Нима учун ҳалигача қайси йўналишга неча киши ҳужжат топширганини кўриб бўлмаяпти?
#abituriyent

Жуда кўпчилик абитуриентлар савол билан юзланиб, нима учун ҳалигача онлайн рўйхатдан ўтган абитуриентларни ОТМлар ва йўналишлар кесимида сонини кўриб бўлмаяпти, ахир ўтган йилларда qabul.dtm.uz сайти орқали кўрса бўлардику, дея сўрашмоқда.

ДТМ билан боғланиб, ушбу масалага ойдинлик киритишга ҳаракат қилдим. ДТМ вакилининг айтишича, ушбу сайт ҳозир тайёрланмоқда ва яқин кунларда ишга тушар экан.

Нима учун қабул жараёнларининг ярми ортда қолган бўлса ҳам, шунча пайтдан буён тизим тайёрлаб қўйилмаганидан очиғи бехабарман.

Балки бунга сабаб Давлат қабул комиссиясининг 1-баённомаси кеч тасдиқланганидир, ким билсин. Аммо ундай десак, комиссия қарори тарқатилганига ҳам 10 кун бўлди, пойдеворни олдиндан тайёрлаб қўйиб, кейин оператив тарзда базани янгилаш ҳам мумкин эди.

Ҳа, майли, нима ҳам дердик, кутиб турсангиз ишга тушиб қолар.


👉 @xushnudbek 👈

499 comments

Show 100 more comments
Nima keragi bor buni. O'ziga ishongan odam shundog'am, qo'rqmasdan topshiraveradi. Qayerga kim qancha topshirganinig ahamyati yo'q menimcha. Yana bir narsa hozir hamma qabul oxirini kutyabdi. Xuddi oxirida topshirsa shoxi chiqadigandek yoki o'qishga kirib ketadigandek. Qabul oxirida hamma o'zini saytga uradi. Keyin sayt o'tgan yilgidek rosa qiliqlar chiqaradi, qotadi. Ana undan keyin dodini Xudoga aytadi. O'ziga, bilimiga ishonsa topshiravermaydimi?
Xushnud aka dtm call markazi qongiroqlarimizga javob bermayabti iltimos shuni ham aniqlay olasizmi?
Jalilova .
Hushnudbek ozizi saytizam iwlamiyapti
Ильхом
Ishlamaydida bizni mas'ullar...
Bunaqada rivojlanish bo'lmaydi.
Elbek Hudayqulov
Боллар тезрок хужжат топшириб олийлар кеч бумасдан
H.N.N
Hamma omad
Elbek Hudayqulov
RAXIMBAYEV.ᵘᶻ
Bunaqada rivojlanish bo'lmaydi.
Олдинам шундай дердик
Koʻrish tugul registratsiya qilib boʻmayaptiyu
Xushnutbek aka man royxatdan otganligim haqida kegan sms xabarini o'chrip tashagandim bu DTM olishimga halal bermidimi etolmisizmi?
Ishga tushirilganku axr.
#Savolim boredi
1 yunalishini Ingliz tili talim yunalishiga topshirgan abiturent qolganlariga nemis tili yoki boshqa talim yunalishlariga topshirsa bo'ladimi
Ko'rasak zo'r bo'lardi
Shu DTM nega o'z ishiga ma'suliyatsiz. O'tgan yili ham mandat juda kechikkan. Bu yil qancha odam topshirganini ko'rib bo'lmaydi. Har yili bir narsasi chiqib turadi bularni. Kimlar ishlarkan o'zi u yerda, qanday kirib qolgan ishga 🤔🤔🤔. Ularni faoliyatini tartibga soladigan tashkilotlar ham bordir.
Har doimgi hol.
No...
Nechta abituriyent topshirganini kurish buyicha yuriqnoma tayyorlayabman.hozir kanalimda tashlayman. @onlineqabul2020_2021
@online2020_2021
Show next 100 comments