❓Магистратурага кириш учун чет тили сертификати бўлиши керакми? Бу қоида кучга кирдими?

✅ ЖАВОБ:
Ҳа, керак. Ушбу талаб 2021 йил 19 майдаги ПҚ-5117-сонли Президент қарорида белгиланган.

Қарорга кўра, 2022/2023 ўқув йилидан, яъни жорий йилдан бошлаб ОТМларнинг магистратура мутахассисликларига ҳамда олий таълимдан кейинги таълим ихтисосликларига танловларда миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификатга эга шахслар иштирок этиши тартиби жорий этилади.

❓Қанақада даражада талаб этилади?

✅ Бунда, филология йўналишлари бўйича камида С1 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат, нофилологик йўналишлари бўйича эса В2 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат талаб этилади.

❓Ушбу талаб кейинги йилга қолдирилиши мумкинми?

🤷🏻‍♂️ Билмасам, балки қолдирилар. Лекин Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги масъулларидан аниқлаштирганимда, кейинга қолдириш бўйича ҳеч қандай режа йўқлиги, бу масала кўриб чиқилмаётгани, яъни чет тили сертификати талаби магистратура ва докторантура учун жорий йилги имтиҳонлардан кучга киришини маълум қилишди.


👉 @xushnudbek 👈

870 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum yaxshimisizlar,xushnudbek aka mana shu qarorni yana qaytadan ko‘rib chiqishni ilojisi yo‘qmi, siz otm rahbarlari bilan uchrashib ko‘rsangiz bo'ladimi
Ozoda
Ассалому алейкум сертификат булса агар имтихонсиз кабул килинадими магистратурага
❤🌺SHAHNOZAXON🌺💖
Qaytadan koʻtib chiqilsin iltimos biz ham oʻqishni xohlaymiz magistraturaga lekin sertifikatimuz yoʻq bitta mendamas juda koʻp menga oʻxshagan umidvorlar.
Qaytadan ko‘rib chiqishsin bu qarorni. Oz muddat ichida sertifikat olish osonmasku.
Агар IELTS ни сроги откан боса кабул килинмайдими?
Shahsan meni fikrim sertifikat darajasini pasaytirish kerak, C1 setifikat o'qituvchilarda ham yoqku hali 😏
Bibisora Ziyodullayevna
💥Jasurbek💥
Ha albatta
Agar iloji bo'lsa shu haqida aniq bilib menga xabar bering
Faqat ingiliz tili bo'yicha sertifikat o'tadimi yoki yaqinda chiqqan tan olingan xalqaro tillardan olingan seetifikat ham o'tadimi kim biladi
Maksuda
Maksuda
👍
муддат оз берилган
Sardor
Tibbiyot akademiyasi talabasiga ingliz tilini bilishni nma keragi bor òzi òqiydigan bir dunyo narsa bor
Rayhona
Qaytadan ko‘rib chiqishsin bu qarorni. Oz muddat ichida sertifikat olish osonmasku.
1-yil judayam yetarli muddat sertifikat olish uchun yil boshidan xarakat qlnganda bemalol xatto C1-darajani olsa bolardi
Assalomu alaykum Xushnudbek Xudoyberdiyev. Yuqoridagi taklif va iltimoslarni o'qib chiqqan bo'lsangiz kerak, albatta. Men shifokorman. Til bilish masalasida oqsoqlanadigan, lekin o'zining mutahassisligini yaxshi biladiganlar meni yo'nalishimda juda ko'p. Taniganimlarning ba'zilari shu yili PhD ga xarakat qilganliklarini lekin yangi, til bilish to'g'risidagi qarordan keyin rejalarini ortga surgani aytishayabdi. Shu masalani siz, yoshlarning ishongan vakili, ximoyachisi sifatida tegishli vazirlik va tashkilotlarga yetkazsangizki, sertifikat masalasini 1-2 yil ortga surib turishsa. Rahmat.
Amirqulov Feruz
Bu yerda ham kimnidir manfaati yotibdida
aynan shu yerda manfaat bolmaydi Ilts imtixonlarida xech qanaqa korrupsiya bolmaydi oz bilim darajayzni chiqarb beradi bu aniq iltsni pulgayam sotvolshni iloji yoq
*****
Assalomu alaykum!
Bu sertifikatni yaxshi kadr bo'lish uchun nima yordami bor? Mening o'g'lim bu yil med.institutni bitiryapti. Magistraturada o'qishi uchun bu sertifikatni hali olmadi.Ingliz tili o'qituvchilari ololmayapti-yu. O'qituvchiman, bilamanku... Endi o'zining mutaxassisligi qolib ingliz tili o'qib ketsin.Shundog'am meditsinada 8 yil o'qidi .2 yil repititorda+6 yil institutda. Endi 1yil chet tilini o'qisa, so'ng magistraturada 2-3 yil o'qisa, qachon pul topib, oila boqadi. 11-12 yil o'qitish oddiy oila uchun qanchalik azob ekanligini bilasizmi ?.. Biz qachon insonlarga o'xshab sayohatlarga , UMRAlarga boramiz, sanatoriylarda dam olamiz? ...
Assalomu alaykum Xushnud Xudoyberdiyev. Bitta savolga hech javob topa olmayapman. Birov unday deydi, birov bunday deydi. Iltimos javob bersangiz. Filologiyani bitirgan bakalavr tarixga magistrga topshirsa buladimi?
Javob bersangiz hursand bulardim, oldindan rahmat.
Bor yaxshi kadrlardan ham kechmoqchi shekilli,oʻzi manaman degan soha mutaxassislari til bilmagani uchun Oʻzimizdagi past oylikka ishlab yurishibdi tilni bilib olishsa Oʻzbekistonda ularni qolishiga gumonim bor, fikrimcha oʻzini hurmat qilgani chetga suradi.
Show next 85 comments