❓Магистратурага кириш учун чет тили сертификати бўлиши керакми? Бу қоида кучга кирдими?

✅ ЖАВОБ:
Ҳа, керак. Ушбу талаб 2021 йил 19 майдаги ПҚ-5117-сонли Президент қарорида белгиланган.

Қарорга кўра, 2022/2023 ўқув йилидан, яъни жорий йилдан бошлаб ОТМларнинг магистратура мутахассисликларига ҳамда олий таълимдан кейинги таълим ихтисосликларига танловларда миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификатга эга шахслар иштирок этиши тартиби жорий этилади.

❓Қанақада даражада талаб этилади?

✅ Бунда, филология йўналишлари бўйича камида С1 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат, нофилологик йўналишлари бўйича эса В2 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат талаб этилади.

❓Ушбу талаб кейинги йилга қолдирилиши мумкинми?

🤷🏻‍♂️ Билмасам, балки қолдирилар. Лекин Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги масъулларидан аниқлаштирганимда, кейинга қолдириш бўйича ҳеч қандай режа йўқлиги, бу масала кўриб чиқилмаётгани, яъни чет тили сертификати талаби магистратура ва докторантура учун жорий йилги имтиҳонлардан кучга киришини маълум қилишди.


👉 @xushnudbek 👈

870 comments

Show 100 more comments
Chet tilidan sertifikat faqat ingliz tilidan bo'lishi kerakmi
Yuridiskiyga qaysi toifadagi sertifikat õtadi?
Шоназарова Феруза 124 гр УзГУМЯ
Rus tilidan C1 bo'lsa ham bo'ladimi?
Дилноза Худойбердиева
Doktorantura haqida malumot berolasmi undayam grant asosida oqisa boladimi jami nechta o‘rin beriladi
Xichkim spes oqigan yo xamma ingliz tilida 😂
Oʻzbek filologiyasi uchun ham B2 mi
Chet tilini rivojlantirgancha ona tilimizni rivojlantir
Umirzoq Xursanov
Magistraturaga chet tili nimaga kerak. U tarjimonlik qiladimi. Kerak odam o'zi uchun chet tilini o'rganib oladi
Undan asosiy maqsad dunyo tillari qatoriga kirgan tillar bilan bilimlantirish. Men maktabgacha talimda uqisam agar ielts sertifikatini olsam bu mutaxasislik fanlarimni ingliz tilida utishimga imkon beradi. Yani instlarda uzbek rus guruhlari bolganidek ingliz tilida dars utadigan guruhlar ham boladi. Vaholanki ularni oyligi yuqoriroq boladi.
Masalan Ingliz tili yo'nalinishida o'qisa unga fransuz tili chet tili sifatida qabul qilinar ekan ular fransuz tilidan sertifikat olishi kerakmi unda shunga aniqlik kiritib bering bizni o'qishda shunaqa deb hamma fransuz tilidan sertikat olyapti bu qanchalik haqiqatga yaqin
Bahodir Xolmurzayevich
Eng muhimi spes fanini yaxshi bilish kerak deb o'yliman. Ahir kelajakda o'sha spes fandan ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishadi
Ustama ma'lumotnomasi òtadimi magistratura uchun? Shunga aniqlik kiritib bera olsangiz?
Agar menda aytayotgan sertifikat boʻlganda chet ha ketib oʻqir edim o'zbekiston hali bunaqa tizim joriy qiliwga vaht bor kami 7 8 yil sababi men 1997 yildan hozirda 3 kursaman bizlar oʻqigan paytda yani yaqin 5 6:yil oldin maktabda ham kollejda ham umuman chet tili o'tilmagan bunaqa dars beradigan kadrni ozi boʻlmagan. Wu bois qanaqa qilip maktab kollejda oʻqimagan boʻlsak sertifikat oliwimiz mumkun. Yaqin yillarda chet tiliga etibor qaratildi yosh avlodni hisobga olip qaror qabul qilinishi kerak edi yana ham bilmadm 90% yoshlar bunga qarshi..."Maslahatchilar fikri juda sayoz"
Битта жиҳати жуда қизиқда?!
Чет тилини билиш даражасини тасдиқловчи сертификат ҳар кимга истаганича берилмаса керак? Ҳар ҳолда уни олиш учун қандайдир талаб ва мезонлар жорий қилинган. Йиллар давомида чет тилини ўқиб, ўрганиб, хатто ўша тилда иншо ва баён ҳам ёзган бўлса ҳам ажаб эмас. Чет тилидан сертификат фақат битта ўқув йили учун амал қилиши ва бошқа йиллар учун қайтадан сертификат тақдим этилиши ўта кетган мантиқсизлик ва ортиқча бюрократизмдан бошқа нарса эмас.эмас!!!
Ахир чет тили сертификатини олган одам, бир йилда бутунлай унутиб, қайтадан сертификат олишга мухтож бўлиб қолмаса керак.
Хуллас, хулласда!!!!!!
Агар менда c1 сертификат бўлса сурардим....
Sarvinoz
Men tibbiyot sohasida o'qiyman. Bu yil sertifikati yo'qlar hujjati ham qabul qilinmaydi deb bong urishyapti. Tibbiyot sohasiga chet tili nima keragi bor, shundoq ham tibbiyot bir ahvolda bo'lsa hozirgi bitirgan talabalar bilan sssr vaqtida bitirgan talabalar bilimi o'rtasida yer bilan osmoncha farq bor. Keyin chet tilini bilgan medic uzb.da qolmaydiyamda arzimagan oylikka deb, ketadi 10ming$ to'laydigan joyiga. Prezident chet eldagi uzblik mediclarni chaqirolmay halak bular battar o'zidan yiroq qilishyapti. Shu sertifikat bo'magan ish bo'liptida. Agar menda bo'lganda o'sha til sertifikat aniq surishni tanlagan bo'lardim!!!
Bibisora Ziyodullayevna
💥Jasurbek💥
Unaqa bo‘lmasa kerak bittasini tanlisizda
Hech iloji yo'qmi online qilsam bittasini
Menimcha hamma òzining imkoniyatidan kelib chiqib gapiryapti ingliz tili nima kk deb. Masalan: hamma Ona tilini rivojlantir va shunga òxshash gaplar qilyapti. Shunchalik ona tili haqida qayģursangiz mustaqil òrganing va ona tilini rivojlanishiga òz hissangizni qòshing . Ingliz tili bu xalqaro til kòplab hamma sohaga tegishli qimmatli ma'lumotlar aynan shu tilda yozilgan. Til òrgansangiz buning nimasi zarar aksincha, bu sizlarga kòplab imkoniyatlar eshigini ochib beradiku!
Show next 100 comments