❓Магистратурага кириш учун чет тили сертификати бўлиши керакми? Бу қоида кучга кирдими?

✅ ЖАВОБ:
Ҳа, керак. Ушбу талаб 2021 йил 19 майдаги ПҚ-5117-сонли Президент қарорида белгиланган.

Қарорга кўра, 2022/2023 ўқув йилидан, яъни жорий йилдан бошлаб ОТМларнинг магистратура мутахассисликларига ҳамда олий таълимдан кейинги таълим ихтисосликларига танловларда миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификатга эга шахслар иштирок этиши тартиби жорий этилади.

❓Қанақада даражада талаб этилади?

✅ Бунда, филология йўналишлари бўйича камида С1 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат, нофилологик йўналишлари бўйича эса В2 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат талаб этилади.

❓Ушбу талаб кейинги йилга қолдирилиши мумкинми?

🤷🏻‍♂️ Билмасам, балки қолдирилар. Лекин Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги масъулларидан аниқлаштирганимда, кейинга қолдириш бўйича ҳеч қандай режа йўқлиги, бу масала кўриб чиқилмаётгани, яъни чет тили сертификати талаби магистратура ва докторантура учун жорий йилги имтиҳонлардан кучга киришини маълум қилишди.


👉 @xushnudbek 👈

870 comments

Show 100 more comments
6 IELS BOR odam chet elga ketgani yaxshi menimcha
Menimcha kamida 2 yil oldin joriy qilinishi kerak edi. 2020 yilda qabul qilinib kuchga kirish sanasini 2022da qoyganda adolatli bolardi menimcha. Hamma ham sertifikat olishga vaht va pul masalasida tayyor emas.hozrda
MuSliM
Assalomu aleykum bitta savolim bor edi!!!!!
Tibbiyot sohasida oʻqiydiganlar qaysi darajadagi sertifikat olishi kerak
Javob uchun oldindan rahmat
Севара Бердиёрова
Shu masala boyicha kimga murojaat qilish kk. Nofilologiyaga B2 juda baland daraja. Spets fanlar qolib Ingliz tili oʻqiyapmiz. Shuni adolatli hal qilib beradiganlar bormi
🕊𝓡𝓪𝓲𝓶𝓫𝓪𝔂𝓮𝓿𝓪 𝓢𝓸𝓳𝓲𝓭𝓪🕊
Assalomu alaykum. Men Òzbek filologiyasi talabasiman. Hozircha 3nchi kursman. Keyingi yil nasib qilsa magistratura topshirmoqchiman. Bizning yònalishdagi hammani biz ham C1 talab qilinadimi yoki B2 mi degan savol bor. Agar iloji bòlsa shu savolga ham oydinlik kiritsangiz yaxshi bòlar edi... Oldindan rahmat:)
Assalom aleykum sertifikat talab qilinishi kerak bolmasa shuncha mehnat qlb serifikat olganlar uchun adolatsizlik boladi yil boshida aytilgan xarakat qlsa 1-yil yetarli vaqt menmcha
Talabalar ham OTMda o‘qib turib abiturent sifatida o‘qishga topshira oladi ekan. Man kecha ustozlardan so'ragandim agar bujjet ballini to‘plasak ham kantrak o'qir ekanmiz. Shu qanchalik to'g'ri, to'g'ri hozirda bujjet o‘qiman birinchi kursman, lekin bundan boshqa yaxshiroq OTMga topshirmoqchidim. Agar kirolmay qolsam uzimni OTMga ham kantrak bo‘pqolmimanmi. Bu savol ko'pchilikni qiynayapti, agar iloji bo‘lsa shu narsaga ham tuxtalib utsaiz. Oldindan rahmat
Hammasini dapdala qilayapti bular hali tayorrmasmiz ch-lar
2021da chiktiku qaror
Ушбу талаб 2021 йил 19 майдаги ПҚ-5117-сонли Президент қарорида белгиланган.
Shohzamon
Assalomu alaykum sizga bir savolim bor 5yil ish staji borlarga óqishga kirish imtihonsiz deyilyapti shu qanchalik tógri shu haqidagi qaror bn tanishatirsangiz iltimos oldindan rahmat
Айбану Амангелдиева
🕊𝓡𝓪𝓲𝓶𝓫𝓪𝔂𝓮𝓿𝓪 𝓢𝓸𝓳𝓲𝓭𝓪🕊
Assalomu alaykum. Men Òzbek filologiyasi talabasiman. Hozircha 3nchi kursman. Keyingi yil nasib qilsa magistratura topshirmoqchiman. Bizning yònalishdagi hammani biz ham C1 talab qilinadimi yoki B2 mi degan savol bor. Agar iloji bòlsa shu savolga ham oydinlik kiritsangiz yaxshi bòlar edi... Oldindan rahmat:)
Vaaleykum assalom
Tushunishim bo'yicha ingliz tili asosiy fani filologlari nazarda tutilgan chunki ingliz tili ularning maxsus fani o'shani uchun ularga C1 daraja belgilangan. Boshqa yo'nalishlarga B2 bo'lsa kerak, yanayam so'rab ko'rish kerak
Bek Mamarajabov
Unday bòlmasin òzi magistratura korrupsiya bb yotibdi necha yildan buyon kirolmayman
Spesni hech kim òqimayapti hamma ingliz tiliga òzini uropti.Ingliz tilidan sertifikat olgandan keyin Reppini ingliz tilidan bosayapti.Mana soqqqani qilayapti.Agar magistrda sertifikat surasa spesdan imtihon bumasa nima kk spes òqib😂
тил билиш сертификати тиббиет олийгохлариги хам таллуклими
Show next 100 comments