❓Магистратурага кириш учун чет тили сертификати бўлиши керакми? Бу қоида кучга кирдими?

✅ ЖАВОБ:
Ҳа, керак. Ушбу талаб 2021 йил 19 майдаги ПҚ-5117-сонли Президент қарорида белгиланган.

Қарорга кўра, 2022/2023 ўқув йилидан, яъни жорий йилдан бошлаб ОТМларнинг магистратура мутахассисликларига ҳамда олий таълимдан кейинги таълим ихтисосликларига танловларда миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификатга эга шахслар иштирок этиши тартиби жорий этилади.

❓Қанақада даражада талаб этилади?

✅ Бунда, филология йўналишлари бўйича камида С1 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат, нофилологик йўналишлари бўйича эса В2 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат талаб этилади.

❓Ушбу талаб кейинги йилга қолдирилиши мумкинми?

🤷🏻‍♂️ Билмасам, балки қолдирилар. Лекин Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги масъулларидан аниқлаштирганимда, кейинга қолдириш бўйича ҳеч қандай режа йўқлиги, бу масала кўриб чиқилмаётгани, яъни чет тили сертификати талаби магистратура ва докторантура учун жорий йилги имтиҳонлардан кучга киришини маълум қилишди.


👉 @xushnudbek 👈

870 comments

Show 100 more comments
Muhammadjonov
1.5 milion oylik uchunmi bular hammasi. Haqiqat shuki tilni B2 darajasida biladigan odam uzbda qolgisi kelmaydi
Albatta to‘ppa to‘g‘ri gap faqat aqillilar garang qilmasin biz ham uzb ni kelajagini o‘ylaymiz albatta lekin bizni ham kelajagimizni o‘ylash kk
Bu qanaqasi 4yil ingliz tilida oʻqib ham talabalar 7:5,8 ololmaydi B2 darajasi toʻgʻri emas man rus tili filologiyadai man 6:5dan yuqori ololmayman bu menimcha adolatli emas
Умида Камолова
Assalomu alaykum! Xorijiy til sertifikatining talab qilinishi ijobiy holat, chunki ilmiy jarayonda ham kerakli. Biroq o'zbek tilida talab darajasida gapirish, faoliyat yuritish keyingi o'rinlarda qolayotgandek, nazarimda. Aksariyat yo'nalishlarda ilmiy ish har qanday manbadan o'rganiliahidan qat'iy nazar, o'zbek tilida yoziladi. Shunday ilmiy ishlar borki, na gap qurilishi joyida, na mazmuni joyida. Men hech kimni qoralamoqchi emasman. Shaxsiy mulohazam shundaki, avvalo, o'zbek tilida ish yuritishni takomillashtirish shart. Chet tilidan sertifikatning talab etilishi ......xullas, bilmadim.
Assalomu alaykum, avvalo,maktabda chet tili ta'limiga qat'iy talab qoyilsa,keyinchalik hech kim,bolalik,oilaliklar,ishlaydiganlar ham qiynalib til o'rganaman Deb bosh qotirmaydi.
SItora
Salom
Suhrobbek Xolmamatov
TKT ham oʻtadimi magestrga
Filologiyaga C1 boʻlishi kerak. Oʻzbek filologiyasiga xorijiy tilni bilish qanchalik mantiqqa toʻgʻri keladi. Oʻzbek filologiyasiya xorijiy talabaga chet tilida oʻrgatishi shart boʻladimi? Aksincha xorijiy talabadan oʻzbek tilini bilish sertifakati talab qilinishi kerak emasmi? Oʻzbek filologiyasi boʻyicha magistraturada taxsil olish niyatidagi talaba xorijiy til oʻrganib kelgusida chet tilida OʻZBEK FILOLOGIYASINI OʻZBEK TALABALARIGA OʻRGATISHI KERAK EMAS, xorijiy talabaga oʻzbek tilida oʻrgatishi kerak.
C1darajaga teng xalqaro sertifikat deyilgan ekan. Aynan IELTS emas. Demak boshqa xalqaro sertifikatlar ham ótarmikin? Nima dib óylisla?
Masalan TKT ótarmikin?
Durdona
Filologiya yo'nalishlari deyilganda ingliz tili filologiyasi nazarda tutilyapti menimcha. Ingliz tili nomutaxassislik bo'lsa, B2. O'zbek filologiyasiga B2 bo'lishi kerak, adashmasam.
@magistrlarofficial kanalida magistratura boyicha yangiliklar kanli
masalan ayrim ixtisosliklar uchun IELTS yóqligi uchun hech kim topshirmay qolsa nima bóladi
Манистратурага бу талабни коишибди маили кани магистрларга xам дарслар ингли3 тилида отилсин. Камида с1 серификатига ега педагоглар дарс берсин шунда мантик боларди менимча. У3бек тили йоналишидан ингли3 тилини билишни талаб етиш еса гирт аxмокгарчилик. Авал рус тили мажбурий болган даврларни еслатади бу x одисалар. Калта ойланган мантикси3 карор. Карорни чикарган мутасаддилар ингли3 тилини биладими о3и?
Ortikova T.
Aptis sertifikat magistraturaga o'tadimi yo'qmi shuni ham anig'ini bilib bering iltimos
xarakat qilsa olsa boladi xamma gap xarakatda Ilts olishga aqli yetgan inson mutaxassislik fanidan xam zor oqib qoygan boladi meni fikrimcha bu yaxshi fikr kam bolsa borlarni olish kerak bir yil kam kishi olnsa keyingi yildan xamma xarakatga tushadi
Show next 100 comments