Таэквондо бўйича -68 кг вазн тоифасида ўзбекистонлик Улуғбек Рашитов олтин медал соҳиби бўлди! Ўзбекистон учун биринчи олтин! Бардавом бўлсин! Отангга балли, Улуғбек!
Vodiylarni yayov kezganda, Bir ajib his bor edi menda... Chappar urib gullagan bog‘in, O’par edim vatan tuprog‘in.
Odamlardan tinglab hikoya O’sar edi shoirda g‘oya. Daryolardan kuylab o‘tardim, Ertaklarga quloq tutardim. Hammasini tinglardim, ammo, O’xshashini topmasdim aslo. O’xshashi yo‘q bu go‘zal bo‘ston, Dostonlarda bitgan guliston — O’zbekiston deya atalur, Uni sevib el tilga olur.
Chiroylidir go‘yoyosh kelin, Ikki daryo yuvar kokilin Qorli tog‘lar turar boshida, Gul vodiylar yashnar qoshida. Chor atrofga yoyganda gilam. Aslo yo‘qdir bundayin ko‘klam. Tog‘lardagi qip-qizil lola Bo‘lib go‘yo yoqut piyola, Buloqlardan uzatadi suv El ko‘zidan qochadi uyqu.
Dalalarda boshlanadi ish Boshlanadi ijod va turmush. Kundan-kunga o‘sadi paxta, Barg chiqadi harbir daraxtda, Olmazorlar gulin to‘kadi, Meva bog‘lab shoxin bukadi.
Qolgan spirtchilarimizga xam omad yor bo'lsin.Olloxni o'zi qo'llasin🤲
Yashavooooor Ulug‘beeek
Vodiylarni yayov kezganda,
Bir ajib his bor edi menda...
Chappar urib gullagan bog‘in,
O’par edim vatan tuprog‘in.
Odamlardan tinglab hikoya
O’sar edi shoirda g‘oya.
Daryolardan kuylab o‘tardim,
Ertaklarga quloq tutardim.
Hammasini tinglardim, ammo,
O’xshashini topmasdim aslo.
O’xshashi yo‘q bu go‘zal bo‘ston,
Dostonlarda bitgan guliston —
O’zbekiston deya atalur,
Uni sevib el tilga olur.
Chiroylidir go‘yoyosh kelin,
Ikki daryo yuvar kokilin
Qorli tog‘lar turar boshida,
Gul vodiylar yashnar qoshida.
Chor atrofga yoyganda gilam.
Aslo yo‘qdir bundayin ko‘klam.
Tog‘lardagi qip-qizil lola
Bo‘lib go‘yo yoqut piyola,
Buloqlardan uzatadi suv
El ko‘zidan qochadi uyqu.
Dalalarda boshlanadi ish
Boshlanadi ijod va turmush.
Kundan-kunga o‘sadi paxta,
Barg chiqadi harbir daraxtda,
Olmazorlar gulin to‘kadi,
Meva bog‘lab shoxin bukadi.
Erkin Vohidov...