❓Магистратурага кириш учун чет тили сертификати бўлиши керакми? Бу қоида кучга кирдими?

✅ ЖАВОБ:
Ҳа, керак. Ушбу талаб 2021 йил 19 майдаги ПҚ-5117-сонли Президент қарорида белгиланган.

Қарорга кўра, 2022/2023 ўқув йилидан, яъни жорий йилдан бошлаб ОТМларнинг магистратура мутахассисликларига ҳамда олий таълимдан кейинги таълим ихтисосликларига танловларда миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификатга эга шахслар иштирок этиши тартиби жорий этилади.

❓Қанақада даражада талаб этилади?

✅ Бунда, филология йўналишлари бўйича камида С1 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат, нофилологик йўналишлари бўйича эса В2 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат талаб этилади.

❓Ушбу талаб кейинги йилга қолдирилиши мумкинми?

🤷🏻‍♂️ Билмасам, балки қолдирилар. Лекин Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги масъулларидан аниқлаштирганимда, кейинга қолдириш бўйича ҳеч қандай режа йўқлиги, бу масала кўриб чиқилмаётгани, яъни чет тили сертификати талаби магистратура ва докторантура учун жорий йилги имтиҳонлардан кучга киришини маълум қилишди.


👉 @xushnudbek 👈

870 comments

Show 100 more comments
Assalomu aleykum. Agar magistratura uchun ajratilgan kvotalar soni to'lmay qolsa unda nima bo'ladi? Chunki chet tili sertifikatiga ega bo'lgan bitiruvchilar soni juda kam. Misol uchun men tahsil oladigan Oliy talim muassasasida 1ta fakultitetdan 1 dona sertifikatiga ega bolgan talaba bor ekan.
aptis certifikati magistrga otadimi
Jahongir
Assalomu alaykum aka yaxshimisiz Maktablarda pul yigish bas qilinadi deb aytib chiqishyapti nimàni nazarda tutib aytildi.Remontga ncha yildan beri pul yigiladi likn maktablarda remontga pul yigilyaptikan maktadagilar aybdor bulib qolyapti urtadi.Remont uchun uzi pul ajratiladimi.Nega hammasiga oydinlik kirtilmayapti Savollar juda kup shu haqida tuliroq malumot bera olasizmi.Kupchilik nomidan uzim surayapman
Тугри лекин давлат томонидан мактабларни ремонтига пул ажратилаётгани йук. Карорда моддий шароити яхши ота оналар ва хомийлик килишни истаган ташкилотлар килиб бериши керак дейилган. Лекин ундай одамлар йуклиги сабаб хар бир укувчидан пул йигилади. Бунда укитувчи ёки мактаб рахбарларининг айби йук. Бази директорлар лекин куп пул йигиб олиб бир кисмини узи йеб кетади. Мани онам хам укитувчилар булаётган вазиятни билиб билмай укитувчиларга нисбатан хар хил гап айтмайлик. Улар шу йигилган пулдан манфаатдор эмас.
Filologik yunalish bilan nofilologik farqini aytdilar iloji bolsa. Masalan Iqtisodiyot yunalishlariga b2 utadimi
Hamdamova Maxsuma Bahodirjon qizi
Assalomu alaykum pul yig'ilish kk deb o'ylayman chunki 1 yil maktabni rasvosini chiqargan o'quvchilarku. Hech narsaga pul bermasa ham 1 yilda bir marta remontga bersin .Axir maktab ham masjiddek joy. Jabr yana o'qituvchiga oyligidan remont qiladi
Ielits masalasiga kelsak bu qaror o'zini yoqlamasa kk .Darsliklarni o'rgansinmi doktoranturaga kirish uchun maqola yozsinmi ilmiy ish qilsinmi endi qo'shimcha ielits ham o'qisinmi
Bilmadim sal yengilroq ingliz tili imtixonini joriy qilishsin.Ingliz .Mutaxasislariga mayli ielits bolaversin sohasida yoqlarga qiyinuuu
Hamdamova Maxsuma Bahodirjon qizi
G'alati g'alati qarorlar o'ylab topishadiyee o'zi bu yil magistraturaga pulini to'laseng o'qiyver dedi sentabrdan nima qilarkin 100 tadan nari borsa 10 tada ielits bor bo'lsa kk.
Hali bu yil ham bekor qildik narigi yildan kuchga kiradi desa kk
David De Xea 21
Nima uchun kerak bu sertifikat? Biz o'zim o'qib tugatgan yo'nalish bo'yicha yetuk Kadr mutaxassis bo'lsak bo'ldi-ku.
SARDORBEK$NURSAIDBEK
Sertifikati boʻlmasa endi Magistura ga topshiraolmaydimi
tilni bilsanglar buldi mutaxassisliklaring bir tiyin deyishmoqchi sheklli
Biz bilan yorqin, qiziqarli va manfaatli ilm olamiga birga sayohat qiling😊✈️
👇🏻👇🏻👇🏻
https://t.me/Mittivooy_uz
"MITTIVOY" Bolalar elektron jurnaliga a'zo bo'ling! Bolalar har kuni o'qisin😍💛💙
Hamma xorijiy til o'qiyversa mutaxasislik fanini kim o'qiydi, IELTS bor odam bu yerlarda o'qimasligi aniq. Undan ko'ra mutaxasislikni kuchaytirib tizimni yaxshilasin, oylikni yaxshilasin, chet eldan labaratoriya apparatlarini olib kelsin keyin raqobat o'sish bo'ladi....
Assalomualeykum Xushnudbek aka ielts sertifikatini 1kurs bo'lishdan oldin olgan bo'sa o'sha sertifikati magisturatura uchun o'tadimi yoki sertifikat muddati 2yilligi sababli 3 yoki 4-kursda qayta ielts olishi kerakmi sertifikati o'tish uchun
Chet tili majburiy qilishdan maqsad nima
Iltimos Xushnudbek Xudayberdiyev Aptis magistraturaga o'tadimi? Shuni anig'ini bilib bering. Xalqaro sertifikat deb tan olingan, lekin faqat oʻqituvchilar uchun shunga o'tmaydi deyishyapti.
Show next 100 comments