.harakat qilib ko'ring.2 3 oy yaxshi tayyorlanib bemalol olsez boladi
Сизни провилиз ни курмаяпман да
Oliy talim vaziringning eng axmoqana qarori MEN AGAR ILTS OLSAM O'ZINI SOHANI TASHLAB CHEGA KETGAN BO'LARDIM
SABAB KATTA OYLIK BERADI
IELT OLGAN TALABALAR MENIMCHA UZINI SOHASIGA QAYTMASA KERAK
PhD uchun ham sertifikat kerak bo'lar ekanmi?
Sertifikat olish oson ish emasku
YANA BITTA GAP TALIMNI SIFATINI OSHIRAMIZ DEYAPDIDA IELTS JORIY QILAYAPDI MAYLI
LEKIN MUTAHASISLIK FANLARDAN 40 BALL OLGANNI HAM MAGISTARITURAGA O'QISHGA QABUL QILAYAPDI KONTIRAKKA TALABA TAXMINAM KO'ZINI YUMUB BELGILASA HAM CHIQADIKU QANI ADOLATTTT
Xurmatli VAZIRIMIZ A. TOSHQULOV SIZGA BIZ TALIMNI ISHONGANDIK SIZ ISHONCHNI OQLAY OLAYAPSIZMI.........
Sertifekati bor bulishi shart degani sertifikati yuqlar Magistir uqimaydi degani bu Zur bilgan mutaxasislar urniga chet tillarni bilgan lekin tanlagan Mutaxasisligni bilmaydigan odamalr jamosi tashkil qilinmasmikan Yana chet tilini bilgan odam bizda Uqishga qolarmikan menimcha sertifekat borlarxam yuqlarxam topshirishi kerak sertfkati borlar girant til bilish darajasi yuqlar kantirakt qabul qilinishi kerak
Кечирасизлар Хушнудбекка қандай мурожаат қилса бўлади?
𝐗𝐨𝐉𝐢𝐀𝐤𝐁𝐚𝐑 𝐘𝐚𝐐𝐮𝐁𝐨𝐕
Agarda taklifda avval chet tili fanlaridan dars beradigon oqituvchilar owa sertifikatni olvosin keyin bowqa yonaliwlarga joriy qilsin. Men ozim oqib kordm oliw muwkul xatto chet tili oqituvcilar(ayrimlari) biz bilan tayorlanib xali oliwolgani yoq
Mamatqulova Nargiza
Ассалому алайкум! Жисмоний тарбияга магистира турага топшириш учун ҳам сертификат керак бўладими жисмоний тарбиядагилар асосан амалий топширишадику
Magistraturaga kiraman deb 4 yil bakalavirda mehnat qilib, chin qalbidan òqib, maqolalar chiqargan talabalar ham bor, faqat ularda chet tili sertifikati yóq. Shu sertifikatni deb shuncha mexnatimiz, shuncha harakatimiz kuyadimi
Qoldirilsa yaxshi bõlardi
Assalomu alaykum.Sertifikat olish oson emas.Ingliz tilida o'qiydigan va dars beradiganlar ham necha yil o'qib ololmayabdi buni.Faqat sertifikat, til deyishni o'rniga mutaxassislikni talab qilish kerak menimcha,ingliz tilini o'rgansinmi,o'z yo'nalishining yetuk kadri bo'lsinmi????
Juda bo'lmasa o'z tilimizdan ayrim me'yorlarni qo'yishsin,faqat bizga begona bo'lgan chet tilini talab qilmasdan,ayrim talabalar,pedagoglar o'z tilimizda xato yozishadi va husnixat esa juda achinarli,buning ustiga krill alifbosida yozishadi yana.
Assalomu alaykum, bilamizki chet tili sertifikatlari muddatli bo'ladi. Muddati imtihondan bir necha oy oldin o'tgan sertifikatlar ham qabul qilinadimi?
Show next 100 comments