❓Магистратурага кириш учун чет тили сертификати бўлиши керакми? Бу қоида кучга кирдими?

✅ ЖАВОБ:
Ҳа, керак. Ушбу талаб 2021 йил 19 майдаги ПҚ-5117-сонли Президент қарорида белгиланган.

Қарорга кўра, 2022/2023 ўқув йилидан, яъни жорий йилдан бошлаб ОТМларнинг магистратура мутахассисликларига ҳамда олий таълимдан кейинги таълим ихтисосликларига танловларда миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификатга эга шахслар иштирок этиши тартиби жорий этилади.

❓Қанақада даражада талаб этилади?

✅ Бунда, филология йўналишлари бўйича камида С1 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат, нофилологик йўналишлари бўйича эса В2 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификат талаб этилади.

❓Ушбу талаб кейинги йилга қолдирилиши мумкинми?

🤷🏻‍♂️ Билмасам, балки қолдирилар. Лекин Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги масъулларидан аниқлаштирганимда, кейинга қолдириш бўйича ҳеч қандай режа йўқлиги, бу масала кўриб чиқилмаётгани, яъни чет тили сертификати талаби магистратура ва докторантура учун жорий йилги имтиҳонлардан кучга киришини маълум қилишди.


👉 @xushnudbek 👈

870 comments

Show 100 more comments
Холмуродова Сабохат
Toshkentda shunday reklama roligiga ko'zim tushdi.til bilish bu-tirikchilik..magistratura va doktorantura yuqori oliy ta'lim, eng sara mutaxassislar degani, ammo tilni, dunyoda bo'layaotgan yangiliklarni bilmay qanday mutaxassis bo'lish mumkin? Men ximikman, meni ma'lumotlarimni 9,5 IELTS olgan ingliz tili o'qituvchisiyam tarjima qilib bera olmaydi, yoki rus tilidagi ba'zi ma'nbalarni rus dugonalarimam tarjima qila olmaydi... Xar bir sohaning o'z terminlari bor, faqat mutaxassislari tushunadugan...Buning uchun qiyin bo'lsayam shu yo'lga o'tishimiz kerak....Dunyo olimlari bilan tenglashish uchun! Menam olis toģli qishloqda tuģilganman, doktorantman, lekin menam tayyorlanyapman, chunki yetarlicha qiynalyapman....Aziz uzoq qishloqlarda yashaydigan yurtdoshlarim! Bu qarordan xafa bo'lmang! Siz farzandingizga imkon qadar so'zlarni inglizchasini o'rgating! 2000 ta so'zni inglizcha taniydigan farzandingiz uchun grammatika va fonetikani o'rganishga bir necha oy yetarli bo'ladi....
Quvvatova Manzura
Bitta tilni B 2 darajada o'rganish qancha vaqt olishini tepadagilar bilisharmikan, mansabdorlarni o'zlari (bitta ikkita bo'lishi mumkin albatta lekin ular hali barmoq bilan sanoqli ham emas)hali bir xorij tilida (rus tilidan tashqari albatta)2 og'iz gapni eplab gapirishaolmaydi bu majburiyatga hali bir ikki yil bor edi menimcha, biroz erta hali,endi C 1 daraja xorij tilini bilgan yoshlar O'zbda qolishi dargumon.
Jahongir Hasanov
Sertifikatni ham pullashmoqchimi, Tushunmadim sertifakat bo'lsa, zur kadr bo'lib qoladimi, puxta o'ylanmagan ish. Xalqimiz Oyliklarni ro'zg'origa zo'rg'a yetkazib turibdi qanday qilib oladi????
Sevara Jumayeva
Men Filologiya va tillarni o'qitish o'zbek tili yo'nalishida o'qiyman.
Men ham C1 daraja olamanmi
Юкори лавозимда ишлаетган ходимлардан ушбу талабни куйиш керак
Ички перевод хакида хам маълумот беринг .Илтимос турдош булмаган йуналишларга перевод килишда контракт пулини камайтиришса максадга мувофик буларди
Agar sertifikatim boʻlsa chetga topshirardim
O'zbekistondagi o'zbek tilida o'zbeklarga o'zbeklar dars o'tadigan oliy ta'lim muassasalariga, shuningdek, o'zbek tilida ish yuritadigan korxona va tashkilotlarga ishga kirishda chet tilini bilish yoki qandaydir sertifikatga ega bo'lishni talab qilish noo'rin.
Замира Абдуллаевна
Assalomu alaykum
Milliy sertifikat qanday bo'ladi bilsangiz aytvoring iltimos
Assalomu alaykum. Kechirasizlar bitta narsani tushunmadim. Agar faqat sertifikat so'ralayotgan bo'lsa endi shu bilan kiriladimi? Aytmoqchimanki boshqa imtixonlar bo'lmaydimi?
Ordinatura uchun ham sertifikat kerakmikan shuni qanday bilsa bularkan
Qahhor Yoqubov
Bir tarafdan yaxshi bo'ldi shu bohona ingiliz tilini ham o'rganib olamiz
Aynan ingiliz tilidan talab qilinadimi sertifikat. Boshqa chet tillaridan topshirsa bo'ladimi ?
Miracle
Yaxshi qaror chiqarishibdi-yu ammo ayni vaqtda bu talabga hamma javob bermasa kerak
Тектакми булар чет тилидан илмий иш қилмайдику, сертификат нимага керак, шундоқ ҳам камайиб кетган илмий тадқиқотларни биратула кўмишарканда, 2012 да бир марта чичворишганди, 3 марта диссертация ёзгандик, ўйлаб иш қилиш керак,мамлакатини иқтисодий, технологик ривожлантириш айнан илмий тадқиқот ишларини кўлами, самарадорлигига боғликку
Sertifikati bor talaba uzbda qolarmikan chetga topshiradiku bu talab yaxshi oylangan ammo asta sekinlik bn yòlga qoygan maqul deb oylayman
Karamatov Urol
2 yil oldin aytish kerak edi. Bu yil topshiradigan talaba qanday qilib 6.5 yoki B2 daraja olishi mumkinligi aqlga sigmaydi. Mutahassislik fanlarni o'qisinmi yoki chet tilinimi. Bularga o'z sohasi mutaxassisi kerakmi yoki chet tilidagapiradigan ko'rsavodlarmi.
Bunaqa qonunlarni tomdan tarasha tushganday chiqarmaslik kk.
Yoki davlat IELTS bilan shartnoma qildimi. Yoki davlat tomonidan imtihon olinib beriladimi kamroq pul evaziga. Soqqa yo'q juda ko'pchilikda, bunaqa yo'qchilik ketidan professorlikka loyiq insonlarni umrini chet tili deb sovurmaslik kerak. Balki professor ham bo'lmas ammo aql zakovati yuqori bo'lgan talabalar uvol ketadi umri, boshqasi. Med institut talabalarini aytmasa ham bo'ladi.

P.S.: Magistraturaga kirsam qishlog'imda shifokor va ingiliz tili o'qituvchisi bo'laman.
G'oya uchun minnatdorman.
Show next 61 comments