❓Магистратурага кириш учун чет тили сертификати бўлиши керакми? Бу қоида кучга кирдими?

✅ ЖАВОБ:
Ҳа, керак. Ушбу талаб 2021 йил 19 майдаги ПҚ-5117-сонли Президент қарорида белгиланган.

Қарорга кўра, 2022/2023 ўқув йилидан, яъни жорий йилдан бошлаб ОТМларнинг магистратура мутахассисликларига ҳамда олий таълимдан кейинги таълим ихтисосликларига танловларда миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификатга эга шахслар иштирок этиши тартиби жорий этилади.

❓Қанақада даражада талаб этилади?

✅ Бунда, филология йўналишлари бўйича камида С1 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат, нофилологик йўналишлари бўйича эса В2 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат талаб этилади.

❓Ушбу талаб кейинги йилга қолдирилиши мумкинми?

🤷🏻‍♂️ Билмасам, балки қолдирилар. Лекин Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги масъулларидан аниқлаштирганимда, кейинга қолдириш бўйича ҳеч қандай режа йўқлиги, бу масала кўриб чиқилмаётгани, яъни чет тили сертификати талаби магистратура ва докторантура учун жорий йилги имтиҳонлардан кучга киришини маълум қилишди.


👉 @xushnudbek 👈

870 comments

Show 100 more comments
Rayhona
Qaytadan ko‘rib chiqishsin bu qarorni. Oz muddat ichida sertifikat olish osonmasku.
1-yil judayam yetarli muddat sertifikat olish uchun yil boshidan xarakat qlnganda bemalol xatto C1-darajani olsa bolardi
Assalomu alaykum Xushnudbek Xudoyberdiyev. Yuqoridagi taklif va iltimoslarni o'qib chiqqan bo'lsangiz kerak, albatta. Men shifokorman. Til bilish masalasida oqsoqlanadigan, lekin o'zining mutahassisligini yaxshi biladiganlar meni yo'nalishimda juda ko'p. Taniganimlarning ba'zilari shu yili PhD ga xarakat qilganliklarini lekin yangi, til bilish to'g'risidagi qarordan keyin rejalarini ortga surgani aytishayabdi. Shu masalani siz, yoshlarning ishongan vakili, ximoyachisi sifatida tegishli vazirlik va tashkilotlarga yetkazsangizki, sertifikat masalasini 1-2 yil ortga surib turishsa. Rahmat.
Amirqulov Feruz
Bu yerda ham kimnidir manfaati yotibdida
aynan shu yerda manfaat bolmaydi Ilts imtixonlarida xech qanaqa korrupsiya bolmaydi oz bilim darajayzni chiqarb beradi bu aniq iltsni pulgayam sotvolshni iloji yoq
*****
Assalomu alaykum!
Bu sertifikatni yaxshi kadr bo'lish uchun nima yordami bor? Mening o'g'lim bu yil med.institutni bitiryapti. Magistraturada o'qishi uchun bu sertifikatni hali olmadi.Ingliz tili o'qituvchilari ololmayapti-yu. O'qituvchiman, bilamanku... Endi o'zining mutaxassisligi qolib ingliz tili o'qib ketsin.Shundog'am meditsinada 8 yil o'qidi .2 yil repititorda+6 yil institutda. Endi 1yil chet tilini o'qisa, so'ng magistraturada 2-3 yil o'qisa, qachon pul topib, oila boqadi. 11-12 yil o'qitish oddiy oila uchun qanchalik azob ekanligini bilasizmi ?.. Biz qachon insonlarga o'xshab sayohatlarga , UMRAlarga boramiz, sanatoriylarda dam olamiz? ...
Assalomu alaykum Xushnud Xudoyberdiyev. Bitta savolga hech javob topa olmayapman. Birov unday deydi, birov bunday deydi. Iltimos javob bersangiz. Filologiyani bitirgan bakalavr tarixga magistrga topshirsa buladimi?
Javob bersangiz hursand bulardim, oldindan rahmat.
Bor yaxshi kadrlardan ham kechmoqchi shekilli,oʻzi manaman degan soha mutaxassislari til bilmagani uchun Oʻzimizdagi past oylikka ishlab yurishibdi tilni bilib olishsa Oʻzbekistonda ularni qolishiga gumonim bor, fikrimcha oʻzini hurmat qilgani chetga suradi.
Yana bitta narsa, qanaqadir stipendiya sohiblarigayam bu majburiymi,na mutaxassislik va na tilni bilmay turib (yoʻlini qilib) Stipendiat boʻlganlardan ham soʻraladimi,yoki faqat tanish bilishi yoʻq bilim bilan kirmoqchi boʻlganlarni ezishadimi...
Oliy ta'lim vaziri galstuksiz qayerdadir tadbir bo‘libdi huddiki galstuk taqqan va taqmagan inson o‘rtasida farq bordek buni saytlar propaganda qilib reklama qilib beryapti ha ha aytgancha mutahasislikni o‘qib yahshi bilimga ega kursdoshlarimiz kelajakda magistraturada doktorantura PHD qilaman deganlari, o‘qishga kirvolib baribir mutahasisligim bo‘yicha ko‘tarilishim qiyin shunga til o‘o‘rganib chet elga "ishlagani" ketaman o‘qigani emas deganlar sertifikatni olib kirishini bilib diplomni olamanu chet elga ketaman deb biroz bo‘lsada haqiqat izlashmoqchi, bilimlilarimizni yo‘qotib, 4 yilini yahshi ta‘lim olishga bag'shida qilmaganlar bilan (hammasi ham emas o‘qiganlari ham bor ammo 20/80 foizda) to‘ldirilayotgani "yutug'imiz". Tog'ola bosila qayerlanidir kashf qililar. Bu gap bilan qarorni yomonlamoqchimasman universitetga chetka qishloqning dehqon, nogironligi bor kam ko‘sti bor oila farzandlari ham kirishgan arang o‘qishadi ularning ko‘tarilishiga bitta yo‘llardan biri bu ilm edi qaysidir manoda bu ham qiyinlshdi maktablardagi ingliz tili darsi sharmandali ahvolda ayrimlari yahshidir, mustaqil o‘rgansin dersiz ustoz ko‘rmagan shogird har maqomga yo‘rg'ilar!
Shahram
Sertifikati bor talaba oqishini chet elda davom ettirgani maqul bolsa kk
Холмуродова Сабохат
Toshkentda shunday reklama roligiga ko'zim tushdi.til bilish bu-tirikchilik..magistratura va doktorantura yuqori oliy ta'lim, eng sara mutaxassislar degani, ammo tilni, dunyoda bo'layaotgan yangiliklarni bilmay qanday mutaxassis bo'lish mumkin? Men ximikman, meni ma'lumotlarimni 9,5 IELTS olgan ingliz tili o'qituvchisiyam tarjima qilib bera olmaydi, yoki rus tilidagi ba'zi ma'nbalarni rus dugonalarimam tarjima qila olmaydi... Xar bir sohaning o'z terminlari bor, faqat mutaxassislari tushunadugan...Buning uchun qiyin bo'lsayam shu yo'lga o'tishimiz kerak....Dunyo olimlari bilan tenglashish uchun! Menam olis toģli qishloqda tuģilganman, doktorantman, lekin menam tayyorlanyapman, chunki yetarlicha qiynalyapman....Aziz uzoq qishloqlarda yashaydigan yurtdoshlarim! Bu qarordan xafa bo'lmang! Siz farzandingizga imkon qadar so'zlarni inglizchasini o'rgating! 2000 ta so'zni inglizcha taniydigan farzandingiz uchun grammatika va fonetikani o'rganishga bir necha oy yetarli bo'ladi....
Quvvatova Manzura
Bitta tilni B 2 darajada o'rganish qancha vaqt olishini tepadagilar bilisharmikan, mansabdorlarni o'zlari (bitta ikkita bo'lishi mumkin albatta lekin ular hali barmoq bilan sanoqli ham emas)hali bir xorij tilida (rus tilidan tashqari albatta)2 og'iz gapni eplab gapirishaolmaydi bu majburiyatga hali bir ikki yil bor edi menimcha, biroz erta hali,endi C 1 daraja xorij tilini bilgan yoshlar O'zbda qolishi dargumon.
Jahongir Hasanov
Sertifikatni ham pullashmoqchimi, Tushunmadim sertifakat bo'lsa, zur kadr bo'lib qoladimi, puxta o'ylanmagan ish. Xalqimiz Oyliklarni ro'zg'origa zo'rg'a yetkazib turibdi qanday qilib oladi????
Sevara Jumayeva
Men Filologiya va tillarni o'qitish o'zbek tili yo'nalishida o'qiyman.
Men ham C1 daraja olamanmi
Юкори лавозимда ишлаетган ходимлардан ушбу талабни куйиш керак
Ички перевод хакида хам маълумот беринг .Илтимос турдош булмаган йуналишларга перевод килишда контракт пулини камайтиришса максадга мувофик буларди
Agar sertifikatim boʻlsa chetga topshirardim
Show next 73 comments