❓Магистратурага кириш учун чет тили сертификати бўлиши керакми? Бу қоида кучга кирдими?

✅ ЖАВОБ:
Ҳа, керак. Ушбу талаб 2021 йил 19 майдаги ПҚ-5117-сонли Президент қарорида белгиланган.

Қарорга кўра, 2022/2023 ўқув йилидан, яъни жорий йилдан бошлаб ОТМларнинг магистратура мутахассисликларига ҳамда олий таълимдан кейинги таълим ихтисосликларига танловларда миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификатга эга шахслар иштирок этиши тартиби жорий этилади.

❓Қанақада даражада талаб этилади?

✅ Бунда, филология йўналишлари бўйича камида С1 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат, нофилологик йўналишлари бўйича эса В2 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат талаб этилади.

❓Ушбу талаб кейинги йилга қолдирилиши мумкинми?

🤷🏻‍♂️ Билмасам, балки қолдирилар. Лекин Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги масъулларидан аниқлаштирганимда, кейинга қолдириш бўйича ҳеч қандай режа йўқлиги, бу масала кўриб чиқилмаётгани, яъни чет тили сертификати талаби магистратура ва докторантура учун жорий йилги имтиҳонлардан кучга киришини маълум қилишди.


👉 @xushnudbek 👈

870 comments

Show 100 more comments
Assalomu aleykum @xushnudbek aka.
Bu qarorni Tibbiyot yo‘nalishiga joriy qilishda ancha xato bo‘layapti menimcha chunki
1-dan magistraturani boshqa sohalarga qaraganda tibbiyot sohasida ahamiyati katta(sababi mutaxassis bo‘lish uchun magistratura o‘qish shart, bo‘lmasa UASh bo‘lib qoladi)
2-dan 6 yil tibbiyot sohasida o‘qigan talabaga birdan IELTS talabi qo‘yilishi tibbiyot sohasiga bo‘lgan talab qiziqishni oddiy qib aytsam o‘ldiradi.
Bechora o‘zi 5 fan bo‘lganda 5 xil(yaqinda 6 xil bo‘lsa kerak) fan o‘qisa yana eng ko‘p va qiyin o‘qish tizimlaridan biri ustiga IELTS ortiqcha menimcha.
Sertifikati bor talaba O‘zbekistondagi oylik maosh tizimiga qanoatlanmaydi sababi chet elda tadbirkorlardan shifokorlarni hurmati baland.
Xatolar ketma-ketligi davom etayapti....
Севинч Боймуродова 020-17
Assalomu alaykum, sertifikat qaysi til bòyicha olishini farqi yòqmi?Masalan ,men rus filologiyasida òqiyman.Magstratura uchun rus tilidan boshqa til bòyicha olishim kerakmi ,yoki rus tilining òzi ham bòlaveradimi? Faqat ingliz tili bòlishi kerakmi? Boshqa chet tillari bòlmaydimi?
Bu yil sertifikat soʻramagani maqul edi hech kim ololmaydi va ulgimasligi ham mumkin
Bu yil sertifikat aniq soʻraladi, ikki marta qabul boʻladi deyishyapti magstraturaga
Filalogiyaga C1 deyilganku bu òzbek tili va adabiyotiga ham tegishlimi? ( ikkinchi blogi tarix bòlganlarga)
Malum bir yo'nalishlarni belgilab qo'ysa maqbul bo'lar edi chunki hama sohaning ham tilga 100% lik xojati yo'q menimcha
Bu qarorni boshqatdan koʻrib chiqish kerak. Qanchadan qancha talaba magistrant boʻlmoqchi. Ular oʻzini topshirmoqchi boʻlgan sohani oʻqimay turib tildan sertifikat olishmoqchi boʻlyaptilar. Har ikkalasiyam chala qoladi natijada. Qarorni amalga oshirish kerak, faqat bosqichma-bosqich. Unaqa birdan shoshib emas
Assalomu alaykum, xorijiy tildan tashqari boshqa fanlardan nega milliy sertifikat imtihonlari bo'lmayapti? Shunga oydinlik kiritingizlar
Elbek O'roqov
IELTS i borla qaddingni urrrrrr💪✊
Chet tili boʻyicha topshirayotganlar uchun C1
Mechanical engineer
Assalomualaykum men magistrman 2 kurs ayrim sabablarga ko‘ra akedemiskiy olmoqchiman bir savol agar akedemiskiy olsam o‘qishni qaytalamoqchi bo‘lganimda sertifikat so‘raladimi yo‘qmi
IELS boshqa yunalishlar uchun nechchi bulishi kerak
Keyingi yilga qoldirsa maqsadga muvofiq bo'lar edi.
Show next 100 comments