Нима учун ҳалигача қайси йўналишга неча киши ҳужжат топширганини кўриб бўлмаяпти?
#abituriyent

Жуда кўпчилик абитуриентлар савол билан юзланиб, нима учун ҳалигача онлайн рўйхатдан ўтган абитуриентларни ОТМлар ва йўналишлар кесимида сонини кўриб бўлмаяпти, ахир ўтган йилларда qabul.dtm.uz сайти орқали кўрса бўлардику, дея сўрашмоқда.

ДТМ билан боғланиб, ушбу масалага ойдинлик киритишга ҳаракат қилдим. ДТМ вакилининг айтишича, ушбу сайт ҳозир тайёрланмоқда ва яқин кунларда ишга тушар экан.

Нима учун қабул жараёнларининг ярми ортда қолган бўлса ҳам, шунча пайтдан буён тизим тайёрлаб қўйилмаганидан очиғи бехабарман.

Балки бунга сабаб Давлат қабул комиссиясининг 1-баённомаси кеч тасдиқланганидир, ким билсин. Аммо ундай десак, комиссия қарори тарқатилганига ҳам 10 кун бўлди, пойдеворни олдиндан тайёрлаб қўйиб, кейин оператив тарзда базани янгилаш ҳам мумкин эди.

Ҳа, майли, нима ҳам дердик, кутиб турсангиз ишга тушиб қолар.


👉 @xushnudbek 👈

499 comments

Show 78 more comments
𝓝𝓲𝓵𝓾𝓯𝓪𝓻
Доимгидек: « у’ша гап»!!!
Assalomu aleykum.
Bir savolim edi.
OTM boyicha uzr shu yerga yozisha boshqacharoq ln juda men uchun muhim.

Hullas Bir tanishim kontrakga 1-órinda kirgan edi xozir 1 kurs tamomladi.. 0.1 bal yetmagan.Agar biror sababga kóra grandagilar birortasi chiqib ketib qolsa u tanishim tepaga chiqib grandga óta oladimi ???.
Telegramdagi manzilim.
@Naimjonov1999 biladiganlar javob yozarsizlar .
Rahmat oldindan
Muxlisa
OTM Bitiruvchisiman. Nega haligacha Diplomimizni berish haqida gap yòq. Qachon berisharkan,shu haqda qandey ma'lumot bor?
Деярли копчилик инстутларда берилмади, хавотир оменг
Elbek Hudayqulov
Айтилаётган сайтни ишга тушуришдан олдин хужжат топширадиган сайтни ишини яхшиласа яхши буларди сабаби охирги кунларда абитур сайти хам яхши ишламай колди ё буларни сайти шанба якшанба кунлари дам оларканми а????
Ochig‘i menda ham shu savol bor edi, aniq ma‘lumot berib borilsa yaxshi bo‘lar edi, shundoq ham vaziyatni bilmaymiz
Bizda yana ösha kasallik poraxörlik.
Ötgan yili nima uchun online topshirmagan paytimizda bemalol abiturientlar sonini kôra olardik.
Eski dasturga yangi dasturni boğlab qôyishsa bôldi emasmi?
Xa mayli kimlardur shundan manfaatdor bölsa kerak..
Assalomaleykum .qando korsa boladi tibbiy profilaktika tibbiy biologik ish yonaliwlari boyica grandlani
Mohitabonim*
Maxsus sirtqi ta‘lim shakliga joriy yilda qabul bo‘ladimi iltimos shu haqda ma‘lumot bersangiz
$$$$$$$$
Har yilgi kere boledigon malumotlarku nima qiliwmaydi. Juda kopchilik kutib topiwomasdan topwiriwdi ham.
Aytishsa hamma tahrirlab o'zgartiradi yo'nalishini!
No...
Xushnud aka kurib buladi.Usha kimnidir hujjatlari topshirilganda shaxsiy kabinetiga kirsaiz usha joyda statistics degan joyida kursa buladi.Siz aytgan xizmat ishga tushirilgan.
Elbek Hudayqulov
Менимча дтм ходимларини икки хаёли имтихонларни кандай килиб олишда булса кк сабаби вирусни вазиятини хисобга олмаса булмайди
Хамрокул Самбист
Xushnudbek aka magistrlardixam topshrgan yonalishlarni sonini korishti iloji bolsa shunxam silkasn oz postizda yozib qoldirsez oldindan raxmat aka
Shaffoflik va ochiqlikni ta'minlash maqsadida bu narsani kechiktirmay amalga oshirish kerak. Bugun xalq har tomonlama faollashgan. DTM mutasaddilari ham faolligini oshirishga kirishishi kerak.
Shohruh Sariyev
Assalomu alaykum hayrli kech barchaga meni fikrim qaysi yo'nalishga qancha topshirganini ko'rsatish kerakmas deb o'ylayman sababi barcha abituriyentlar har kuni almashtiraverib chalg'ib qolishadi o'ziga ishongan abituriyentga qancha abituriyent topshirganini qizig'i yo'q tanlagan yo'nalishida qancha topshirishidan qatiy nazar qaytmaydi qancha topshirganini bilib o'zida qo'rquv bo'lishi mumkin.ko'plab abituriyentlar
Xushnud aka abiturientlarni muammolariga ko‘p e'tibor beryapsiz. Bu yaxshi. Lekin boshqa dolzarb ijtimoiy-siyosiy masalalarni ham diqqatdan qochirmang. Boshqa ko‘pchilik aholini manfaatlarini ham hisobga oling
Show next 100 comments