❓Магистратурага кириш учун чет тили сертификати бўлиши керакми? Бу қоида кучга кирдими?

✅ ЖАВОБ:
Ҳа, керак. Ушбу талаб 2021 йил 19 майдаги ПҚ-5117-сонли Президент қарорида белгиланган.

Қарорга кўра, 2022/2023 ўқув йилидан, яъни жорий йилдан бошлаб ОТМларнинг магистратура мутахассисликларига ҳамда олий таълимдан кейинги таълим ихтисосликларига танловларда миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификатга эга шахслар иштирок этиши тартиби жорий этилади.

❓Қанақада даражада талаб этилади?

✅ Бунда, филология йўналишлари бўйича камида С1 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат, нофилологик йўналишлари бўйича эса В2 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат талаб этилади.

❓Ушбу талаб кейинги йилга қолдирилиши мумкинми?

🤷🏻‍♂️ Билмасам, балки қолдирилар. Лекин Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги масъулларидан аниқлаштирганимда, кейинга қолдириш бўйича ҳеч қандай режа йўқлиги, бу масала кўриб чиқилмаётгани, яъни чет тили сертификати талаби магистратура ва докторантура учун жорий йилги имтиҳонлардан кучга киришини маълум қилишди.


👉 @xushnudbek 👈

870 comments

Show 100 more comments
____Narziqulov____(✪)___Sayrambek____
Ee bular nima qilayotgani o'zlari bilishmaydi. Masalan, men tarix fakultetida o'qiman. Barchamizga malumki bizning asosiy tariximizga oid manbalar arab tilida, shunday ekan arab tilidan yoki fors tilidan sertifikat so'rasin rostdan so'ramoqchi bo'lsa. Men ingiliz tilidan sertifikat olsam va ilmiy ish qilmoqchi bo'lsa bizga malum bo'lgan asosan chet eliklar yozgan inglizcha malumotlardan foydalanaman. Bu degani men ko'chirmachilik qilaman. Fanga esa hech qanaqa yangilik kiritmayman. Shunchaki mantiqsizlik. Sertifikatni har bir soxaga qarab tillar kesmida taqsimlash kerak.
Assalomu alaykum B1 bakalavrga òtadimi yoki yòqmi
Assalomu alaykum B1 bakalavrga òtadimi yoki yòqmi
Boymurod
O'tadi deyildiyu
Magistr bitirguncha olishni belgilab ololmasa qaytadan 2 kursdan uquvrishini quyish kk to sertifikat olguncha
Bakalavr ham magistrham b2 mi
Bakalavr ham magistrham b2 mi
Assalomu alaykum. Ma'no qani bu qarorlardan. Qarorni ishlab chiqaraverishadi, amalda hech vaqo yo'q. Ho'p bu yomon qaror emas lekin hozir bizda shunga kerakli ustozlar bormi?(Toshkentda bólsa bilmadim) Mutaxasislikni bilgan o'qituvchilar chet tilini bilmaydi, chet tilini biladigani mutaxasislikni bilmaydi. O'ylashimcha bunday o'qituvchilar jami o'qituvchilarni 90-95% tashkil qiladi. Shaxsan men o'zim o'qigan institutimda bunday o'qituvchini bilmayman.... Shunda magistratura yoki doktoranturadagi bu yil qabul qilingan talabalar ustozidan kuchli bo'ladimi yo kuchsiz ustozdan dars olib bor bilimlari ham yo'q bo'lib ketadimi? Hayronsan keyin chet tilil sertifikatiga ega bo'lgan talabalarni aksariyat qisimi Uzb oliy ta'lim sifatidan chet elni ta'limini ustun qo'yadi. Sababi chindan ham shunaqa....
Assalomu Aleykum
Obdon oʻylab keyin chiqarish kerak edi menimcha chunki hozirgi kunda 90 foiz talabada sertifikat yoʻq avvalgi yilgidek yana chaqirib oladimi magistraturaga sertifikati boʻlganlarda bilim boʻlmasa ham kirib ketadi oʻqishga qoyiley
Chet elni yoʻlidan emas uzimiz yoʻlimiz topishimiz kerak emasmi
Sifatga e'tibor bermasdan songa e'tibor beryapmiz qogʻozbozlik
Oddiy misol maktabgacha taʼlim nu olaylik inglis tilini bilsa sertifikat olsa qanday ishlatadi chet elga borib tarbiya boʻyicha praktika oshirib keladimi
Uzi taʼlim oqsab yotgan boʻlsa darslar yaxshi oʻtilmasa
Undan koʻra magistrga kirish baloni patolog qilib qoʻyingizlar
Ichki perevod haqida malumot berng
Asslomu alaykum. Men yaxshi tushunmadim buni. Tushinishim boyicha IELTS yoki CEFR bolmasa magistraturaga topshirish mumkin emasmi? Iltimos javob berib yuboringlar.
Agar sertifikati bo'lsa, magistraturaga to'g'ridan to'g'ri qabul qiladimi yoki imtihon qilinadimi?
Бахринисо Атоева
Иктисодиёт сохасига кандай сертификат булади с1 буладими
Сарвиноз
Bu yil noturdosh yo'nalishlarga hujjat topshirsa buladimi? Iltimos shungayam oydinlik kiritsangiz.
Mohidil
Filologlarga C1 o'z yo'nalishidami???
Assalomu aleykum @xushnudbek aka.
Bu qarorni Tibbiyot yo‘nalishiga joriy qilishda ancha xato bo‘layapti menimcha chunki
1-dan magistraturani boshqa sohalarga qaraganda tibbiyot sohasida ahamiyati katta(sababi mutaxassis bo‘lish uchun magistratura o‘qish shart, bo‘lmasa UASh bo‘lib qoladi)
2-dan 6 yil tibbiyot sohasida o‘qigan talabaga birdan IELTS talabi qo‘yilishi tibbiyot sohasiga bo‘lgan talab qiziqishni oddiy qib aytsam o‘ldiradi.
Bechora o‘zi 5 fan bo‘lganda 5 xil(yaqinda 6 xil bo‘lsa kerak) fan o‘qisa yana eng ko‘p va qiyin o‘qish tizimlaridan biri ustiga IELTS ortiqcha menimcha.
Sertifikati bor talaba O‘zbekistondagi oylik maosh tizimiga qanoatlanmaydi sababi chet elda tadbirkorlardan shifokorlarni hurmati baland.
Xatolar ketma-ketligi davom etayapti....
Севинч Боймуродова 020-17
Assalomu alaykum, sertifikat qaysi til bòyicha olishini farqi yòqmi?Masalan ,men rus filologiyasida òqiyman.Magstratura uchun rus tilidan boshqa til bòyicha olishim kerakmi ,yoki rus tilining òzi ham bòlaveradimi? Faqat ingliz tili bòlishi kerakmi? Boshqa chet tillari bòlmaydimi?
Bu yil sertifikat soʻramagani maqul edi hech kim ololmaydi va ulgimasligi ham mumkin
Show next 100 comments