O‘zbekistonda kimyo sohasi rivojiga katta hissa qo‘shgan olim professor Tillayev Rahim Sodiqovich xotirasiga bag‘ishlangan Respublika onlayn olimpiadasi o‘tkaziladi.
Olimpiada ishtirokchilari kimyo fani bo'yicha bahslashadilar.
- 1-o'rin sohibi 5.000.000 so'm va diplom; - 2-o'rin sohibi 3.000.000 so'm va diplom; - 3 - 8-o'rin sohiblari 1.000.000 so'mdan va diplom; - barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadilar.
Olimpiadada akademik litsey, kollej va 10-11-sinf o‘quvchilari, abituriyentlar hamda talabalar qatnashishi mumkin.
Olimpiada savollari 25 ta bo‘lib: - 18 tasi o'rta va o'rta maxsus ta'lim mavzulari; - 5 tasi oliy ta'lim mavzulari; - 2 tasi olim Tillayev R. S. hayoti va ijodi yuzasidan bo‘ladi.
Ishtirok etish niyatidagilar 25-maygacha moziy.edu.uz saytida ro'yxatdan o'tishlari mumkin.
Onlayn olimpiada 30-may kuni soat 8:00 da boshlanadi. Jarayon borishi haqida batafsil ma'lumot berib boriladi.